O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet85/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Teatr san’ati. О‘zbekiston an’anaviy teatr san’ati birinchi shakllari ibtidoiy jamoa davridayoq taqlidiy raqslar, tabiat kuchlariga topinish oqibatida yuzaga kelgan marosimlar doirasida paydo bо‘lgan. Birinchi teatr shakllari tabiatga, qush va hayvonlarga, ruhlarga bо‘lgan e’tiqodlar, zardо‘shtiylik bilan bog‘liq urf-odatlar, marosimlar bilan chatishib ketgan.

Mutaxassislar fikricha, mil. av. VII—VI asrlarda Turonda zardо‘shtiylik bilan aloqador ikki toifa — kulgili va qayg‘uli tomoshalar shakllangan.

Turon yerlari makedoniyalik Iskandar tomonidan istilo qilinishi natijasida, yunon madaniyati, shu jumladan, teatr san’ati rivojlangan. Ma’lumki, Yevripidning «Alkesta», «Ippolit» kabi tragediyalari qо‘yilgan. Bunday tomoshalarda yunon aktyorlari bilan mahalliy tomoshabinlar qatnashgan. Shuni aytish lozimki, yunon madaniyati asosan Baqtriya shaharlari madaniyati bо‘lib qolgan. Xorazm, Sug‘diyona, Farg‘ona yerlarida teatr san’ati an’anaviy shakllarda rivojlangan. Uning shakllanishida Eron, Hindiston, Xitoy san’ati bilan о‘zaro aloqalar katta о‘rin egallagan. Manbalarga kо‘ra, mil. av. I asr — mil. IV asrlarda Kushon davlatida budda dini bilan bog‘liq turli teatrlashgan tomoshalar mavjud bо‘lgan.



Teatr san’ati VI—VII asrlarda rivojlandi, Turonlik raqqosalar, о‘yinchilar Ipak yо‘li orqali qо‘shni yurtlarga safar qiladilar.

Turon zaminiga kirib kelgan arab-islom madaniyati teatr san’atining shakllanishita katta ta’sir qildi. Shaharlarda qadimgi tomoshagohlar buzib tashlandi, teatr kо‘proq og‘zaki ijodga, badihagо‘ylikka asoslandi.

XIX—X asrlarda teatr san’atida о‘zgarishlar rо‘y berdi. Xalq bayramlari, marosimlari, urf-odatlari va ular bilan bog‘liq tomoshalar omma ichida keng tarqaldi. Ijrochilarni о‘z risolalariga ega bо‘lgan ijodiy uyushmalari vujudga keldi. Teatr san’ati islom dinining tarqalishiga va aynan, tasavvuf tariqatlarida turli teatr tomoshalarini о‘z tasarrufiga qamrab olishi namoyon bо‘ldi.

Temuriylar davrida teatr san’ati yanada rivojlandi. О‘rta asrlardagi ma’lumotlarga qaraganda, turli shaharlarda teatrlashgan tomoshalar uyushtirildi. Tomosha san’ati Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrida taraqqiy topdi. Ma’lumki, bir nechta shaharlarda maxsus tomoshagoxlar, tarabxonalar, sayilgoxlar ishlab turgan. Alisher Navoiy davrida G‘iyos masxara, Abdullo Devona, Abulvose’ Munshi, atoqli voich Husayn Koshifiy tomosha san’ati rivojiga о‘z hissalarini qо‘shgan.

XIV—XV asrlarda va XVI asrning boshida teatr san’ati quyidagi yо‘nalishlarda shakllandi: masxara (xalq komediyalari ijrochiligi), taqlid (hayotiy voqealarni kulgili qilib kо‘chirish) va zarofat (badiha yо‘li bilan sо‘z va bayt tо‘qib aytishdagi bellashuvlar); qissagо‘ylik, maddohlik (yakka ijrochilarning chiqishlari); qо‘g‘irchoq о‘yin.

An’anaviy teatr tomoshabinlarga turlicha ta’sir qilgan: kulgi uyg‘otgan, hayotga tanqidiy munosabatda bо‘lishga о‘rgatgan, nozik his-tuyg‘ular paydo qilgan.

Shayboniylar davrida umuman san’at inqirozga uchraydi.



XVIII asr oxiri — XIX asr boshida an’anaviy teatr sohasida
о‘ziga xos kо‘rinishlar paydo bо‘ldi. Masalan, Buxoro amirligida masxaraboz, qо‘g‘irchoqboz, raqqos va boshqa о‘yinchilarning uyushmalari vujudga kelgan. Xorazm an’anaviy teatrida tо‘kma va xatarli о‘yin shakllangan. Farg‘ona vodiysi va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etgan. Ma’lumki, XIX asrning 2-yarmida Qо‘qonda Zokir eshon (30 ga yaqin qiziqchi), Buxoroda Tо‘la masxara(20 ga yaqin masxaraboz uyushgan) tо‘dalari shuhrat qozongan.

Rossiya mustamlakachiligi davrida Turkiston о‘lkasiga rus, keyinroqtatar, ozarbayjon teatr tо‘dalari kirib keldi. Furqat, Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy yangi kirib kelgan teatr madaniyatini о‘rganishga chorlaydi. Yangi kо‘rinishdagi milliy teatrni yaratish harakatini jadidlar, ya’ni marifatparvarlar boshqaradi. Bu jarayonda Mahmudxо‘ja Behbudiyning qо‘shgan hissasi juda katta. 1914 yil Samarqandda Behbudiy boshchiligida tashkil etilgan birinchi о‘zbek havaskorlik teatr guruhi uning «Padarkush» dramasini sahnalashtirdi. Bu pesa Toshkentda Abdulla Avloniy teatrida ham qо‘yilgan.

1918 yil Hamza Farg‘onada О‘lka sayyor siyosiy truppasini tashkil etdi. Teatr truppasini M. Qoriyoqubov, Y. Egamberdiyev, H. Islomov, M. Kuznetsovalar tashkil qilishdi. О‘sha yili Mannon Uyg‘ur Toshkentda «Turon» jamiyati qoshida teatr tuzdi. Teatrning birinchi aktyorlari — A Hidoyatov. M. Muhamedov, O. Jalilov, F. Umarov, S. Olimov, M. Qoriyeva, B. Qoriyev va boshqalar edi. Bu teatrda Fitrat, G‘. Zafariy, CHо‘lpon, Abdulla Qodiriy, Xusayn Jovid asarlari sahnalashtirilgan. Sekin-asta О‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham teatrlar tashkil qilingan. 20-yillarda Moskva va Boku shahar teatr studiyalari tashkil etilgan va aksariyat о‘zbek aktyorlari u yerda ta’lim olishgan.

30-yillarda turli viloyatlarda, tumanlarda kо‘plab teatrlar tashkil qilindi. Toshkentda M. Gorkiy nomidagi rus drma teatri (1934 y.), Respublika qо‘g‘irchoq teatri (1939 y.), Davlat opera va balet teatri (1939 y.) faoliyatini boshlashdi. Davlat komediya teatri Muqimiy nomidagi respublika musiqali drama va komediya teatriga aylantirildi (1939 y.).

50—60-yillarda Abdulla Qahhorning «Shohi sо‘zana», Maqsud Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek», U. Shekspirning «Yuliy Sezar» va «Qirol Lir» asarlari sahlanashtirildi va yirik ijodiy yutuqlar sifatida baholandi.



70—80-yillar teatr san’ati tarixida ziddiyatli davr bо‘ldi. Ijobiy tarafi shuki, milliy meros va an’analarga e’tibor kuchayib bordi. Salbiy tarafi — mutaxassislar fikricha, dabdababozlik, xо‘jakо‘rsinga ishlash, hayotni xaspо‘shlab kо‘rsatish teatr san’atida о‘rin topdi.

1976 yil «Ilhom» yoshlar tajriba teatr studiyasi tashkil qilindi. 1986 yil Respublika satira teatri vujudga keldi va unga Abdulla Qahhor nomi berildi.

Endiliqda о‘zbek teatrining har xil turlari va janrlari rivojlanmokda. Yoshlar, bolalar va qо‘g‘irchoqlar teatrlari ham alohida mavqega ega. Mustaqillik sharofati bilan tiklangan milliy qadriyatlar, jamiyat ma’naviyati haqidagi yangilangan tushunchalar, tarix va zamonaviylik muammolari ushbu teatrlar e’tiborida turibdi. О‘zbekiston Prezidentining «О‘zbek teatr san’atini rivojlantirish tо‘g‘risidagi» 1998 yil farmoni milliy teatr san’atining istiqbolini belgilab bergan muhim hujjat bо‘ldi. «О‘zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi о‘z faoliyatini milliy tomosha va teatr san’atining eng yaxshi an’analarini asrab-avaylashga hamda boyitishga yо‘naltirdi.

Mustaqillik davrida О‘zbek teatr san’ati milliy qadriyatlarni tiklash jarayoniga qо‘l urdi. SHо‘rolar davrida ta’qiqlangan asarlar teatrlarda sahnalashtirildi, yangi asarlar yaratish harakati boshlandi. Turli teatrlarda Fitratning «Abulfayzxon» tragediyasi, Tо‘ra Mirzoning «Amir Temur» dramasi, CHо‘lponning «Kecha va kunduz» romani, «Yorqinoy» dramasi, Abdulla Qodiriyning «О‘tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari asosida sahna asarlari yaratildi. Umuman, о‘zbek teatr madaniyati yanada rivojlandi. О‘zbek teatrlari va san’atkorlari xorijiy mamlakatlarga gastrollarga borishdi. Zamonaviy о‘zbek teatri san’atiga hissa qо‘shgan dramaturglar — M. Boboyev, SH. Boshbekov, E. Samandarov va b.; rejissyorlardan — N. Abdurahmonov, R. Yoriyev, B. Yо‘ldoshev, N. Otaboyev, O. Salimov, V. Shapiro, R. Hamidov va b.; rassomlar — G. Brim, B. Kim, S. Salimov, B. Turayev, T. Shorahimov va b.; dirijyorlar — D. Abdurahmonova, E. Toshmatov, N. Halilov, H. Shamsiddinov va b.; raqs ustalari — G. Izmaylova, M. Isxoqova, I. Yusupov kabilarni kо‘rsatish mumkin. Teatr san’atining rivojlanishiga hissa qо‘shgan aktyorlardan Y. Abdullayeva, M. Abduqunduzov, T. Azizov, SH. Azizova, YO. Ahmedov, X. Boboxonova, 3. Davletmuradova, E. Dmitriyeva, G. Jamilova, J. Zokirov, G. Zokirova, D. Ismoilova, M. Ixtiyorova, E. Komilov, E. Malikboyeva, E. Nosirov, X. Nurmatov, M. Razzoqova, S. Rametova, A. Rafiqov, G. Rahimova, M.Teshaboyeva, N. Toshkenboyeva va boshqa aktyorlarni aytib о‘tish mumkin.



Mustaqillitining 10 yilligi arafasida О‘zbek davlat akademik drama teatrining yangi binosi ochildi. О‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifi bilan ushbu teatr «О‘zbekiston milliy akademik drama teatri»ga aylatirildi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida»gi qaroriga (1998 yil, 22 may) asosan respublikadagi mavjud 37 ta teatrni birlashtiradigan yagona tizim vujudga keldi.

Respublika va xalqaro miqyosda festivallar, tadbirlar, ijodiy va xotira kechalari, teatrlarning tashkil topgan sanalari tantanali ravishda о‘tkazildi. Jumladan, an’anaviy «Navrо‘z-99» respublika teatr san’ati festivali, Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bagashlangan — «Andijon bahori-99» teatr san’ati festivali, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazir-ligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston milliy universiteti, «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi bilan hamkorlikda о‘tgan «Nihol» talaba-yoshlar teatr studiyalarining festivallari, Qarshi shahrida 1999 yili о‘tkazilgan «Ipak yо‘li — teatr — sayohat» anjumani, “Seni kuylaymiz zamondosh”, Fond Forum tomonidan о‘tkazilinib kelinayogan “Teatr uz” kabi tadbirlar respublikamiz madaniy hayotida katta voqea bо‘ldi.10

Mustaqillik tufayli tarixiy qadriyatlarni tiklash, о‘zlikni anglash, ma’naviy boyliklarga intilish — о‘zbek teatrining ham muhim vazifasiga aylandi. Sahnamizda ulug‘ Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy obrazlari yangicha talqin qilindi. Al-Farg‘oniy. Al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi, Feruz kabi ulug‘ ajdodlarimizga bag‘ishlangan asarlar keng shuhrat qozondi.

Respublika teatrlari har yili 130 dan oshiq turli mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtirdi. Bular asosan tarixiy afsonaviy mavzulardagi spektakllardir. 1998 yili xalqaro miqyosda keng nishonlangan buyuk vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati hamda Alpomish dostonining 1000 yil-ligi munosabati bilan qator sahna asarlari yaratildi. Bular Hamza nomidagi teatrda sahnalashtirilgan dramaturg Hayitmat Rasulning «Piri koinot», Farg‘ona viloyati Y. Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan «Osmonga sig‘magan muhabbat» asarlari shular jumlasidan. Samarqand viloyati H. Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan Usmon Qо‘chqorning «Imom Buxoriy», Andijon viloyati Y. Oxunboboyev nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan «Alpomishning qaytishi», Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan Erkin Samandarovning «Jaloliddin Manguberdi» kabi asarlari respublikamiz ma’naviy hayotida katta voqea bо‘ldi.

Toshkentda «Sharq va G‘arb», «Humo» kabi yirik xalqaro teatr festivallari о‘tkazilishi, о‘zbek rejissurasi, aktyorlik san’atining yirik yutuklari, mahorat о‘rganish, tajriba almashinish maktabi vazifasini о‘tadi. 1996 yil «Amir Temur» tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan «Navrо‘z» teatr festivalinint muvaffaqiyati yirik xalqaro ahamiyatga molik bо‘lgan. Respublikamiz aholisining teng yarmini bolalar va yoshlar tashkil etishi bois teatr sohasida ham yoshlar uchun kо‘p ishlar qilindi, ular uchun maxsus tomoshalar qо‘yilmoqda, qо‘g‘irchoq teatrlari barcha viloyatlarda ishlab turibdi. «Kattalar teatrlari bolalar uchun» festivali shunday teatrlarda bolalarga xizmat kо‘rsatishni tubdan yaxshilash ishiga xizmat qiladi.

Xalqaro «Humo» festivali marafoni Toshkentda muvaffaqiyatli о‘tib, Germaniya, Gruziya, Rossiya va boshqa mamlakatlar teatr jamoalarinint о‘zaro ijodiy uchrashuvi maskaniga aylandi. Havaskorlik teatrlari ham rivojlanmoqsa. Talabalar havaskorlik teatrlarining «Nihol» festivali mana necha yildirki, katta qiziqish bilan о‘tkazilmoqda.

XXI asr о‘zbek teatrining taraqqiyotida alohida sahifa ochdi. Qadimgi kо‘ngilochar milliy tomoshalar va Yevropadan kirib kelgan maxsus teatrlar uyg‘unligida shakllangan о‘zbek teatri bu asrda haqiqiy о‘zbek milliy teatrini vujudta keltirdi. О‘zbekiston teatrlari о‘z ijodiy-uslubiy izlanishlari, turli asarlar talqinlariga yangicha yondashuvlari bilan teatr san’ati uslubi va ifoda vositalarining takomillashuviga sabab bо‘lmoqda.

Ushbu davrda teatrlarimiz faoliyatida kо‘pgina diqqatga sazovor о‘zgarishlar yuz berdi. Teatrlarning repertuar siyosati, rejissura va aktyorlik san’atidagi yangiliklar, spektakllarning prokati, tomoshabinlar bilan aloqalarning yangicha mazmun, shakllari va nihoyat, ushbu maxsus teatrlarning xalqaro san’at va madaniyat maydonida orttirgan tajribalari e’tiborga loyiq.

Mustaqillik davrida О‘zbekiston teatrlari funksiyasi о‘zgardi. Ular о‘z faoliyatlarida tomoshabinlarga mazmundor, ta’sirli, qiziqarli spektakllar tayyorlashga urg‘u berdilar.

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan professional teatr va teatr studiyalari xalqimiz ma’naviy dunyosini, tafakkurini boyitadigan sahna asarlari yaratmoqdalar. Ushbu dargohlarda minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib bormoqda. Endilikda nodavlat va xususiy teatrlar ham paydo bо‘ldi.

Teatrlarning xalqaro miqyosda yutuqlarga erishayotgani e’tiborni tortadi. Teatrlarimiz jamoalari AQSH, Turkiya, Pokiston, Germaniya, Polsha, Buyuk Britaniya, Isroil kabi xorij mamlakatlarida о‘tkazilgan turli teatr festivallarida qatnashib, turli sovrin va mukofotlarga sazovor bо‘lganligi quvonchlidir.

Teatr ijodkorlari mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etmoqdalar. Oliy majlisga, viloyat, tuman va shahar mahalliy kengashlariga deputatlikka saylanmoqdalar. Bu esa teatr ijodkorlariga bо‘lgan yuksak ishonchning dalilidir.

О‘zbek teatr san’ati ayni kunlarda bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib bormoqda. О‘z-о‘zini boshqarish va ayni damda tomoshabinlarga sidqidildan xizmat qilish yо‘lida tinmay izlanmoqda. О‘zining shonli tarixiga va albatta, ertasiga ega о‘zbek milliy teatr san’ati bugungi kunda taraqqiyotning yangi bosqichiga kо‘tarilish yо‘lida tinmay mexnat qilmoqda.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish