Yaxshilik va yomonlik etikaning inson faoliyatini axloqiy jixatdan baholovchi markaziy kategoriyalardan hisoblanadi. YAxshilik kategoriyasi odatda, kishining biror talabiga to‘la javob beradigan, unga yoqadigan, malum bo‘lgan hatti-harakatlar narsalarning ijobiy sifatlari, biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, unga manfaat etkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushuniladi.
yaxshilik deb, tevarak atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisa vujudga kelayotgan narsalarning insonni ezozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini qondiradigan, axloqiy ideallariga mos keladigan, odamgarchilikning o‘sishini har tomonlama taminlaydigan, pirovardida baxtli hayot kechirishga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlarning yig‘indisiga aytiladi.
yaxshilik kategoriyasi o‘zining ko‘p qirraligi, keng qamrovligi, axloqiy munosabatlarning universalligi, yani kishilar hayotining barcha jabhalarini qamrab olganligi bilan harakterlanadi. shuning uchun ham, u mehnat sohasida – jamiyat manfaati yo‘lida qilingan halol ijodiy mehnat, siyosiy va huquqiy soxada – insonparvarlik, adolatparvarlik va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi. yaxshilik yaxshi xulqlardan tashkil topadi: poklik, aql qadrini bilmoq, ota-onaga itoat qilmoq, qarindoshlarni izzat-hurmat qilmoq, to‘g‘ri so‘zlamoq, muhtojlarga yordam bermoq, sahovat, yumshoqlik, ochiqyuzlik, tavozu, shavqat, muruvvat va boshqalar.
Sahih hadislarda yozilishicha: “YAxshilik – nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. YOmonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham o‘z qalbiningizga qarab ish tuting.” yoki “Barcha yaxshilik – hushxulqlikdadir. Barcha gunoh va yomonlik - dildagi g‘ashlik va uyatli ishdadir.”1
YOmonlik deb, jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, kishilarning axloqiy ideallariga, uning ezozlaydigan qadriyatlariga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda axloqiy taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning o‘sishiga zid keladigan xatti-harakatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tushunchalar yig‘indisiga aytiladi. YOmonlikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: kosmopolitizm, millatchilik, oshna-og‘aynichilik, odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, mansabparastlik, poraxo‘rlik, tamagirlik, bezorilik, bosqinchilik, giyohvandlik, fohishabozlik va boshqalar. YOmonlikni borliqni aks ettirishiga qarab, ijtimoiy, tabiiy va axloqiy YOmonliklarga bo‘lish mumkin.
Alisher Navoiy “Maxbub-ul-qulb” asarida “YAxshi bo‘l, yomon bo‘l, ikkalasi bo‘laman deganning o‘zi yomon. Kimlar bilan bo‘lsang shulardeksan. Ular YOmon bo‘lsa, sen ham YOmon , ular yaxshi bo‘lsa sen ham yaxshi. YOmondan yaxshilik kutmoq behuda xayoldir. Itdan kiyikka, mushukdan kabutarga rahm-shavqat bo‘lishi maholdir.”2 Demak, odamda yaxshi likka nisbatan beqiyos muhabbat, yomonlikka nisbatan nafrat bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |