O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan asosiy tahdidlar



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

2. Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan asosiy tahdidlar 
8. Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan asosiy tahdidlar 
quyidagilardan iborat: 
̶ harbiy harakatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
ko‘chishi xavfi bo‘lgan harbiy mojarolar; 
̶ O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi yaqinida 
qo‘shinlar turkumlarini mintaqada kuchlar mutanosibligi buzilishiga 
olib keladigan tarzda hamda O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy 
tajovuzga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan darak beradigan tarzda 
namoyishkorona ko‘paytirish; 
̶ O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga va hududiy 
yaxlitligiga tajovuz qilish
̶ bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoxud qo‘shni 
davlatlarning chegara oldi tumanlariga tashlash uchun noqonuniy 
qurolli tuzilmalarni tashkil etish, o‘qitish va qurollantirish; 
̶ narkotrafik, qurol-yarog‘, o‘q-dori, zaharli va portlovchi 
moddalar, qo‘poruvchilik-terrorchilik faoliyatini amalga oshirish 
uchun foydalaniladigan boshqa vositalar kontrabandasi bilan bog‘liq 
transchegaraviy va xalqaro uyushgan jinoiy faoliyat; 
̶ 
axborot-kommunikatsiya 
makonida 
O‘zbekiston 
Respublikasining suverenitetiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligiga 
qarshi qaratilgan hamda aholining tinch hayotiga tahdid soluvchi 
mafkuraviy va psixologik harakatlar. 
3. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati 
9. 
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi 
siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
̶ mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni va 
konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish
̶ davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash; 
̶ Markaziy Osiyoda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni, 
xavfsizlikni, barqarorlikni va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash; 
̶ 
davlatning 
harbiy 
tashkilotini 
muntazam 
ravishda 
rivojlantirish, uni O‘zbekiston Respublikasini qurolli himoya qilishga 
shay holatda saqlab turish. 
10. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati 
quyidagi prinsiplarga asoslangan: 


203 
̶ boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, bundan 
harbiy tajovuzning oldini olish va uni daf etish hollari mustasno; 
̶ xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar 
xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi; 
̶ boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol 
tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish
̶ harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday 
davlatlararo tuzilmadan, agar u harbiy-siyosiy blok etib o‘zgartirilsa, 
chiqib ketish huquqini o‘zida saqlab qolish; 
̶ mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi; 
̶ harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga 
monand bo‘lishi; 
̶ yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini ishlab 
chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish; 
̶ Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi 
shartnoma prinsiplariga sodiqlik
̶ o‘z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining 
joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
̶ Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq 
operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi; 
̶ xalqning ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga va o‘ziga xos 
madaniy tamadduniga tayanish. 
11. O‘zbekiston Respublikasi tinchliksevar siyosatni olib borar 
ekan, harbiy mojarolarning oldini olishda faol ishtirok etishni ustuvor 
vazifalardan biri deb hisoblaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
a) milliy darajada: 
̶ davlat harbiy tashkilotining o‘z maqsadiga muvofiq harakat 
qilishga shayligini saqlab turish; 
̶ o‘z mudofaa sanoati kompleksini va uning ilmiy-ishlab 
chiqarish bazasini rivojlantirish; 
̶ ijtimoiy institutlarga va hokimiyat organlariga bo‘lgan 
ishonchga putur yetkazishga, shuningdek davlatning ichki ishlariga 
aralashish maqsadida aholining ommaviy ongiga axborot-mafkuraviy 
ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan ilg‘or 
texnologik yechimlarni va boshqa yechimlarni qo‘llash; 
b) mintaqaviy darajada: 


204 
̶ mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy 
xavfsizlikning eng muhim muammolarini hal etish, shu jumladan 
Afg‘onistondagi 
vaziyatni 
tartibga 
solishga 
ko‘maklashish, 
transchegaraviy suv oqimlari resurslaridan foydalanish masalalarini 
hal etish, chegaralarni dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish 
jarayonlarini tugallash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, favqulodda 
vaziyatlarga hamda tabiiy va texnogen xususiyatdagi transchegaraviy 
tahdidlarga e’tibor qaratish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni 
ko‘rish; 
̶ mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka tashqi hamda 
ichki tahdidlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni neytrallashtirish, 
ekstremizm, 
terrorizm, 
uyushgan 
hamda 
transchegaraviy 
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida Markaziy Osiyodagi barcha 
mamlakatlar bilan o‘zaro hamfikrlik va amaliy hamkorlikni 
mustahkamlash; 
̶ mintaqa davlatlari o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlikni 
kengaytirish, ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash; 
v) xalqaro darajada: 
̶ Birlashgan Millatlar Tashkilotining, boshqa xalqaro 
tashkilotlar va institutlarning xalqaro xavfsizlikni ta’minlash va 
hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarida ishtirok etish; 
̶ O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining uzoq muddatli 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda manfaatdor mamlakatlar bilan 
strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va saqlab turish hamda 
davlatlararo o‘zaro manfaatli, mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish; 
̶ ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik borasidagi global 
sa’y-harakatlarga ko‘maklashish; 
̶ ekstremizm va xalqaro terrorizm ko‘rinishlarining oldini olish 
va ularga chek qo‘yish; 
̶ xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish. 
12. O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlikni ta’minlashga 
bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirar ekan, o‘z Qurolli Kuchlarini: 
̶ harbiy tajovuzni daf etish; 
̶ harbiy sohadagi milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi 
ekstremizm, terrorizm va boshqa g‘ayriqonuniy ko‘rinishlarga qarshi 
kurashish; 
̶ favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish
̶ xavfsizlik va huquq-tartibotni ta’minlashda huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarga ko‘maklashish maqsadida qo‘llashi mumkin. 


205 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish