O`quv materiallari


 Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

2. Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash 

Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz manbalari an’anaviy 

turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar,  lizing va boshqalarni keltirish mumkin. 

Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan summa va uning 

qoplanishi  boʻyicha  toʻlovlar  oqimi  asosida  aniqlanishi  haqida  yuqorida  ham 

ta’kidlandi.  Buning  uchun  bizga  ma’lum  boʻlgan  pul  oqimlari  boʻyicha 

daromadlilikning ichki me’yori (IRR)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz. 

𝐶𝐹

1



(1 + 𝑅)

𝑡

− (𝐷



0

− 𝑇𝐶) = 0⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡⁡(2.1)

𝑁

𝑡=1


 

Bu yerda, CF



1

– pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet); 



R  –  qarz  mablagʻining  toʻliq  qiymati  (mazkur  toʻlovlar  oqimlari  boʻyicha 

daromadlilikning ichki me’yori, IRR); 



N – toʻlovlar umumiy soni; 

D

– t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori; 

TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori. 

Umumiy  holatda  har  qanday  qarz  mablagʻining  muhim  xususiyatlaridan  biri 

sifatida  qarz  mablagʻlari  boʻyicha  toʻlanadagigan  foiz  toʻlovlarining  foyda  soligʻi 

boʻyicha  soliqqa  tortiladigan  bazadan  chegirilishi  yoki  mahsulot  tannarxiga 

kiritilishini keltirish mumkin. Shuning uchun 1-formuladan olingan R miqdor mazkur 

natijani aks ettirish maqsadida (1 – T) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi. 

Shunday  qilib,  qarz  kapitalining  yakuniy  bahosi  toʻlanadigan  foyda  soligʻi 

ta’sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi: 



k

D

 = R x (1 – T)                              (2.2) 

bu yerda, k





– qarz kapitali bahosi; 

T – foyda soligʻi stavkasi. 

Misol koʻrib chiqamiz. 

Korxona  nominal  qiymati  1000  birlikka  teng,  qoplash  muddati  10  yil,  yillik 

kupon  stavkasi  10%    va  bir  yilda  bir  marta  toʻlanadigan  obligatsiya  muomalaga 

chiqardi.  Emissiya  hajmi  –  100 000  dona.  Obligatsiyalar  nominalga  nisbatan  93,2% 

kurs  boʻyicha  joylashtirilgan.  Har  bir  obligatsiyani  muomalaga  chiqarish  boʻyicha 

xarajatlar  50  birlikni  tashkil  etgan.  Foyda  soligʻi  stavkasi  20%.  Qarz  mablagʻi 

qiymatini aniqlang. 

 Masala ma’lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz 



107 

 



100

(1 + 𝑅)


𝑡

+

1000



(1 + 𝑅)

10

− (932 − 50) = 0



10

𝑡=1


 

Mazkur  tenglikni  echish  0,1210  ga  teng  boʻlgan  miqdorni  beradi  (tekshirib 

koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati 

2-formulaga asosan 



k

D

 = 0,1210x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%. 

1-formuladan  va  keltirilgan  misoldan  koʻrinib  turibdiki,  soliqni  hisobga 

olmasdan  obligatsiyaning  oldingi  bahosi  amaliy  jihatdan  uning  haqiqiy  bahosiga  va 

istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida 2-

formulaga  muvofiq  obligatsiyaning  haqiqiy  bahosi  amaliyotda  uni  jalb  qilishga 

ketgan  xarajatlarni  ham  hisobga  olgan  holda  nominaldan  (kapital  egasi  talab 

qiladigan  nominaldan  ham)  past  narxda  boʻlib  koʻrinadi.  Qarz  kapitali  qiymatini 

pasaytirishning  koʻrib  chiqilayotgan  ta’sir  natijasi  “soliq  orqali  himoya”  deb 

yuritiladi.    Lekin  agarda  firma  zarar  bilan  ishlayotgan  boʻlsa,  qarz  kapitali  bahosi 

moliyaviy  xarajatlarga  mustasno  ravishda  real  imkoniyatlar  yoʻqligi  sababli 

oʻzgarmaydi.   

Qarz  mablagʻlari  jalb  qilish  orqali  moliyalashtirishda  kapital  bahosini 

aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun lizing, 

veksel,  kreditlar  boʻyicha  ham  kapital  qiymatini  baholashda  1-foomuladan 

foydalanish  mumkin.  Qarz  mablagʻlari  hisobiga  moliyalashtirishning  murakkab 

instrumentlari 

hisoblangan 

konversiyalanadigan 

yoki 

chaqirib 



olinadigan 

obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash birmuncha murakkab 

jarayon hisoblanadi. 

Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish 

va  undan  foydalanish  uchun  toʻlanadigan  barcha  xarajatlarni  nazarda  tutish  lozim. 

Boshqacha aytganda, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan 

kredit  foiz  stavkasi  va  bank  tomonidan  belgilangan  qoʻshimcha  toʻlovlar,  biznesni 

rejalashtirish  boʻyicha  boshqa  xarajatlardan  tashkil  topadi.  Bank  tomonidan  joriy 

etilgan  kredit  boʻyicha  toʻlovlarga  kredit  buyurtmasini  koʻrib  chiqish  va  kreditni 

rasmiylashtirish  uchun  haq,  kredit  berganlik  uchun  vositachilik  haqi,  kredit 

hisobvaragʻini yuritish va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha oʻtkaziladigan 

toʻlovlar  boʻyicha  komission  haq,  mijoz  majburiyatlari  oʻz  vaqtida  toʻliq 

bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish mumkin. 

Kredit  bahosiga  ta’sir  qiluvchi  tashqi  omillar  sifatida  mamlakatdagi 

(hududdagi)  ijtimoiy-siyosiy  holat,  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosati,  qayta 

moliyalash stavkasining oʻzgarishi,  banklararo raqobat muhiti, kreditga boʻlgan talab 

darajasi  (iqtisodiyotda  kreditning  tutgan  oʻrni),  inflyatsiya  darajasi,  byudjet-soliq 

siyosati  (soliq  yuki  darajasi)  va  boshqalarni  keltirish  mumkin. Ichki  omillar  sifatida 

esa  tijorat  banklarining  kredit  siyosati,  foiz  siyosati,  jalb  qilingan  moliyaviy 

resurslarning miqdori va qiymati, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi, 




108 

 

kredit  ta’minoti,  risklilik  darajasi,  kredit  muddati  va  toʻlash  shartlari,  kredit 



berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin.

16

 



 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish