O`quv materiallari


 Korxonalarda oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga moliyaviy ta’minot



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

5. Korxonalarda oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga moliyaviy ta’minot 

Korxonalarda  moliyaviy  ta’minot  uzluksizligini  ta’minlash  takror  ishlab 

chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash 

oʻz  va  qarz  mablagʻlari  hisobiga  amalga  oshirilishi  mumkin.  Xorijda  “Ko‘plab 

kompaniyalar o‘z aktivlarini qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli qarzlar va oddiy 

aksiyalar  kombinatsiyasi  orqali  moliyalashtirishadi.  Ba’zilari  esa  «gibrid»  qimmatli 

qog‘ozlardan  foydalanishadi,  masalan  imtiyozli  aksiyalar,  konversiyalanuvchi 

obligatsiya va uzoq muddatli lizinglar”

18

. Oʻz navbatida moliyaviy ta’minotning oʻz 



va  qarz  manbalari  ham  qator  xususiyatlariga  koʻra  tasniflanadi.  Jumladan, 

korxonalarning  oʻz  manbalari  hisobiga  moliyalashtirish  shakllari  sifatida  ichki  va 

tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi. 

Oʻz  mablagʻlarining  ichki  manbalari  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  jarayonida 

shakllantiriladi  va  har  qanday  korxonada  muhim  ahamiyat  kasb  etadi  va  oʻz-oʻzini 

moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy 

talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish 

boʻyicha  talabning  kamayishi  va  mablagʻlar  jalb  qilish  bilan  bogʻliq  risklarni 

pasaytirish  hisobiga  iqtisodiy  oʻsish  uchun  qulay  imkoniyatlar  va  sezilarli  darajada 

raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. 

Har  qanday  tijorat  korxonasida  moliyalashtirishning  asosiy  ichki  manbalari 

sifatida  sof  foyda,  amortizatsiya  ajratmalari,  foydalanilmayotgan  aktivlarni  sotish 

yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin.   

                                                           

18

 Brigham, Houston. Fundamentals of Financial Management. Concise 8-th edition. 2015. - 64 p.  




114 

 

Hozirgi  sharoitda  korxona  ixtiyorida  qolgan  foydasini  mustaqil  taqsimlaydi. 



Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini 

amalga  oshirish,  shuningdek  mulkdorlar,  investorlar  va  xodimlar  manfaatdorligini 

ta’minlash  imkonini  beradi.  Umumiy  holatda  foyda  qanchalik  koʻproq  moliyaviy-

xoʻjalik  faoliyatini  kengaytirishga  yoʻnaltirilsa,  qoʻshimcha  moliyalashtirishga 

boʻlgan  talab  shunchalik  kamroq  boʻladi.  Taqsimlanmagan  foyda  miqdori  xoʻjalik 

faoliyati  rentabelligi,  shuningdek  mulkdorlarga  toʻlovlar  boʻyicha  munosabatlarga 

qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.  

Foydani  reinvestitsiyalashning  afzalliklari  sifatida  quyidagilarni  keltirish 

mumkin: 

-  tashqi  manbalardan  kapital  jalb  qilish  bilan  bogʻliq  xarajatlarning  oldi 

olinishi; 

-  mulkdorlar  tomonidan  korxona  faoliyati  ustidan  nazorat  qilishning  saqlab 

qolinishi; 

- moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish 

uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi. 

Oʻz  navbatida  mazkur  manbadan  foydalanishning  kamchiliklari  sifatida 

koʻrsatkichlarning  oʻzgaruvchanligi  va  chegaralanganligini,  prognozlashning 

murakkabligini, shuningdek korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir 

qiluvchi  tashqi  omillar  (bozor  kon’yukturasi,  iqtisodiy  sikl  fazasi,  talab  va  narx 

oʻzgarishi  va  boshqalar)  bilan  bogʻliq  jihatlarni  nazorat  qilish  imkonini  bermasligi 

kabilarni keltirish mumkin. 

Amortizatsiya  ajratmalari  korxonalarda  oʻz-oʻzini  moliyalashtirishning  yana 

bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi. 

Ular  asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlar  eskirishini  oʻzida  aks  ettirib 

korxona  xarajatlariga  kiritiladi, sotilgan  mahsulot  va  xizmatlar hisobiga  tushgan  pul 

mablagʻlari  tarkibida  mavjud  boʻladi.  Ularning  asosiy  vazifasi  asosiy  vositalar  va 

nomoddiy  aktivlarni  qayta  sotib  olish  uchun  imkoniyat  yaratishdan  tashqari  takror 

ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi.  

Moliyalashtirish  manbasi  sifatida  amortizatsiya  ajratmalarining  afzalligi 

shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim oʻz 

ixtiyorida qoladi. 

Investitsiyalarni  moliyalashtirish  manbasi  sifatida  amortizatsiya  miqdori  koʻp 

jihatdan  davlat  tomonidan  oʻrnatilgan  tartibga,  shuningdek  tanlangan  hisoblash 

usuliga bogʻliq. 

Amortizatsiya  hisoblashning  tanlangan  usuli  korxona  hisob  siyosatida  qayd 

etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qoʻllaniladi. 

Tezlashtirilgan  amortizatsiya  hisoblash  usullarini  qoʻllash  asosiy  vositalardan 

foydalanishning  dastlabki  yillarida  amortizatsiya  ajratmalarini  yuqori  miqdorda 

hisoblash  va  bu  oʻz  navbatida  qoʻshimcha  aylanma  mablagʻni  korxona  ixtiyorida 

qoldirish imkonini beradi.  

Ayrim  holatlarda  foydalanilmayotgan  asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlarni 

sotish  yoki  ijaraga  berish  hisobiga  ham  oʻz  moliyaviy  resurslarini  shakllantirish 




115 

 

mumkin.  Lekin  bu  amaliyot  bir  martalik  xususiyatga  ega  hisoblanadi  va  pul 



mablagʻlarini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi.  

Korxonaning  oʻz-oʻzini  moliyalashtirish  (self  financing  –  SF)  qobiliyatini 

baholash  uchun  va  mos  davrlar  boʻyicha  uning  miqdorini  prognozlash  quyidagi 

formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin: 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish