O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet211/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Millatparvarlik va masuliyat tuyg‘usi kuchli bo‘lgan insongina millatning ravnaqi va istiqboli yo‘lida olib borayotgan maqsadlariga erishadi. Xalq hayoti turli inqirozlarga, tanazzullarga uchramasligi uchun yoshlarda millatparvarlik va masuliyat tuyg‘usini yanada kamol toptirishga etiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakat mustaqilligini himoya qilishda ham milliy birlikning barqarorligi muhim ahamiyatga egadir. Milliy davlat, til, madaniyat, axloq, qadriyatlar, ananalar rivojlanishi, yuk salishi uchun milliy birlik va birdamlikning barqarorligi zarur. Milliy birlik tuyg‘usi oldin inson qalbida e’tiqod, axloq, mafkura sifatida shakllanadi va shundan keyingina katta tarixiy, ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida ahamiyatga ega bo‘ladi. shuning uchun ham milliy ong zaminida shakllangan milliy birlik-milliy mafkura, milliy vijdon, milliy axloq hamdir. Millatga xos manaviyatning barcha jabhalarini milliy ong o‘z ichiga qamrab oladi. U o‘z mohiyati jihatidan milliy birlik va birdamlik tuyg‘usiga nisbatan kengroq va chuqurroqdir. Millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida milliy ong ham o‘zgarib, rivojlanib boradi. Ayniqsa, tarixning burilish davrlarida milliy ongda ham qonuniy tarzda tub o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, milliy mustaqillikning mohiyati va ahamiyatini anglab etgan SHaxsda milliy ongning o‘sish suratlari yanada tezlashadi. Milliy qadriyatlarni tiklash, o‘rganish, hayotga keng joriy qilish milliy ong shakllanishi va rivojlanishiga o‘z tasirini
Insonparvarlik. Bu tamoyil – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonchdir. Insonparvarlik – odamiylikdir. Insonparvarlik axloqiy prinsip sifatida kishilarning xulqini bir-biriga hurmat va g‘amxo‘rlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti – harakatlarni bildiradi. Uning tub mohiyati inson zotini hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda baxt-iqboli yo‘lida doimo fidokorlik bilan kurashish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir. Insonparvarlik – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch.
Umuminsoniy axloq prinsiplariga kiruvchi insonparvarlik davlat xizmatchilarining amalda qo‘llash faoliyatida o‘ziga hos tarzda namoyon bo‘ladi. Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat insonga mehr-muhabbat va izzat-hurmat ko‘rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki SHaxsning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarini yaratishni ham o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.
Barcha fanlarning o‘z kategoriyalar tizimi bo‘lganligi kabi, etika fanining ham o‘z kategoriyalari mavjud. “Kategoriya” so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy manosi “hukm”, “guvoh”, “ifodalash”, “tarif berish” , “fikr aytish” degan manolarni anglatadi. Har bir kategoriyaning o‘ziga xos jihatlari va bajaradigan maxsus vazifalari mavjud.
Etikaning eng asosiy kategoriyasi Muhabbat hisoblanadi. Barcha kategoriyalar, tamoyillar va meyorlar zamira ham muhabbat tushunchasi yotadi. Faylasuf olim Abdulla SHer muhabbat kategoriyasini shunday izohlaydi: “Muhabbatning obekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘z-o‘zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu obekt bilan subekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk , eng mukammal lazzatdir.”1

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish