O`quv materiallari


Kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymatini aniqlash tartibi*



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

Kapital bahosining o‘rtacha tortilgan qiymatini aniqlash tartibi* 

№ 

Ko‘rsatkichlar 

Kapital

miqdor

i (mln. 

so‘m) 

Kapita

lbahosi 

(%) 

Kapita

lulushi 

(%) 

Kapitalbahosiningo‘rt

achatortilganqiymati 

(%) 



R

i

 

K

i

 

WACC = R

i

×K

i

 

Oddiyaksiyaemissiyasihiso



biga shakllangankapital 

100 


25 

40 


10 

Imtiyozliaksiyaemissiyasih



isobigashakllangankapital 

20 


20 

1,6 



Uzoqmudatliqarzlarhisobig

ashakllangankapital 

70 


20 

28 


5,6 

Qisqamuddatliqarzlarhisob



igashakllangankapital 

35 


25 

14 


3,5 

Kreditorlikqarzlarihisobiga



shakllangankapital 

25 


10 


0,5 

Kapitalbahosiningo‘rtachatortilganqiymati, WACC (%) 

21,2 

* Manba: shartli misol sifatida olindi. 

Kapital  bahosining  o‘rtacha  tortilgan  qiymati  mohiyatini  masala  ishlash  orqali 

yoritish maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalarda 

kapital  bahosining  o‘rtacha  tortilgan  qiymatini  aniqlashga  doir  masala  ko‘rib 

chiqamiz  (1-jadval).  Jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlarga  muvofiq  kapital  bahosining 

o‘rtacha tortilgan miqdorini 4.1-formulaga muvofiq quyidagicha aniqlaymiz: 

WACC = ∑R

i

×K

i



 = 25% × 40% + 20% × 8 % + 20 % × 28 % +  

+ 25% × 14% +5% × 10 % = 21,2 % . 

Kapital  bahosining  o‘rtacha  tortilgan  qiymatini  aniqlash  korporativ  tuzilma 

rahbarlari,  shuningdek,  moliyaviy  menejer  uchun  quyidagilarda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi: 

‒  korporativ  tuzilmalarda  kelgusi  davrlarda  rejalashtirayotgan  umumiy 

rentabellik  darajasining  minimal  miqdori  WACC  miqdoridan  kam  bo‘lmasligiga 

e’tibor  qaratish  lozim.  Aks  holatda  korporativ  tuzilmalarning  xarajatlari 

daromadlaridan oshib ketishi mumkin;  

‒  korporativ tuzilmalarda kapital bahosining oshib ketishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 

moliyalashtirish  manbalaridan  moliyaviy  resurslar  jalb  qilishni  kamaytirish  va 

aksincha  kapital  bahosini  kamayishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  moliyaviy  resurslardan 

ko‘proq jalb qilishga katta e’tibor qaratish lozim; 



112 

 

‒  korporativ  tuzilmalarda  hisoblab  chiqilgan  WACC  miqdori  investitsion 



loyihalar  rentabellik  (yoki  foydalilik)  ko‘rsatkichi  bilan  taqqoslash  maqsadga 

muvofiqdir.  Agarda  investitsion  loyihaning  rentabelligi  WACC  miqdoridan  yuqori 

bo‘lsa,  korporativ  tuzilma  o‘z  kapitalini  ushbu  investitsion  loyihaga  yo‘naltirishi 

mumkin va bu orqali korporativ tuzilma nisbatan ko‘proq foydaga erishadi; 

‒  korporativ  tuzilmalarda  hisoblab  chiqilgan  WACC  miqdor  ko‘rsatkichidan 

ayrim  holatlarda  moliyaviy  menejer  tomonidan  boshqa  loyihalarning  kelgusidagi 

daromadlari  va  xarajatlarini  joriy  davrga  diskontlash  hamda  korporativ 

tuzilmalarning  biznes  qiymatini  aniqlash  maqsadida  ham  diskont  stavka  sifatida 

foydalanishi mumkin. 

Bugungi  kunda  korporativ  tuzilmalarning  biznes  qiymatini  aniqlash  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Korporativ  tuzilmaning  biznes  qiymat  deganda  koronalardagi 

mavjad aktivlar miqdori bilan emas, balki korporativ tuzilma faoliyatining kelgusida 

amalga  oshiradigan  xarajatlar  va  ular  bo‘yicha  olinadigan  daromadlarning  jami 

summasini joriy davrga diskontlash orqali aniqlanishi tushiniladi. Korporativ tuzilma 

biznes qiymati quyidagi formula asosida aniqlanadi: 





n



i

i

i

WACC

FCF

V

1

)



1

(

 



(4.2) 

Bu  erda,  V  (value)  –  korporativ  tuzilmatshtp  biznes  qiymati,  FCF 

(futurecashflow)  –  kelgusidagi  pul  oqimlari,  ya’ni  daromadlar  yoki  xarajatlar, i  –  i 

inchi yil, n – yillar soni. 

Korporativ  tuzilma  biznes  qiymati  shunday  qiymatki,  ushbu  qiymatda 

korporativ tuzilma moliya bozorida sotilsa korporativ tuzilma ta’sischilari foyda ham 

zarar  ham  ko‘rmaydi.  Demak,  korporativ  tuzilma  ta’sischilari  bunday  korporativ 

tuzilmani  sotishi  uchun  korporativ  tuzilma  biznes  qiymatidan  yuqoriroq  narxga 

sotishga  harakat  qiladi.  Shuningdek,  bugungi  kunda  mamlakatimizda  aksiyadorlik 

jamiyatlari tomonidan chet el investitsiyalarini jalb qilish sharoitida ularning kapital 

bahosi minimal bo‘lishi va biznes qiymatining yuqori bo‘lishi muhim ahamiyat kasb 

etadi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  mamlakatimiz  aksiyadorlik  jamiyatlariga  chet  el 

investitsiyalarining kirib kelishiga muhim ijobiy ahamiyat kasb etadi. 

Umumiy  xulosa  sifatida  aytish  mumkinki  korporativ  tuzilma  kapital  bahosini 

aniqlash  biznes  samaradorligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Korporativ  tuzilma 

moliyaviy  menejeri  korporativ  tuzilma  kapital  strukturasini  shunday  shakllantirish 

kerakki, uning natijasida kapital bahosi minimallashishi lozim.  Bu esa o‘z navbatida 

korporativ tuzilmalar biznes qiymatini maksimallashtirishga xizmat qiladi. 

Xulosa qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari 

hisoblangan  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  resurslarini  qidirib  topish,  jalb  qilish, 

boshqarish va boshqa jihatlar ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korporativ  moliyada  turli  xil  moliyalashtirish 

manbalaridan  keng  doirada  foydalanish  imkoniyati  mavjud.  Bunda  moliyaviy 

menejmentning  asosiy  vazifasi  korxona  bozor  qiymatini  maksimallashtirish  va 

mulkdorlar  moliyaviy  barqarorligi  yanada  oʻsishini  ta’minlovchi  faoliyatni 

moliyalashtirish manbalarining optimal variantini topish hisoblanadi.  



113 

 

Kapitalni  jalb  qilish  uchun  toʻlov  keng  qamrovga  ega  hisoblanadi.  Biror  bir 



korxonaga  mablagʻ  qoʻyishda  mulkdorlar  belgilangan  daromadlarni  dividend 

koʻrinishida  olish  yoki  kapital  oʻsib  borishini  hisob-kitob  qiladilar.  Oʻz  navbatida 

kreditorlar olinadigan foizli daromadlarni hisob-kitob qiladilar.  

Ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan 

umumiy  summa  va  kapital  hajmi  oʻrtasidagi  nisbatning  foizlarda  aks  ettiriladigan 

miqdori kapital bahosi (Cost of Capital – CC) deb ataladi.  

Taqdim  etilgan  kapitaldan  foydalanish  hisobiga  kapital  egasi  tomonidan  talab 

qilinadigan  toʻlovlar,  jalb  qilish  bilan  bogʻliq  xarajatlar  (emissiya  xarajatlari,  kredit 

shartnomasini  rasmiylashtirish,  sugʻurtalash,  garov,  maslahatchilar  jalb  qilish  va 

boshqa  xarajatlar)  korxona  tomonidan  aniqlanishi  mumkin.  Kapital  bahosi 

mablagʻlarni jalb qilish uchun sarflanadigan vaqt va risk omillari ta’sirini baholashni 

ham taqozo etadi.  

Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish 

va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim.  

Nazariy  jihatdan  xususiy  kapital  bahosi  korxona  mulkdorlari  tomonidan  talab 

qilinadigan  daromadlilikka  teng  deb  olinadi  va  dividend  toʻlanish  darajasidan  kelib 

chiqqan  holda  aniqlanishi  mumkin.  Lekin  amaliyotda  xususiy  kapital  elementlari 

bahosini  aniqlash  yetarli  darajada  murakkab  masalalardan  biri  hisoblanadi. 

Muammoli  tomoni  shundaki,  xususiy  kapital  elementlarining  umumiy  iqtisodiy 

mohiyati bir-biridan farqli xususiyatlarga ega. 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish