VRACHLIK ODOBI – vrach manaviyati va xulq-atvor meyorlarining majmui. V.o. umumiy odobning tarkibiy qismi hisoblanadi, bunda vrachning faoliyati xususiyatlariga muvofiq holda xulq-atvori va ijtimoiy o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. U vrachlikning manaviy-axloqiy masalalarini qamrab oladi, uning xulq-atvori, manaviyati, kasbiy burchini his etishi, nomusi, vijdoni va qadr-qimmati meyorlarini, bemorlar, ularning qarindosh-urug‘lari, o‘z hamkasblari, jamoasi va umu-man jamiyat bilan o‘zaro munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. V.o. tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, sog‘liqni saqlash va jamiyatning unga bo‘lgan munosabati holati, tibbiyot fanining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
GEDONIZM – (grech. hendone — lazzatlanish) — qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish manolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunos ligida gedonizm (huzurbaxshlik talimoti) hayotning manosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan talimotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi manolarini ham anglatmoqda.
GLOBALIZATSIYA – deganda umumbashariy, umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllanish tendensiyasi tushuniladi. Ushbu tendensiyaning asosini hozirgi zamon kishilik jamiyatini birlashtirib turgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va kommunikatsion aloqalar tashkil etadi. Aynan ana shu aloqalar umumsayyoraviy sivilizatsiyaga tizimlilik ato etmoqda.
DIYONAT– (arab. dindorlik, to‘g‘rilik, insof) Xudodan qo‘rqish, gunoh qilmaslik, savob ishlarni amalga oshirish, imonli- e’tiqodli, sofdil va mard bo‘lish, diniy qonun-qoidalarga qattiq rioya etish, dindorlik, taqvodorlik, vijdon, insoflilik. Diyonatli odam to‘g‘riso‘z, haqgo‘y bo‘ladi, haromdan hazar qiladi, birovning zarariga ish qilmaydi, hamiyatli, nomusli, oriyatli bo‘ladi
DO‘STLIK – axloqiy tushuncha; o‘zaro bog‘liqlik, manaviy YAqinlik, manfaatlar umumiyligi va h.k.ga asoslangan insonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatni ifodalaydi. D.ga quyidagi xislatlar: SHaxsiy xarakter, ko‘ngilchanlik va individual tanlash, ichki YAqinlik, barqarorlik xosdir. D. mazmuni tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib boradi. Fal. tarixida D.ni ko‘proq axloqiy jihatdan tahlil qilgan bazi mutafakkirlar uning emotsional jihatini alohida takidlaganlar, boshqalari esa uni manfaatlar umumiyligi va oqilona egoizmdan keltirib chiqarganlar. XIX -a.ning oxirlarida D. psixolog va sotsiologlar tomonidan ilk empirik tadqiq etila boshlandi. D.ning mazmuni va funksiyalari yosh o‘tib borishi b-n sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Bolalar do‘stligi, o‘rtoqlik, hamkorlik faoliyatiga asoslangan emotsional-hissiy YAqinlikni o‘zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |