O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


IV. DOKTRINANING HARBIY ̶ IQTISODIY JIHATLARI



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

IV. DOKTRINANING HARBIY ̶ IQTISODIY JIHATLARI 
1. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlash 
asoslari 
31. 
Mamlakat 
mudofaasini 
harbiy-iqtisodiy 
jihatdan 
ta’minlashning maqsadi tinchlik va urush davrida davlat harbiy 
tashkilotining O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi 
siyosatini amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy, moddiy-
texnikaviy va boshqa resurslarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini 
qanoatlantirishdan iboratdir. 
32. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlash 
quyidagi prinsiplarga asoslangan: 
a) davlat harbiy tashkilotini moliyaviy va moddiy-texnikaviy 
jihatdan ta’minlash darajasining mamlakat harbiy xavfsizligi 
vazifalariga hamda iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiqligi; 
b) harbiy-iqtisodiy faoliyatni boshqarishda markazlashtirish; 
v) moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarni davlat 
harbiy tashkilotini tegishli maqsadli dasturlarni ishlab chiqish orqali 
rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etishga yo‘naltirish. 
33. 
Mamlakat 
mudofaasini 
harbiy-iqtisodiy 
jihatdan 
ta’minlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
̶ harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni yetkazib 
berish hamda ishlab chiqarishga, mamlakat mudofaasi ehtiyojlari 
uchun ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir davlat 
buyurtmalarini joylashtirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini 
takomillashtirish; 
̶ ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish 
bo‘yicha 
iqtisodiyot 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
dasturlarini, 
shuningdek Qurolli Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy hamda maxsus 
texnikaning modernizatsiya qilingan va istiqbolli namunalari bilan 
ta’minlash dasturlarini iqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan o‘z vaqtida 
va oqilona ta’minlash; 


213 
̶ harbiy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladigan moliyaviy va 
moddiy resurslar xarajatlarini maqbullashtirish, davlat harbiy 
tashkilotining barcha tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘liq, uyg‘un holda 
rivojlantirish asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
̶ qo‘shinlarni va qurol-yarog‘ni boshqarishning unifikatsiya 
qilingan, himoyalangan axborot-kommunikatsiya tizimlarini razvedka, 
ogohlantirish, radioelektron kurash tizimlarini, shuningdek yuqori 
aniqlikdagi nishonga urish vositalarini ishlab chiqish hamda ishlab 
chiqarish uchun iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar yaratish; 
̶ mamlakatning, Qurolli Kuchlarning va harbiy infratuzilmaning 
ilmiy-texnikaviy, 
texnologik 
va 
ishlab 
chiqarish 
bazasini 
rivojlantirish; 
̶ harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotdagi, 
shuningdek 
ularni 
ishlab 
chiqish 
hamda 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyalaridagi intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoya 
qilinishini ta’minlash; 
̶ iqtisodiyotning fuqarolarga oid va harbiy sektorlarini o‘zaro 
uyg‘unlashtirish hamda davlatning harbiy-iqtisodiy faoliyatini uning 
harbiy 
xavfsizligini 
ta’minlash 
manfaatlarini 
ko‘zlab 
muvofiqlashtirish; 
̶ harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining turmush darajasini 
yuksaltirish, qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy kafolatlarini 
amalga oshirish; 
̶ mamlakatning safarbarlik shayligi va safarbarlik tayyorgarligi 
tizimlarini takomillashtirish; 
̶ moddiy vositalar zaxiralarini shakllantirish; 
̶ o‘zaro manfaatli xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy 
hamkorlikni amalga oshirish. 
34. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tarkibiy qismi 
bo‘lgan mudofaa budjeti mamlakat mudofaasini moliyaviy jihatdan 
ta’minlashning asosidir. Mudofaa budjeti davlatning iqtisodiy 
imkoniyatlarini va davlat harbiy tashkilotining mudofaa vazifalarini 
hal etish uchun haqiqiy talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
shakllantiriladi. 
35. Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy 
himoyasi harbiy xizmatni o‘tash tartibini, ichki ta’minotini, uy-joy, 
tibbiy va pensiya ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan qonunlar 
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va jamiyatda harbiy 
xizmatning nufuzi, obro‘si oshirilishini ta’minlaydigan davlat 


214 
dasturlarini ro‘yobga chiqarishning boshqa ishlab chiqilgan samarali 
mexanizmlari asosida amalga oshiriladi. 
36. Xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik Qurolli 
Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikaning eng yangi 
hamda istiqbolli namunalari bilan ta’minlash, ularni modernizatsiya 
qilish, ta’mirlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etish, 
qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mudofaa sanoati kompleksiga 
chet el investitsiyalari hamda texnologiyalarini jalb etish, shuningdek 
harbiy, harbiy-texnik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatiga muvofiq tashkil 
etiladi hamda amalga oshiriladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish