199
Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlashga doir prinsiplar va
yondashuvlarni belgilaydi.
2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Doktrinaning
mudofaa
xususiyatiga egaligini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi hech bir
davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi va barcha mamlakatlar
bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi
asosida hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va
normalarini
inobatga olgan holda, o‘zaro naf ko‘rish, teng huquqlilik
hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha
nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish,
davlatlararo
shakllangan
chegaralarning
buzilmasligi
va
o‘zgarmasligini tan olish asosida quradi.
3. Doktrina:
̶
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi,
Milliy
xavfsizlik konsepsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi,
xalqaro huquqning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining
prinsiplari
va normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga tayanadi;
̶ mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi
harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan
tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan
kelib chiqadi;
̶ tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining
va mamlakat
mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarning asosiy
qoidalarini inobatga oladi;
̶ harbiy mojarolarning oldini olish, hayotiy muhim milliy
manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha davlat, jamiyat va fuqarolar
faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlari va usullarini ochib beradi;
̶
davlatning
kelajakda
mudofaa
sohasidagi
siyosati
ustuvorliklarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (bundan
buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) tayyorlash,
qurish va
qo‘llashning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilaydi.
4. Doktrinani ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining
milliy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosati
doirasida amalga oshiriladi.
5. Ushbu Doktrinada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
200
̶ alohida davr ̶ safarbarlik (harbiy holatni joriy etish)
to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan boshlanadigan davr, shu
jumladan harbiy harakatlar olib boriladigan butun davr;
̶ davlatning harbiy tashkilot - davlat boshqaruvi va harbiy
boshqaruv organlarining, Qurolli Kuchlarning,
urush davri uchun
tuziladigan boshqa organlar, muassasalar va maxsus tuzilmalarning,
shuningdek mudofaa sanoati kompleksi majmui bo‘lib, ularning
birgalikdagi faoliyati harbiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi
vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi;
̶
mamlakat
mudofaasi
O‘zbekiston
Respublikasining
suverenitetini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayoti va
xavfsizligi himoya qilinishini ta’minlovchi siyosiy,
iqtisodiy, harbiy,
ijtimoiy - huquqiy, axborotga oid, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-
tadbirlar tizimi;
̶ milliy xavfsizlikka harbiy sohadagi tahdidlar-O‘zbekiston
Respublikasiga
qarshi
harbiy
kuch
qo‘llanilishi
haqiqatan
mumkinligini tavsiflovchi omillar;
̶ noqonuniy qurolli tuzilmalar - milliy va xalqaro qonun
hujjatlariga xilof ravishda shakllantirilgan, terrorchilik,
ekstremistik,
jinoiy yoki boshqa maqsadlarni ko‘zlovchi qurolli birlashmalar,
otryadlar, guruhlar;
̶ tahdid soluvchi davr-vaqtning turli muddat davom etadigan,
qoida tariqasida, harbiy mojaro boshlanishidan oldinga to‘g‘ri
keladigan hamda harbiy-siyosiy vaziyat o‘ta keskinlashganligi bilan
tavsiflanadigan davri;
̶ favqulodda vaziyat-odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning
sog‘lig‘i yoki
atrof-muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar
keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan
chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya,
halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
̶ qurolli mojaro-davlatlar o‘rtasidagi (xalqaro qurolli mojaro)
yoki bir davlat hududi doirasidagi (ichki qurolli mojaro)
qarama-
qarshi tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, milliy, etnik, diniy va
boshqa ziddiyatlarni hal etish maqsadidagi miqyosi cheklangan qurolli
to‘qnashuv (harakat, janjal) bo‘lib, bunda urush holati e’lon
qilinmaydi;
201
̶ harbiy mojaro-davlatlar o‘rtasidagi yoki davlatning ichki
qarama-qarshiliklarini harbiy kuch qo‘llagan holda hal etish shakli
bo‘lib, bu qurolli kurash olib borishning barcha turlarini, shu jumladan
urushlar va qurolli mojarolarni qamrab oladi;
̶ harbiy tajovuz ̶ O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga,
hududiy yaxlitligiga va davlat mustaqilligiga qarshi harbiy kuchni
qo‘llash;
̶ harbiy xavfsizlik ̶ milliy manfaatlarning harbiy sohada davlat
xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan himoyalanganlik holati.
Do'stlaringiz bilan baham: