O’quv qo’llanma


DAVLAT BYuDJETI XARAJATLARI, TUZILMASI VA DINAMIKASI



Download 157,29 Kb.
bet19/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

DAVLAT BYuDJETI XARAJATLARI, TUZILMASI VA DINAMIKASI




Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Byudjet oluvchilar – byudjet mablag’larini oluvchilar yoki boshqaruvchilar bo’lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar byudjet xarajatlari orqali moliyalanadi. Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Byudjetda faqat byudjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa byudjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar va byudjet ssudalari vositasida byudjet tizimi darajalari bo’yicha byudjet mablag’larini qayta taqsimlash byudjet orqali amalga oshadi. Byudjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan, qaytmas xususiyatga ega. Faqat byudjet kreditlari va byudjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan byudjetda bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
O’z iqtisodiy mazmuniga qarab byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo’linadi.
Byudjetlarning joriy xarajatlari– byudjetlar xarajatlarining bir qismi bo’lib, davlat xokimiyati organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, byudjet muassasalarining joriy faoliyatini ta’minlashga davlat tomonidan boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning ayrim tariqalariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko’rsatish uchun ajratiladi.
Kapital xarajatlar – byudjetlar xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi. Bu investitsiya maqsadlari uchun byudjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta’mirlashni o’tkazish xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” qarori bilan tasdiqlangan byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibiga ko’ra byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish nomativlarga ko’ra (faoliyati sohasiga qarab) quyidagi xarajatlar guruhlari bo’yicha bir satrda moliyalashtirish usuli bilan amalga oshiriladi:

  1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar).

  2. Ish haqiga qo’shimcha to’langan pul.

  3. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan adresli ro’yxatga muvofiq).

  4. Boshqa xarajatlar.

Byudjet tashkilotlarini moliyalashning ushbu tartibida quyidagilar nazarda tutiladi:

  • byudjet tashkiloti rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va byudjet mablag’larini tejamkor, samarali va adresli foydalanishda hamda byudjet intizomini mustahkamlashda ularning mas’uliyatini oshirish;

  • byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish va mablag’lardan foydalanishida maksimal natijalarga erishish yo’llarini izlash, imkoniyatlarini yaratish;

  • byudjet tashkilotlarini moliyalashtirishning yangi tartibi normativlar bo’yicha (faoliyati sohasiga qarab) bir satrda moliyalash usulini joriy qilish. Bunda ajratiladigan mablag’lar miqdori ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarga, ish haqiga qo’shimcha to’lanadigan pulga, kapital qo’yilmalar va boshqa xarajatlarga guruhlanadi.

  • o’z xarajatlarini moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar topish uchun byudjetdan moliyalashtirishni byudjet tashkilotlari profili bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish imkoniyatini berish bilan birgalikda qo’shib olib borish;

  • byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ularning faoliyatida samaradorlikni yuksaltirish, kadrlarni mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish.

Davlatning mudofaa qudrati, xavfsizligini ta’minlash, mamlakatda jamoat tartibini saqlash bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibga ko’ra amalga oshiriladi.
Guruhlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999 yil 9 dekabrdagi 230-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan davlat byudjeti xarajatlarini iqtisodiy tasniflashga muvofiq amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga ko’ra tuzilgan byudjet xarajatlari yillik ro’yxatini choraklar bo’yicha taqsimoti va byudjet tashkilotlarining xarajatlari smetasiga muvofiq, byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi.
Byudjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan byudjetdan moliyalash normativlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda smetalar va shtatlar jadvalini mustaqil ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Smetalar xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha ilova, xarajatlarni to’liq tavsiflash bilan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan amaldagi Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tasnifiga asoslangan holda tuziladi.
Byudjet tashkilotlar tasdiqlangan smetalar va shtatlar jadvalida qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uni xududiy moliya organiga taqdim etadi.
Tasdiqlangan smetalar va shtatlar jadvalini ro’yxatga olish, smetalarga ilovalarni o’zaro muvofiqlashtirish tegishli moliya organlarida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ularda keltirilgan ko’rsatkichlarning tasdiqlangan byudjet xarajatlari limitlariga muvofiq kelishi tahlil qilinadi.
Tasdiqlangan smetalar va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish tegishli moliya organlari tomonidan mazkur byudjet tashkilotini moliyalaydigan byudjet parametrlari tasdiqlangandan keyin kechi bilan 40 kunda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarinig tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtatlar jadvali, shuningdek amalda bo’lgan smetalar va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki xududiy moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan keyingini amalga kiritiladi.
Byudjet tashkilotlarining I va II guruh xarajatlari birinchi navbatda moliyalashtiriladi. Ayni paytda II guruhga kiradigan xarajatlarni moliyalamay turib, 1 guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Kapital qo’yilmalarga mablag’lar tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga asoslangan holda joriy byudjet yili uchun, kurilishlarning adresli ro’yxati va amaldagi qonunchilikka muvofiq ajratiladi.
I va II guruh xarajatlari bo’yicha respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalash har oyda byudjet xarajatlari smetalari va ro’yxatiga muvofiq va ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlari bajarilganligiga qarab o’tkaziladi.
Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish mablag’larning byudjetga tushishiga, kapital qo’yilmalar hajmi bajarilishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish:

  • respublika byudjetidan - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi (byudjet tasnifi paragraflari va xarajatlar guruhlari ko’rsatilgan holda) tayinlash sertifikatini rasmiylashtirish va har bir guruh xarajatlari bo’yicha mablag’lari bir satr bilan o’tkazishga to’lov topshirig’i asosida;

  • mahalliy byudjetlardan - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikatini rasmiylashtirish va har bir guruh xarajatlari bo’yicha mablag’larni bir satr bilan o’tkazishga to’lov topshirig’i asosida olib boriladi.

Byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishda yangi byudjet yilidagi rejali ajratiladigan mablag’lar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga ko’ra byudjet tashkilotlari debitorlik qarzdorligining kreditorlik qarzdorligidan ortiq qismi va tovar-moddiy boyliklarning normativlardan ortiq qoldiqlari summalari miqdorida kamaytiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari tuzilmasi quyidagi asosiy xarajatlar guruhlaridan iborat:



  • ijtimoiy-madaniy tadbirlar;

  • aholini ijtimoiy himoya qilish;

  • iqtisodiyot;

  • davlat kapital qo’yilmalarini moliyalash;

  • davlat boshqaruvi organlari va sud organlarini saqlash;

  • undiruvchi (qazilma) sanoat tarmoqlari korxonalari xarajatlarini qoplash;

  • boshqa turli xarajatlar.

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining 1991-1999 yillardagi rivojlanish dinamikasini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, bu davrda byudjet xarajatlari tuzilmasida muhim o’zgarishlar yuz berganligini ko’rish mumkin.


Xususan, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga xarajatlarning salmog’i 1991 yilda jami byudjet xarajatlarining 26,2%ni tashkil qildi (2-jadval va 2 chizma). Keyingi yillarda bu xarajatlarning o’sishi kuzatiladi. 1995 yildan boshlab ijtimoiy madaniy tadbirlarga xarajatlar salmog’i 35,3%ga qadar keskin kamayishi kuzatiladi. Keyingi yillarda ijtimoiy –madaniy tadbirlar xarajatlari salmog’i u qadar o’zgarishlarga uchramadi va 1999 yilda jami byudjet xarajatlarining 37,1%ni tashkil qildi.
1991 yilda aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha xarajatlarning salmog’i jami byudjet xarajatlarida 26,9% bo’ldi. Keyinchalik bu xarajatlarning salmog’i pasayib bordi, 1994 yilda 8% tushdi. Bu holni davlatning iqtisodiy siyosatga muvofiq bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish uchun kapital qo’yilmalarni ko’paytirish zarurati bilan izohlash mumkin. 1995 yildan boshlab va keyingi yillarda bu xarajatlar salmog’i 10-11% darajasida barqarorlashdi, 1999 yilga kelib bu xarajatlar jami byudjet xarajatlarining 6,8%ni tashkil qildi.
Iqtisodiyotga xarajatlarda ham 1991-1995 yillarda salmoq o’sishi kuzatiladi, bu yillarda uning salmog’i tegishlicha 3,7 va 12,2%ni tashkil qildi. Davlat kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish xarajatlarining salmog’i xuddi shu davrda kamayib bordi.
Agar bu xarajatlar 1991 yilda jami byudjet xarajatlarining 11,4%ni tashkil qilgan bo’lsa, keyingi yillarda bu ko’rsatkich deyarli ikki marta qisqardi. 1995 yildan boshlab va keyingi yillarda xalq xo’jaligiga xarajatlarning solishtirma hissasi pasayishi, davlat kapital qo’yilmalarini moliyalash xarajatlarning ko’payishi kuzatiladi.
Bu xarajatlar 1999 yilda 22,6%ni, xalq xo’jaligidagi xarajatlarning salmog’i 10,8%ni tashkil qildi. Bu 1995 yildan boshlab byudjet siyosati o’zgarayotganligini, ya’ni asta-sekin dotatsiyalashdan kreditlash va investitsiyalashga o’tilayotganligini ko’rsatadi. Byudjet xarajatlarining boshqa bandlari bo’yicha ham ko’rib o’tilayotgan davrda xarajatlar solishtirma hissasining bir qadar o’sishi yuz berganligini ko’rish mumkin.

Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish