O‘quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/82
Sana19.11.2022
Hajmi1,89 Mb.
#868753
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
13785 2 B0A85C0A46BEA0620F55431676626EAD59016A1C

 
 


51 
Tayanch so‘zlar: 
Sаrbаdоrlаr - «sаr» - bоsh, «dоr» - dоr, bоshini dоrgа tikkаnlаr 
so‘zidаn kеlib chiqqаn. Shiori «Mo‘g‘ullаrgа хizmаt qilgаndаn ko‘rа 
dоrgа оsilgаn mа’qul». 
"Loy jangi" - 1365-yilning bahorida Chinozda Amir Temur bilan 
Husaynning Ilyosxo‘jaga qarshi boʻlib o‘tgan jangi. 
Saroymulk xonim - yoki Bibixonim - Qozonxonning qizi Amir 
Temurning xotini. 
"Koʻragon" - yaʼni mo‘g‘ullarda "xonning kuyovi" unvoni. 
Nazorat savollari: 
1.Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo‘lgan omillar 
nimalardan iborat?
2.Amir Temur siyosiy faoliyatining boshlanishi qaysi voqealarga 
bog‘liq? 
3. "Buyuk amir" sifatida saylanishi. 
4.Amir Temur tomonidan Oq O‘rdani zabt etilishiga qaysi holatlar 
sabab bo‘ldi? 
 
 
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI VA 
HARBIY SAN’ATI 
 
Amir Temurning Uch yillik yurishi. 
Amir Temur shimoli-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan 
boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 
uch marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq 
(Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi 
Samara bilan Chistopol shaharlari oraligʻida joylashgan Qunduzcha 
(Kondurcha) daryosi vodiysida 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy 
Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich 
zarba beradi. Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil 
(Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychiq va Hojitarxon (Astraxon) 
kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan 
viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali 
Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday taʼriflaydi: 
"Sohibqiron Moskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuh 
qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va 


52 
atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning 
eliklariga sonsiz mol tushti..." ("Zafarnoma", 179-bet). Bu urushda 
Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. 
Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida 
Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq Oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga 
kiritilgan sobiq Joʻji ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. 
Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarni yozishlaricha, Amir Temurning 
Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun 
emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus 
knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan. 
To‘xtamish O‘zbekxon davridagi Oltin O‘rdaning qudratini 
tiklashga harakat qildi. Yangi yerlarni zabt etish uchun u harbiy 
yurishlarni 
boshladi. 
1386-yilda 
To‘xtamishning 
qo‘shini 
Ozarbayjonga bostirib kirdi. U Tabrizni zabt etdi, Ozarbayjonning 
ko‘pgina shaharlari talon-taroj qilindi va vayronaga aylantirildi. 
Amir Temur o‘z davlatiga shimoliy qo‘shnisi Oltin O‘rda qanday 
xavf solib turganini tushunib etgan edi. Movarounnahrga shimol 
tomondan xavf rahna solib turgan ekan Amir Temur hech qanday 
yurishlarni amalga oshira olmas edi. 
1387-1388-yillarda 
Amir 
Temurning 
Movarounnahrda 
yo‘qligidan foydalangan To‘xtamish davlat ichkarisiga hujum 
boshladi. Yo‘lda uchragan kichik qo‘shin guruhlarini yakson etib, 
To‘xtamish Samarqand va Buxoro viloyatlari hududiga bostirib kirdi. 
Shaharlar oltin o‘rdaliklar tomonidan qurshab olindi. Bu vaqtda 
Eronda turgan Amir Temur 30 minglik qo‘shinni Movarounnahrga 
yordamga jo‘natdi, o‘zi ham shoshilinch ravishda vataniga qaytdi. 
To‘xtamish chekindi, lekin u Xorazm hukmdori Sulaymon So‘fini 
Amir Temurga qarshi kurash uchun o‘ziga birlashishga ko‘ndirdi. Bu 
voqealar Sohibqironni 1388-yilda Xorazmga beshinchi-oxirgi yurishni 
amalga oshirishga majbur qildi. U Urganchni bosib oldi va So‘fi 
sulolasi hukmdorligini tugatdi. 
To‘xtamishning Samarqand va Buxoroga yurishi Amir Temurda, 
bu kurash alohida hududni bosib olish istagi uchun emas, balki 
To‘xtamishni 
Sohibqironning 
siyosatiga 
qarshi 
yo‘naltirilgan 
kurashining ifodasi ekanligiga shubha qoldirmadi. 
Amir Temurning To‘xtamishga qarshi uchta yurishidan (1389, 
1391, 1395 y.) ikkita oxirgisi, ayniqsa 1395-yilda uni Terek daryosi 
bo‘yida tor-mor etilishi harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai-nazaridan 


53 
katta e’tiborga sazovordir. 
1391-yilning 
qishida 
Sohibqiron 
To‘xtamish 
tomonidan 
kutilayotgan xavfni bartaraf etishga va Oltin O‘rdaning Misr 
mamluklari bilan birga Temur davlatiga qarshi ittifoq tuzishiga yo‘l 
qo‘ymaslikka qaror qildi. U To‘xtamishga qarshi yurishni boshlash 
uchun qo‘shinni to‘plashga farmon berdi. Qo‘shin uchun oziq-ovqat 
zaxiralari to‘plandi. Yig‘ilgan qo‘shin Samarqanddan chiqib, Xo‘jand 
shahri yaqinida qurilgan ko‘prikdan Sirdaryoni kechib o‘tdi. 
Toshkentda Temur o‘z qo‘shinining ko‘rigini o‘tkazdi. Jangchilarga 
kerakli qurol-yarog‘lar va anjomlarga ega bo‘lishliklariga buyruq 
berildi. 1391-yilning 19-yanvarida qo‘shinning ko‘rigi vaqtida Amir 
Temur Jo‘ji ulusiga urush e’lon qildi. U o‘z qo‘shinini safar tartibiga 
safladi va yo‘lboshchilarni tayinladi. 
Oldinda ikki yuz minglik qo‘shin bilan cho‘l-u biyobondan 
o‘tishdek mashaqqatli yurishni amalga oshirish masalasi turar edi. 
Cho‘ldan 2500 kilometr masofani bosib o‘tish kerak edi. Amir Temur 
vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi va shunday yo‘lni 
tanladiki, bu yo‘l harakat davomida dushmandan xavfsizlikni 
ta’minlardi va shu bilan birga qo‘shinni g‘anim bilan to‘qnashgunga 
qadar 
sezdirmas 
edi. 
Amir 
Temurning 
qo‘shini 
Yassi 
(Qozog‘istondagi hozirgi Turkiston), Qorchiq, Sabron orqali 
harakatlanib, keyin Sariuzenga (Sarisu daryosi) chiqdi, u yerdan 
Kichik tog‘ va Buyuk tog‘ (Oltin Choku - Qozog‘istondagi Oltin 
dovon tog‘ yonbag‘irlari bo‘yidagi hozirgi Qarsakpay) yon 
bag‘irlariga etib keldi. 
Uch oylik safardan keyin qo‘shinda oziq-ovqatning tanqisligi 
sezilib qoldi. Shuning uchun Amir Temur oziq-ovqat taqsimotini 
qat’iy chekladi va birta jangchiga 2 oyga 10 kg atrofida un beriladigan 
bo‘ldi. 
1391-yilning mayida Amir Temurning qo‘shini Tobol daryosi 
qirg‘og‘iga etib keldi. Tobol shahriga etguncha qo‘shin sezdirmasdan, 
yashirincha harakatlanib keldi. Bu hol Amir Temurni yirik armiyaning 
harakatini To‘xtamishdan yashirishga muvaffaq bo‘lganligidan dalolat 
berdi. Uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib o‘tilganidan keyin qo‘shinga 
dam olish va ov qilish uchun ruxsat berildi. Tobolga yetib kelgunga 
qadar Sohibqiron dushman to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega 
emas edi. To‘xtamishning qo‘shini tomonidan buzib tashlangan 
Tobolning kechib o‘tish joylari tiklandi va qo‘shin daryodan kechib 


54 
o‘tdi. Kuchini tiklab olganidan keyin qo‘shin Ural daryosi tomonga 
harakatlandi. To‘xtamish Ural daryosining ortida kechib o‘tish uchun 
qulay bo‘lgan uchta joyda oldindan pistirmalarni tashkil etdi. Amir 
Temur tajribali va mohir sarkarda sifatida hushyorlikni yo‘qotmasdan 
u tomonga qo‘shinni boshlamadi, aksincha, qo‘shin bu kechuv 
joylaridan ancha yuqoridan daryodan suzib o‘tdi. U To‘xtamishning 
pistirma qo‘yib, o‘sha yerda o‘z qo‘shini bilan turganini va Oltin 
O‘rda beklari odatda yoz oylarini o‘tkazadigan Azovdan va boshqa 
joylardan yordam kuchlari etib kelishini kutayotganini bilar edi. 
Ural va Volga daryolari oralig‘i To‘xtamishning qo‘shini uchun 
qulay joy bo‘lib hisoblanar edi, chunki bu yerda pistirmalar qo‘yish 
mumkin bo‘lib, ta’qib qilib kelayotgan tomonga qarshi holdan 
toydiruvchi kichik urushlarni olib borish mumkin edi. 
Amir Temur dushmanning o‘ng qanotini aylanib o‘tishga qaror 
qildi, shu bilan u To‘xtamishning poytaxtga chekinish yo‘lini va 
kutilayotgan madad kuchlari yo‘nalishini kesib qo‘yishi, hamda uni 
joy sharoitlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin 
edi. Shu bilan birga ushbu makkor dushmanni jangga kirishga majbur 
etar edi. 
Sohibqiron o‘z qo‘shinini Samara daryosining quyi oqimi 
bo‘ylab emas, yuqoridan Samaraning Iyk daryosiga quyilish joyiga 
o‘tkazdi. Ko‘prikdan avangard (

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish