O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tuzilishi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tuzilishi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini barpo etishning 
tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari 
asosida isloh qilishdan iborat boʻldi. Bunda avvalo qoʻshinlar 
qoʻllanishning strategik va taktik jihatidan kelib chiqib, Qurolli 
Kuchlar tuzilishi asosi Oʻzbekiston Respublikasini himoya qila 
oladigan qoʻshinlar va maxsus qoʻshinlarni tuzishga qaratildi. Bular: 
1.
Quruqlikdagi qoʻshinlar; harbiy havo kuchlari va harbiy havo 
hujumidan mudofaa qoʻshinlari; 
2.
Maxsus va muhandislik quruvchilik qoʻshinlari; Ichki ishlar 
vazirligining ichki va qorovul qoʻshinlari; 
3.
 
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari va 
chegara qoʻshinlari. 

Quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibiga motooʻqchi, tankchi va 
artilleriya qoʻshilmalar va qismlaridan, havo desanti, hujumchi desant, 
havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, tez harakat qiluvchi kuchlar 
qismlari, taʼminot qismlari va boʻlinmalari kiradi. 

Harbiy havo kuchlari Qurolli Kuchlarning eng yuqori 
manyovrlangan qoʻshin turlaridan biri hisoblanadi. 

Maxsus qoʻshinlar jangovar harakatlarni operativ taʼminlash 
masalalarini hal etish uchun moʻljallangan. 

Qoʻshinlarning harakati va manyovri uchun yoʻllarni 
tayyorlashda muhandislik boʻlinmalarining tutgan oʻrni alohida. Bu 
boʻlinmalar gʻildirakli va zanjirlik asoslardagi yoʻlyotqizgich, 
minalardan tozalovchi muhandislik mashinalari, koʻprik quruvchilar 


216 
hamda oʻziyurar mexanizatsiyalashgan koʻpriklar kabi maxsus texnika 
turlari bilan taʼminlangan. 

Qoʻshinlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan harbiy aloqa 
qoʻshinlariga bogʻliq. Ular qoʻshinlar va qurollarni boshqarish 
tizimida axborotlarni almashtirish xizmatini bajaradilar. Aloqa 
qoʻshinlari simli aloqa, radioaloqa, maxfiylashtirilgan aloqa 
vositalaridan foydalangan holda harbiy harakatlarning borishiga taʼsir 
oʻtkazadilar. 

Muhandislik quruvchilik qoʻshinlari Qurolli Kuchlar 
infratuzilmasi taraqqiyotini taʼminlash va davlat strategik iqtisodiy 
dasturini bajarishga hissa qoʻshib kelmoqda. Urush sharoitida mazkur 
qoʻshinlarga mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari va 
qutqaruvavariya ishlarini bajarish yuklatilgan. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi Chegara 
qoʻshinlari Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1992-yil 24-martidagi farmoniga koʻra 
tuzildi. Chegara qoʻshinlariga OʻzR davlat chegaralarini, uning 
suverenitetini himoya qilish vazifasi qoʻyilgan. Ichki ishlar 
qoʻshinlarining maxsus boʻlinmalari muhim davlat obʼyektlarini 
qoʻriqlash, maxsus harbiy operatsiyalarda qatnashish, terrorchilarga 
qarshi kurash kabi vazifalarni bajaradi. 
Urush holatida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari oʻz vazifalarini 
OʻzR Davlat xavfsizlik xizmati qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi 
bilan birgalikda amalga oshiradi. Ularning birgalikdagi harakatini 
muvofiqpashtirish uchun 2000 yilda Mudofaa Vazirligida Oʻzbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan Shtabi tuzildi. 
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga 
oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga 
muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh 
qoʻmondoni hisoblanadi. 
Qurolli Kuchlarning tashkiliy davrida Qurolli Kuchlar 
tashkiliyshtat tuzilishi takomillashtirildi va unga muvofiq harbiy 
qismlar, muassasalar va harbiy oʻquv yurtlari isloh qilindi. Harbiy 
bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytirish va Qurolli Kuchlar 
akademiyasini barpo etish hisobiga milliy kadrlar tayyorlashning 
mukammal tizimi yaratildi. Qurolli Kuchlar vazifalariga binoan, 
harbiy xizmatchilar barcha toifasining taʼlim jarayoni yaxshilandi. 
Mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy-siyosiy holat hisobga 
olinib, qoʻshinlarni joylashtirish tizimi takomillashtirildi. Bu — davlat 
chegaralarini hamda xalqimiz manfaatlarini ishonchli himoya qilish 


217 
imkonini yaratdi. Zamon talabiga javob bera oladigan qoʻshinlarni 
barqaror boshqarish tizimi barpo etildi. Harbiy xizmatni tashkil 
etishning infratuzilmasi yaratildi; Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
toʻgʻrisida”, 
Mudofaa 
toʻgʻrisida” 
qonunlari, 
1996-yilda 
Umumharbiy Nizomlar qabul qilinishi bilan Qurolli Kuchlarimiz 
huquqiy bazasi yaratildi. 
Oliy Majlisning 1-chaqiriq 14-sessiyasida Qurolli Kuchlarni, 
Chegara va Ichki qoʻshinlarni yagona davlat siyosati asosida 
bosqichmabosqich chuqur isloh etish masalalariga qaratildi. Qurolli 
Kuchlarni isloh qilishda jahon va davlatimiz harbiy yutuqlari, harbiy 
qurilishning ilgʻor tajribalari va fanidan foydalanildi. Jangovar 
vazifalarni hal qilishning yanada samarali imkoniyatlarini izlash 
borasida faol ish olib borildi. Bunda, albatta, ekstremizm va xalqaro 
terrorizm faoliyatining faollashuvi kabi yangi omillarga qarshi kurash 
ham nazarda tutildi. Islohot shaxsiy tarkibni maʼnaviyaxloqiy 
tarbiyalashni, ularning professional tayyorgarligini va qayta 
tayyorlashni tashkil etishning butun tizimini qaytadan koʻrib chiqishni 
koʻzda tutadi. U jangchilarda Vatanga muhabbat va sadoqatni, yuksak 
maʼnaviy 
fazilatlar 
va 
mustahkam 
irodani 
tarbiyalashga, 
professionalizmni, 
aʼlo jangovar tayyorgarlikni taʼminlashga 
yoʻnaltirilgan. 
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tizimida olib borilgan islohotlar
davlat mudofaasini tashkil etish borasida toʻplangan tajribalar asosida 
Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi qonuni Oliy 
Majlisning 2-chaqiriq 5sessiyasida 2001-yil 11-mayda yangi tahrirda 
tasdiqlandi. 
Qonun davlat mudofaasining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy 
tadbirlar majmuidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa 
masalasida OʻzR Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, 
Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi, harbiy okruglar, vazirliklar, davlat 
qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar 
va tashkilotlar hamda mamlakat fuqarolarining davlat mudofaasini 
taʼminlashdagi vakolatlarini belgilab berdi. 
Mudofaa va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti — Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy 
Bosh qoʻmondoni amalga oshiradi. Urush sharoitida OʻzR Mudofaa 


218 
vaziri bir paytning oʻzida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondonining 
oʻrinbosari hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan 
tartibga koʻra, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni 
OʻzRga hujum qilinganda yoki tajovuzdan birbirini mudofaa qilish 
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati 
tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi 
hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning 
ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi. Qurolli Kuchlarning oliy 
qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy 
unvonlarni beradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻz tasarrufidagi 
qoʻshinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish 
sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, OʻzR Mudofaa vazirligi 
qoʻshinlarining zamonaviy qurolyarogʻlar, harbiy texnika va 
moddiytexnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik 
kengaytirilishini, 
chaqiruvning 
va 
Qurolli 
Kuchlar 
kadrlari 
tayyorlashning tashkil etilishini taʼminlaydi. 
Qoʻshinlarni operativ boshqaruvini tashkil etish maqsadida 
Harbiy okruglar tashkil etildi. Harbiy okrug bu — operatsion 
yoʻnalishlarda 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
xavfsizligini 
taʼminlovchi asosiy harbiymaʼmuriy birlik hamda umumqoʻshin 
tezkorstrategik hududiy birlashmasidir. Harbiy okruglar tashkil etilishi 
bilan qoʻshinlar va qismlarni qayta joylashtirish amalga oshirildi. Bu 
ularni eng muhim strategik yoʻnalishlarda jamlashga, hududiy 
mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi. Bugungi 
kunda har bir harbiy okrug, yirik qismlar oʻz oʻquv poligonlariga ega 
va ularda harbiy texnikani boshqarish koʻnikmalarini hosil qilish, 
jangovar qurollardan otish, artilleriya, havo janggi tayyorgarligi, 
vzvod, batalon, qism tarkibida taktik oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish 
uchun barcha sharoitlar yaratildi. 
Harbiy islohotlar strategiyasi asosida son jihatidan uncha katta 
boʻlmagan, zamonaviy qurolyarogʻ va texnika bilan qurollangan 
armiyani, jangovar harakatlar olib borishning eng samarali usullarini 
egallagan va har qanday bosqinchi kuchlarga qarshi turishga hamda 
zarba berishga qodir boʻlgan tezkor, har tomonlama oʻziga suyangan 
va taʼminlangan qismlarni tuzish asoslari yaratildi. 
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
Mudofaa 
vazirligining 
Toshkent umumqoʻshin komandirlari, Samarqand avtomobilchi 


219 
komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandirmuhandislar, Jizzax 
aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalar 
universitetining maxsus aloqa fakulteti, Ichki ishlar vazirligining 
Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy 
texnika maktabida Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar 
boʻyicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 1995 yil 2 sentyabrda 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi ochildi. 
Harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, 
Urganch va Fargʻona shahrilarida harbiy mutaxassisliklarga 
yoʻnaltirilgan litseylar faoliyat koʻrsatmoqda. Harbiy litsey 
tinglovchilari 2 yil mobaynida harbiy koʻnikma toʻplab, oʻzlari 
tanlagan qoʻshin turlari boʻyicha oliy harbiy bilim yurtiga yoʻl 
oladilar. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish