O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet219/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Oilaning psixologik muhiti – bu oila azolarining oilaviy munosabatlarda, ijtimoiy muhit va kasbiy munosabatlaridagi ijtimoiy-psixologik faolligini umumiy ko‘rsatkichlari majmui hisoblanadi. Psixologik muhit – bu oilaning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarda, ayniqsa, oilaning ijtimoiy muhitdagi salbiy tasirlarga qarshi tura olish qobiliyatida aks etadi. Oilaning psixologik muhiti uning azolarini hayot faoliyati davomidagi o‘ta keskin holatlarda ham, muammoli vaziyatlarni hal qilishda yuzaga keluvchi bosiqlikni tavsiflaydi.
Bejizga xalqimizda “Teng – tengi bilan” degan maqol bejizga aytilmagan. CHunki, yoshlarni oilaviy munosabatga kirishganda ular qiynalib qolmasliklari uchun: oilaviy qadriyatlarning bir-biriga mos kelishi, oilalardagi rollarni er-xotinning funksional-rolli o‘zaro muvofiqlik bo‘lishi, ijtimoiy munosabatlarga moslashuvchan bo‘lishi, oilaviy munosabatlarni umrini oxirigacha davom etishiga intilish kabilar asosiy mezon hisoblanadi .
Oilaning psixologik muxitini taminlashda ota-ona va farzandlarning bir-birlariga bo‘lgan samimiy iliq munosabatlari hamda shaxslararo munosabatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. shu bilan bir qatorda, ota-onalarda oila haqidagi tasavvurlarning kengligi, ayniqsa bola tarbiyasiga doir bilim, ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
Jamiyatimizda sog‘lom oilalar bilan bir qatorda nosog‘lom oilalar ham mavjud. Nosog‘lom oila muhitini sog‘lomlashtirish uchun avvalo quyidagilarga etibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, oilada ota-ona bolalarning istak va qiziqishlarini o‘zlarining istak va qiziqishlariga mos ravishda boshqara bilishi lozim bo‘lsa, ikkinchidan, oilada har bir bolaga ularning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, muomala munosabatda bo‘lishlari talab etiladi. Kattalarning xatosi tufayli yoshlar noto‘g‘ri yo‘ldan yurishi – yolg‘onchi, g‘iybatchi, noshukur hamda hiylakor bo‘lib qolishi mumkin. O‘zi tarbiyaga muhtoj ota-onalarni bolalar tarbiyasiga salbiy tasir ko‘rsatishlari hammaga ayon. shundan kelib chiqib, bunday oilalarni jamoatchilik qattiq nazoratga olishi, u oiladagi farzandlar tarbiyasiga etiborli bo‘lishi maqsadga muvofiq.
“Bolalarni kattalarning aytadigan so‘zlari emas, ularning qilgan amallari tarbiyalaydi”1. Bola kichikligida kattalarga taqlidchan va itoatkor bo‘ladi. Kattalar nimani buyursa shuni bajaradi, aytganlaridan chiqmaydi. Katta bo‘lgan sari aqli ko‘p narsaga etadigan bo‘lib boradi. Endi u bazi masalalarda kattalar bilan kelisha olmaydi, o‘z fikrida turib oladi. Buni kattalar odobsizlik, o‘jarlik, o‘zboshimchalik deb tushinib, uni jazolashga harakat qiladilar, lekin bunday nohaklik bilan bola qalbi jarohatlanadi. Natijada, ota-ona obro‘yiga putur etadi. Oqibatda ota-ona va bola o‘rtasidagi mehr-muhabbat ishonchining yo‘qolishi kabi oqibatlarga olib keladi.
Ota-ona va bolalar o‘rtasidagi ijobiy muomala munosabatlarini yuzaga keltirish ko‘p jihatdan ota-onalarning o‘z bolalarini, ularning fel-atvori, xarakter xislatlari, qiziqishlari kabilarni bilishlariga bog‘liqdir. shu jihatdan ham, har bir ota-ona eng avvalo, o‘z farzandlarini yaxshi bilishlari, hohish-istaklari, psixologik holatlarini bilishlari va shu asosda muomala munosabatda bo‘lishlari lozimdir.
Oila va oilaviy munosabatlarning, shu jumladan ota-onaning tasir doirasi kuchliligini hisobga olib, eng avvalo mahalla oqsoqollari va keng jamoatchilik nosog‘lom oila muhitini sog‘lomlashtirishga ota-ona xulqidagi salbiy illatlarni tuzatishga harakat qilishlari lozim bo‘ladi.
Oilaning mustahkamligi oila azolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir” deb aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda, biz nafaqat oiladagi Yer va xotinning bir-biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy meyorlarga amal qilgan xolda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz.
Oilada eng asosiy narsa – bir-birini tushunish, qadrlash va ezozlashdir. er-xotindan birining kamchiligini ikkinchisining fazilati bilan yopilib yurmog‘i lozim. Oilada ikki yosh bir butun bo‘ladi, muhabbat – nikoh iplarini mustahkamlaydigan, axloqiy masuliyatni yanada oshiradigan hissiyotdir. Ikki yosh hissiy holatlarini o‘zaro tushunib borishi natijasida oilada mo‘tadil kayfiyat qaror topadi, qarashlar uyg‘unligi tug‘iladi. Zero, muhabbat faqat o‘zaro hissiy qoniqishgina bo‘lib qolmasdan, munosabatlar go‘zalligiga aylanadi.
Oila – bu kichik jamoadir. Unda o‘zaro muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir-biriga mehribon bo‘lish, ayniqsa ayollarni izzat qilish kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota - ona bolalariga namuna. SHuning uchun, ular oilada axloq madaniyatiga to‘la rioya qilishlari shart.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa bo‘lib, oilaning ichki ishlariga hech kim aralashishga haqqi yo‘q. SHu sababli ham, oila muqaddas va dahlsiz hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va manaviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular tasirida o‘zgarib boraveradi.
Oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi. Bunday oilada bobo, buvi, ota-ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin quda-anda, qaynota-qaynona kabi o‘nlab qarindoshchilik darajalarini bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl o‘zagi namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarning afzalliligi shundaki, bunda qarindosh-urug‘lar bilan oqibatli bo‘lib yashash, farzandlarni milliy udum, qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tug‘iladi hamda ular qarindoshlar orasida ham moddiy va manaviy tayanch-suyanch bo‘lib yashashga odatlanadilar.
Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan munosabatda tezda kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya etadigan inson bo‘lib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir necha oila tarbiyalaydi. Oilaviy sharoit u yoki bu oila azolarining kelajakda hayotiga bevosita tasir qiladi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish