Amir Temurning “ Yetti yillik” yurishi.
Amir Temurning 1399 - 1404-yillarda olib borgan harbiy
yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek
(Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi
Arabning Ubuliston oʻlkasi (qadimgi Kappadokiya) bilan Bagʻdod,
shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etildi. Anqara jangida Amir
Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan
gʻalaba qozondi. Turkiya sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini
serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga
tushdilar. Amir Temur Anadoluni egallab, Oʻrta Yer dengizning
sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning
Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey
dengizida joylashgan Xios va Lesbos olkalaridagi Genuya
mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz
itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir
shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga
57
yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina
Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina
karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib
kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning
vafotidan soʻng (1403yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan
boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning
toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi
viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning
poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi
suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning
poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini
boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.
XIV asrning 90-yillarida sulton Boyazid 1 Yildirim Kichik
Osiyoning janubida, Sivas va Malatya shaharlarini bosib oldi.
Shundan keyin u Amir Temurning vassallari - Arzinjon va Arziruma
hukmdorlaridan usmoniylar xazinasiga o‘lpon yigishni talab qildi.
Sohibqiron mojaroni elchilik yo‘li bilan hal qilish uchun sultonga
xat yubordi. Boyazid 1 xatga qo‘pollik bilan rad javobini berdi.
Sultonning javobi Amir Temurni gazabga keltirdi va u Sivas va
Malatya shaharlarini bosib oldi.
Shundan keyin 1400-yilda Sohibqiron o‘z nazarini Misrga tobe
bo‘lgan Suriyaga qaratdi. Misr mamluklari usmoniylar bilan yaxshi
munosabatda edilar va kerak bo‘lgan paytda turklarga harbiy yordam
ko‘rsatishlari mumkin edi. Shuning uchun Amir Temur o‘z
qanotlarida qudratli ehtimoliy dushmanni qoldira olmas edi. Amir
Temur Misr qo‘shinlarini tor-mor etdi va Damashqni bosib oldi.
Shu bilan birga u Boyazid 1 ga xat yuborishda davom etdi. 1402-
yilning bahorida Boyazid 1 bilan Amir Temur o‘rtasidagi
munosabatlar yana yomonlasha boshladi. Boyazidning javobini
kutmasdan Amir Temur hujumga o‘tishga qaror qildi. Bo‘lajak
yurishning katta ahamiyatini, qiyinchiligini va turk sultoni bilan
kurashni hisobga olib, u Movarounnahrdan yordam kuchlarini
jo‘natilishiga buyruq berdi.
Amir Temurning Kichik Osiyoga yurishi to‘rt davrda olib borildi.
Qo‘shin 1402-yilning may oyida yurishni boshladi. U Sharqiy
Anatoliyadagi Kemaks qal’asini qamal qildi. Bu qal’a Tog’
daryosining qirg’og’ida joylashgan edi. Qal’aning devori mustahkam
va baland bo‘lib, uning birinchi tomoni daryoga taqalgan, ikkinchi
58
tomoni esa vodiyga tutashgan edi. Vodiy daryo irmog‘i bilan tutashib
ketganligi uchun unga chiqib borishning imkoni yo‘q edi. Qal’aning
qolgan ikki tomonini tepaliklar himoya qilib turardi.
Qal’ani qamal qilishni Amir Temur taxtning vorisi Muhammad
Sulton qo‘mondonligidagi Movarounnahrdan yetib kelgan qo‘shinga
topshirdi. Qal’ani qamal qilish 1402-yilning may-iyun oylarida
o‘tkazildi. Sohibqiron qal’aga o‘tish qiyin bo‘lgan vodiydan borishga
qaror qildi. Uning buyrug‘iga asosan daraxtlarni kesib vodiyni
o‘tinlar, shox-shabbalar bilan to‘ldirilda va uni yer bilan barobar qilib
tekisladilar. Qal’a himoyachilari maxsus tuzlardan, ko‘mir va
oltingugurtdan tayyorlangan yonuvchi aralashmani daraxtlar va shox-
shabbalar bilan birga yoqib yubordilar. Shundan keyin Sohibqiron
jangchilarga vodiyni katta-katta toshlar bilan to‘ldirishni buyurdi.
Jangchilar narvonlar va arqonlar yordamida qal’a devorlariga ko‘tarila
boshladilar. Qamaldagilar asirga tushishga majbur bo‘ldilar.
Kemaks qal’asini egallaganidan keyin Amir Temur jangchilari
Sivasga harakatni boshladi.
Sivas cho‘llarida Amir Temur o‘z odatiga ko‘ra har doimgidek
katta jangdan oldin qo‘shinning ko‘rigini o‘tkazdi. Tarixchilarning
guvohlik
berishicha,
«Hamma
jangchilar
o‘sha
davrning
takomillashgan qurol-yarog‘iga ega: chavandozning boshidan otning
tuyog‘igacha sovutlar bilan himoya qilingan edi». Bu hol Amir
Temurning jangchilari yevropalik ritsarlardek qurol-yarog‘lar va
himoya anjomlariga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi. Endigina
Movarounnahrdan etib kelgan shahzoda Muhammad Sulton
qo‘shinining anjomlari boshqacha bo‘lib, ular turli xil rangda bo‘lgan.
Qo‘shinning ko‘rigi paytida sulton Boyazidning elchilari ham
ishtirok etdi. Bu ko‘rik elchilarda katta tasavvur uyg‘otdi.
Sivasdan Amir Temur Toqat yo‘nalishiga dushmanni qidirib
topish va Qizil-Irmoq daryosidagi kechuv joylarini egallash uchun
razvedkachilarni jo‘natdi. Razvedka Anqaraning shimolida turk
qo‘shinlarini yig‘ilayotganligini aniqladi.
Razvedkaning ma’lumotiga ko‘ra, Toqatga eltuvchi yo‘l
o‘rmonning ichidan o‘tgan bo‘lib, juda tor edi. Buning ustiga Qizil-
Irmoq daryosidagi kechuv joylari turklar tomonidan egallangandi.
Boyazid qo‘shinining asosini piyodalar, Amir Temur armiyasini esa-
otliqlar tashkil etdi. Shuning uchun Amir Temur o‘zi uchun noqulay
joyda jang qilmaslikka qaror qildi. Turk sultonining qo‘shinini hiyla
59
bilan tog‘li, o‘rmonli joydan chiqarish, hamda Qizil-Irmoq
daryosidagi kechuv joyini turk qo‘shinlari qo‘riqlamayotgan yeridan
kechib o‘tish uchun Amir Temurning qo‘shini Kesariyaga yo‘l oldi.
Boyazid Amir Temurning yurishini aynan mana shu o‘rmon
yo‘lidan kutdi. Pozitsiyani egallab, u jangga tayyorgarlik ko‘rdi.
Tajribali Amir Temur chalg‘ituvchi manyovrni amalga oshirdi, u
kichik bo‘linmalarni o‘rmon yoqasida qoldirdi, qo‘shinning
to‘xtashini imitatsiya qildi, qolganlarni so‘qmoq yo‘ldan Anqara
tomonga olib ketdi.
Boyazid 1 qo‘shinining harakatlarini kuzatish uchun Kirsheirdan
razvedka otryadi chiqddi (1000 chavandoz).
Amir Temur dushman to‘dasida yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi
bilar edi. Otliq qo‘shinni ta’qib qilish Boyazid 1 ning piyodalarini
toliqtirishini hisobga olgan Amir Temur, o‘z qo‘shinini dushman
tomonidan ta’qib qilishga majbur etishga qaror qildi. Boyazid 1
qo‘shinni Brussa shahridan ajratib tashlash uchun Amir Temur Anqara
shahrini qamal qildi. Buning natijasida turk qo‘shinlari tekislikka
chiqishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Amir Temur Anqara qamalini
kechib, ortga o‘tdi va lager qurib uni mustahkamladi.
Amir Temurning lageri kichik bir daryoning qirg‘og‘ida
joylashgan bo‘lib, daryo lagerning orqa tomonidan oqib o‘tar edi.
Lagerning atrofida xandaklar qazildi. Sulton Boyazid 1 o‘zi uchun
noqulay holatdan hujumga o‘tishga majbur bo‘ldi. Turklar tomonidagi
yagona buloq Amir Temur jangchilari tomonidan buzib tashlandi,
shuning uchun sultonning qo‘shini suv tanqisligiga duchor bo‘ldi.
Buning ustiga sultonning qo‘shini yaqin orada maosh olmaganligi va
uning orasida noroziliklar kelib chiqqanligi Amir Temurga ma’lum
bo‘ldi.
Anqara yaqinidagi jangda turk qo‘shinining tor-mor etilishi sharq
tarixchilarining ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temurning qo‘shini
250 mingdan 350 mingtagacha jangchilar va 32 ta jangovar fillar
bo‘lib, turk qo‘shinlari 120-200 ming jangchini tashkil etgan. Hozirgi
tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda Amir Temurning qo‘shini
140-160 ming kishini, 32 ta jangovar fillarni, turk qo‘shinlari esa 70
ming atrofida jangchini tashkil etgan.
1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida
sulton Boyazidning turk
qo‘shinlari va Amir Temur qo‘shini o‘rtasida o‘rta asrning eng yirik
janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. Amir Temur armiyasining jangovar tartibi
60
o‘ng va chap qanotlardan, ularning avangardlari va markazdan tashkil
topdi. Ularning oldida bir nechta qatorda kamonchilar va 32 ta
jangovar fillar olov uloqtiruvchilar bilan saflangan. Markazning ortida
shaxsan Amir Temurning qo‘mondonligi ostida saralangan qo‘shindan
tashkil topgan zaxira bo‘lib, Amir Temurning qo‘shini qudratli
qanotlarga va kuchli zaxiraga ega edi.
Boyazid 1 o‘z qo‘shini jangovar tartibining front ortini tog‘larga
taqab, o‘ng qanotga chekinishga mos qilib yaratdi. Turklarning o‘ng
qanoti Osiyoliklar qismlaridan, jumladan tatarlarning qo‘shinlaridan
tashkil topdi, ularning orasida sultonning siyosatidan norozi kishilar
talaygina edi. Sulton qo‘shining chap qanotini serb qiroli Lazarning
jangchilari egalladi. Bu jangchilar boshlaridan oyoqlarigacha ritsarlik
sovutlari bilan himoya qilingan edilar. Qo‘shinni ikkinchi qatorining
ortida front ortining markazida sultonning o‘zi rahbarligidagi zaxira
joylashdi. Usmoniylar qo‘shini jangovar tartibining markazi kuchli,
qanotlari esa kuchsiz bo‘ldi.
Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy
kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari garb tomonga
chekina boshladi. Amir Temur qo‘shinlari yanicharlarni qurshovga
olishni osonlik bilan oxiriga yetkazdilar, ularni yanchib tashladilar,
Boyazidni esa asirga oldilar.
Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinlarining qolgan-
qutganlarini ta’qib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini
ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib
keldi. Sulaymon o‘zining kichik bir otryadi bilan kemalarga o‘tirib
suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi.
Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tor-mor etganidan keyin
Amir Temur qo‘shini turk qo‘shinlarining qolgan-qutganlarini ta’qib
qildi va Kichik Osiyoning O‘rta Yer dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi.
Ko‘pgina shaharlar va qal’alar jangsiz taslim bo‘ldi. Faqat Smirna
shahrida yashayotgan xristianlar qarshilik ko‘rsatishga qaror qildilar.
Dekabr oyida qal’ani qamal qilish boshladi. Buning uchun qamal
qilish, olov va tosh uloqtiruvchi qurollar yig‘ildi. Dengiz tomonidan
bo‘ladigan hujumni qaytarish, kemalardan himoya qilish uchun
yog‘ochdan to‘siqlar qurildi. Qal’a himoyachilari qat’iy qarshilik
ko‘rsatdilar. Amir Temur yer ostidan yo‘l qazishni buyurdi. Qamal
qiluvchilar tez-tez bir birlarini almashtirib qazib turdilar. Yer ostidan
qazilgan yo‘l tayyor bo‘lganidan keyin uning ichiga neftga pishitib
61
olingan o‘tinlar yoqildi. Buning natijasida qal’a devorlari qulab tushdi
va jangchilar qal’aga bostirib kirdilar. Smirnaning egallanishi bilan
Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy safar tugadi.
Amir Temurning harbiy san’ati haqida gap borganda, uning
armiyasidagi taktika va strategiya qat’iyligi bilan ajralib turishini
alohida ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Bu kurashning strategik
asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari
va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi.
Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butunlay bosib olish
niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq
mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi
tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmoniy turklar
davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini
choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba
bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 - 1422), Angliya
qiroli Genrix IV (1399 - 1407) tabriklab, unga maxsus maktub
yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygonayotgan Yevropaga
ulkan xavf solib turgan Usmoniy turklar davlatiga zarba berib, butun
Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |