IMPERATIV AXLOQ – (lot.imperativus -farmon) Kant etikasida axloqiy qonunni tavsiflovchi asosiy tushuncha. Kant falsafiy talimotida amaliy aqlni nazariy aqlga nisbatan ustun qo‘yiladi. “Amaliy aql” deganda, keng manoda u etika, davlat va huquq nazariyasini, tarix falsafasi va dinni, antropologiyani; tor manoda esa, axloqiy xulq atvor tamoyillari va qoidalarini yaratuvchi aqlni tushunadi. Kant “Amaliy aql tanqidi” asarida inson yaxshilik va yomonlik haqida qalbining hissiy ishtiyoqi va intilishlariga asoslanib emas, aql zakovati yordamida xulosa chiqarish kerak, degan nazariyani o‘rtaga tashlaydi.
IJOBIY HISLATLAR – Odob saqlash, rasm - odat bo‘lib qolagan odob qoidalaridan chetga chiqmaslik hamda etika va estetika talablarini bajo keltirishdir. Odoblilik samimiyatga asoslangan bo‘lib, insonning boshqalarni hijolat qiladigan, ranjitadigan yoki quvontiradigan narsalarning hammasini anglab olishini, boshqalarning ehtiyoj – talablarini va kechinmalarini tushuna bilishini shart qilib qo‘yadi. Farosatli kishi noqulay vaziyat sodir bo‘lishini oldini olishga intiladi. CHiroyli hatti – harakatlar qoidalarini yodlab olib, unga odatlanish mumkin, lekin odob qoidalarikishidan ko‘proq narsani talab qiladi. Odobga o‘rganish uchun inson o‘zini boshqa inson o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Farosatlilik jamiyatga, insonning o‘ziga yoki birovga xavf tug‘dirmaydigan hollarda boshqalarning ishiga aralashmaslikni talab qiladi.
KASBIY ODOB – jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Odob (arab. adab so‘zining ko‘pligi) – jamiyatda etirof etilgan xulq normasi. SHaxs manaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o‘zgalar b-n munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon bo‘ladi. Odob negizida axloqning bazi tamoyil va meyorlari, shuningdek, maqsadga muvofiqlik va go‘zallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar b-n qay yo‘sinda muomala qilishi, o‘z turmushi, bo‘sh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi lozimligiga tegishli qoidalar (masalan, sharm-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik kabilar)ni o‘z ichiga oladi.
KASB AHLOQI – jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Kasb axloqi - har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
KAMTARLIK – avvalo o‘z – o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch – quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, u kishilar bilan shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. Boshqalarga nisbatan shirinsuhan bo‘ladi. Kamtar inson boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta shuxrat ketidan quvmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. Kamtarlik - tortinchoqlik va haddan tashqari andishalilikdan farq qiladi. Ular orqasidan inson o‘z qadr – qimmatini tushirib qo‘yish mumkin. Kamtarlik tabiiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson ichki manaviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |