O`quv materiallari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV 

Bu yerda: 



EBIT – foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda

I – qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz toʻlovlari); 

T – foyda soligʻi stavkasi; 

 DA – amortizatsiya; 

DIV – mulkdorlarga dividend toʻlovlari. 

Yuqoridagi 

formuladan 

koʻrinib  turibdiki,  korxonaning  oʻz-oʻzini 

moliyalashtirish  qobiliyatiga  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  davomida  amalga 

oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir koʻrsatadi. 

Moliyalashtirishning  ichki  manbalari  afzalliklariga  qaramasdan,  ular  miqdor 

jihatdan  korxona  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatini  kengaytirishga,  investitsion 

loyihalarni  amalga  oshirishga,  yangi  texnologiyalarni  joriy  etishga  va  boshqalarga 

yetarli  emas.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  tashqi  manbalar  hisobiga  oʻz  moliyaviy 

resurslarini qoʻshimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi. 

Korxonalarda oʻz mablagʻlarini  shakllantirishning tashqi manbalari ham keng 

doirada  qoʻllaniladi.  Korxona  ta’sischilarning  qoʻshimcha  badallari  va  qoʻshimcha 

aksiyalar  chiqarish  hisobiga  ustav  kapitalini  oshirish  yoʻli  bilan  oʻz  mablagʻlarini 

shakllantirish  mumkin.  Qoʻshimcha  xususiy  kapital  jalb  qilish  imkoniyatlari  va 

usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq. 

MChJlar  ustav  kapitali  uning  ishtirokchilari  ulushlarining  nominal 

qiymatlaridan  tarkib  topadi.  Bunda  ustav  kapitalining  minimal  miqdori  jamiyatni 

davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik 

ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim. 

MChJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat 

roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida 

jamiyatning  ustav  kapitaliga  oʻz  hissasini  toʻliq  kiritishi  kerak.  Agarda  MChJ  faqat 

kredit  tashkiloti  sifatida  davlat  roʻyxatidan  oʻtkazilayotgan  boʻlsa,  roʻyxatdan  oʻtish 

sanasiga  qadar  har  bir  ta’sischi  ta’sis  hujjatlarida  koʻrsatilgan  jamiyatning  ustav 

kapitalidagi oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.  

Naqd  pul  yoki  naqda  pulda  ma’lum  bir  bahosiga  ega  boʻlgan  boshqa  mol-

mulklar MChJlarning ustav kapitaliga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. MChJ 

ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning 

ustav  kapitaliga  qoʻshiladigan  mol-mulklarning  naqd  puldagi  bahosi  jamiyat 

ishtirokchilari umumiy  yigʻilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul 

qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.  

MChJ  ustav  kapitali  toʻliq  shakllantirilgandan  soʻng  ustav  kapitalini  oshirish 

toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yoʻllar bilan 

amalga oshirilishi mumkin:  



116 

 

- jamiyatning mol-mulki hisobiga; 



- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha hissalari hisobiga; 

- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga. 

MChJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish oldingi hisobot 

yillarida  erishilgan  moliyaviy  natijadan  kelib  chiqqan  holda  korxona  ixtiyorida 

qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi. 

Ta’sischi  (mulkdor)lar  tomonidan  qoʻshimcha  hissalar  qoʻshish  hisobiga 

jamiyat  ustav  kapitalini  oshirish  toʻgʻrisidagi  qaror  qabul  qilishda  qoʻshimcha 

hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha 

hissasi  qiymatining  miqdori,  ishtirokchilar  tomonidan  qoʻshimcha  hissalarni  toʻliq 

qoʻshish muddati belgilanishi kerak. 

Agar  MChJ  ta’sis  hujjatlarida  ustav  kapitalida  boshqa  shaxslarning  ishtiroki 

taqiqlanmagan  boʻlsa,  boshqa  shaxslarni  jamiyatga  qabul  qilish  va  hissa  qoʻshish 

toʻgʻrisidagi  arizalari  asosida  jamiyatning  ustav  kapitalini  oshirish  toʻgʻrisida  bir 

ovozdan  qaror  qabul  qilishi  mumkin.  Bu  borada  ham  qaror  qabul  qilishda  hissani 

qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.  

Qoʻshimcha  hissalarni  qoʻshishning  muddati  tugagan  kundan  e’tiboran  bir 

oydan kechiktirmay oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida 

jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak. 

Aksiyadorlik  jamiyatining  ustav  kapitali  esa  aksiyadorlar  sotib  olgan  jamiyat 

aksiyalarining  nominal  qiymatidan  tashkil  topadi.  Jamiyat  chiqaradigan  barcha 

aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi lozim.  

Jamiyat  oddiy  aksiyalarni  joylashtirishi  shart,  shuningdek  bir  yoki  bir  necha 

turdagi  imtiyozli  aksiyalarni  joylashtirishga  haqli.  Joylashtirilgan  imtiyozli 

aksiyalarning  nominal  qiymati  jamiyat  ustav  fondining  yigirma  foizidan  oshmasligi 

talab etiladi. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar oʻrtasida 

joylashtirilgan boʻlishi kerak.  

Aksiyadorlik  jamiyati  ustav  fondining  eng  kam  miqdori  jamiyat  davlat 

roʻyxatidan  oʻtkazilgan  sanada  Oʻzbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  kursi 

boʻyicha  toʻrt  yuz  ming  AQSh  dollariga  teng  boʻlgan  summadan  kam  boʻlmasligi 

kerak.  


Aksiyadorlik  jamiyatning  ustav  fondi  aksiyalar  nominal  qiymatini  oshirish 

yoki qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.  

Aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitalini  aksiyalar  nominal  qiymatini  oshirish 

yoʻli bilan koʻpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi 

qaror  aksiyadorlarning  umumiy  yigʻilishi  tomonidan,shuningdek  ustavda  yoki 

aksiyadorlar  umumiy  yigʻilishining  qaroriga  muvofiq  kuzatuv  kengashiga  shunday 

qaror qabul qilish vakolati berilgan holatda jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan 

qabul qilinadi.  

Qoʻshimcha  aksiyalar  jamiyat  tomonidan  jamiyat  ustavida  belgilangan  e’lon 

qilingan  aksiyalar  soni  doirasidagina  amalga  joylashtirilishi  mumkin.  Qoʻshimcha 

aksiyalarni  joylashtirish  yoʻli  bilan  jamiyat  ustav  fondini  koʻpaytirish  toʻgʻrisidagi 

qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish 

huquqi  jamiyatning  ustaviga  muvofiq  yoki  aksiyadorlar  umumiy  yigʻilishining 



117 

 

qaroriga  binoan  jamiyatning  kuzatuv  kengashiga  berilgan  boʻlsa,  kuzatuv  kengashi 



tomonidan  qabul  qilinadi.  Qoʻshimcha  aksiyalarni  joylashtirish  yoʻli  bilan  jamiyat 

ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladi-gan qoʻshimcha oddiy 

aksiyalarning  va  e’lon  qilingan  miqdorlari  (ulushlari)  doirasida  har  bir  turdagi 

imtiyozli  aksiyalarning  soni,  ularni  joylashtirish  muddati  va  shartlari,  shu  jumladan 

joylashtirilayotgan  aksiyalarni  sotib  olishda  imtiyozli  huquqlarga  ega  boʻlgan 

aksiyadorlar  uchun  jamiyatning  qoʻshimcha  aksiyalarini  joylashtirish  bahosi 

belgilangan boʻlishi lozim. Jamiyat ustav fondini qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish 

yoʻli  bilan  koʻpaytirish  joylashtirilgan  qoʻshimcha  aksiyalarning  nominal  qiymati 

miqdorida qayd etiladi.  

Shu oʻrinda boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitali boʻyicha ham 

minimal talablarni keltirish maqsadga muvofiq. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvining  2009  yil  15 

avgustdagi  2009  yil  15  avgustdagi  “Banklarni  roʻyxatga  olish  va  ular  faoliyatini 

litsenziyalash  tartibi  toʻgʻrisidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  Qaroriga  bilan 

tasdiqlangan  “Banklarni  roʻyxatga  olish  va  ular  faoliyatini  litsenziyalash  tartibi 

toʻgʻrisida”gi  Nizomga  asosan  tijorat  banklari  ustav  kapitali  eng  kam  miqdori 

quyidagicha belgilangan: 

- banklar uchun – 10 mln yevro ekvivalentida; 

- xususiy banklar uchun – 5 mln yevro ekvivalentida. 

Oʻzbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2011 

yil 


31 

maydagi 


“Sugʻurtachilarning  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirishga  oid  chora-tadbirlar 

toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan sugʻurta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdori 

quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval): 

2-jadval 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish