ADOLAT – yuksak manaviy tushuncha bo‘lib, uning e. va YO. hamda YA. va YO. dan asosiy asosiy farqi shundaki, A.ning o‘zi birorqbir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. SHu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; A. da ikki manaviy jihat – ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni malum manoda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham deyish mumkin: u talab b-n taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. A. bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q. Eng oddiy, ibtidoiy fazilatlar, m., mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud, lekin hayvonlarda ular o‘z guruhiga, eng avvalo, o‘z zurriyotiga qaratilgan bo‘ladi.
ANDISHA – yuksak manaviyatga xos, axloqiy tarbiya natijasida shakllanadigan manaviy-axloqiy tushuncha, etika fanining meyoriy tushunchasi, “Manaviyatshunoslik”, “Manaviyat asoslari” fanlarining asosiy kategoriyalaridan biri. Kishilar b-n bo‘lgan munosabatda oqibatini atroflicha o‘ylab munosabatda bo‘lish, mulohaza qilish A.ning o‘ziga xos xususiyatlaridandir. A.li inson o‘z xatti-harakati, manaviy-ruhiy qarashlarida yuksak axloqiy tamoyillardan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi. Bunday inson o‘zgalarni olijanob axloqiy meyorlarga asoslangan holda qadrlaydi.
BAXT – manaviy axloqiy tushuncha. Kishi o‘z faoliyati natijalaridan hayotda qo‘lga kiritilgan yutuqlaridan to‘la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga etganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo‘ladi. Baxt nisbiy tushuncha, mutloq baxt yo‘q. Baxtni qanday manoda tushunishning shaxsning ijtimoiy o‘rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog‘liq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzim va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi b-n uzviy bog‘liq.
BAG‘RIKENGLIK– mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik, himoya, panoh, makon, saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfellik. Bag‘rikenglik – o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, anana-marosimlariga hurmat-ehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-kuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir. Bag‘rikenglik ayrim SHaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat bo‘lishi mumkin. Bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining eng olijanob fazilatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |