Sana: Mavzu: Maqsud Shayxzoda. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi Darsning maqsadi



Download 202,01 Kb.
bet1/2
Sana24.11.2019
Hajmi202,01 Kb.
#26940
  1   2
Bog'liq
8 adab 3 chorak

Sana:

Mavzu:Maqsud Shayxzoda . “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi haqida bilim va ma’lumotlar berish,asarni ifodali o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b)tarbiyaviy: og`uvchilar qalbida adolat,haqiqat,ilm ahliga va buyuk allomalarga ehtirom tyg’ularuni tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi: og`uvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;

Dars turi:noan’anaviy;

Dars usuli:bahs,ifodali o’qish,asar tahlili;

Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va tarixiy asarlar;

Darsning borishi

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:



Takrorlash uchun savollar:

1.Maqsud Shayxzoda qachon va qayerda tug`ildi?

2.Maqsud Shayxzodaning Toshkentga kelish qolish sababini tushuntiring.

3.M.Shayxzoda o`z ijodini necha yoshida boshlagan va uning dastlabki she`rlari

Qachon nashr etilgan?

4. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.

5.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?

6.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering

7. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasidagi Ulug`bek obrazi haqida gapiring.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Mirzo Ulug’bek haqida qanday ma’lumotlarga egasiz ,asarda Ulug’bek qanday timsollarda tasvir etilgan?

II.Mirzo Ulug`bek-Amir Temurning suyukli nabirasi, ya`ni to`rtinchi o`g`li Shohrux Mirzoning farzandi , u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan.Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy ma`lumotlar juda ko`p.Shulardan biri Alisher Navoiyning “Majolis un-nafoyis” asaridir.Shoir bu asarning yettinchi majlisini temuriy shohlar ,sakkizinchi majlisini Husayn Boyqaroga bag`ishlaydi.Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko`rgani,dramani yozishda behisob ilmiy-tarixiy manbalarga murojaat qiladi.

Adib asarda Ulug`bek yashagan davrni , u hukmronlik qilgan saylov muhitini ko`z o`ngimizda yaqqol gavdalantirgan.Mirzo Ulug`bek hayotida ko`p voqealar yuz bergan.U oliy hukmdor , buyuk olim sifatida ko`p narsalarni o`z boshidan kechirgan.M.Shayxzoda asarga asosan ikki yo`nalishdagi voqealarni ,ya`ni saroy ixtiloflari va buyuk olim borgan ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan.

Asar bilan tanishganimizda bizda ikki xil tuyg`u paydo bo`ladi.Mirzo Ulug`bek bir tomondan qattiqqo`l,butun Xurosonni o`z qo`lida saqlab qolish uchun har qanday chorani ko`rishga tayyor hukmdor sifatida , ikkinchi tomondan , ilm-fanning jonkuyari , jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko`radigan,biroq saroydagi fisq-fasod ,ig`vo ishlar oldida ojiz bir inson sifatida tasvirlanadi.

Dramada Ulug`bek qiyofasi uning ko`proqasardagi boshqa qahramonlar orqali ochiladi,masalan,Ali Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin,Chin,Hind,Farang,Misr,Rus elchilari bilan bo`lgan muloqotda ilm-fan homiysi , buyuk olim, ma`rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon bo`lsa,Abdulatif Mirzo , uning mahrami Abbos,Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari ,ig`volarga bo`lgan munosabatida mutaassiblikka qarshi kurashgan ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochiladi.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.”Mirzo Ulug’bek ”tragediyasidan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy – badiiy tahlil qilish:

Mirzo Ulug`bek hukmdor,katta saltanat egasi bo`lganiga qaramay , avvalo,insoniy fazilatlardan begona bo`lmagan ,o`z farzandiga mehribon ota.

Shu o`rinda marhum shoir Muhammad Yusufning Mirzo Ulug`bek xotirasiga bag`ishlab yozgan quyidagi misralari go`yo Ulug`bek tilidan aytilganini aytmasdan ilojimiz yo`q.

Sezmay qoldim o`shanda chog`im

Yulduzlarda ekan nigohim

Bilmadim ne edi gunohim

Men dardimni kimga aytaman

M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi asosida rejissor Latif Fayziyev tomonidan “Ulug`bek yulduzi” nomli film suratga olingan.

II.Mustahkamlash uchun savollar:

1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.

2.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?

3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering

4. Mirzo Ulug`bek tragediyada qanday inson sifatida gavdalantiriladi?

5. “O`g`illardan yalchimagan ,benasibpadar,

O`z shogirdin o`g`il deya topar tasalli” Ulug`bek qaysi shogirdini “o`g`lim”

deb tasalli topadi?

III.Test sinovi:

1.”Har kun besh bor aytar edim :butun yer yuzi

Torlik qilar,sig’dirolmas ikki….”Amir Temur nazdida dunyo dunyo qaysi ikki narsani bag’riga sig’dirolmaydi?

A.Quyoshni B.Podshoni C.Oyni D.Ro’yoni

2.”Xoja Ahror kelishini kutib quturgan,

Yovvoyi it qalandarlar daydib yurmoqda”,-deganda Abdurazzoq Samarqandiy

Kimlarni nazarda tutgan?

A.Abdulatif Mirzoning odamlari B.Taxt xoinlari

C.Abbos D.Adolat va haqiqat

3.Mirzo Ulug’bek “Farmonlarga oxirgi imzom”,-deganda Ulug’bek qaysi farmonni nazarda tutadi?A.Piri Zindoniyni qamoqdan ozod qilishni

B.Abdulatif Mirzoga taxtni topshirishni

C.Ulug’bek rasadxonasida ishni to’xtamaslikni

D.Olimlarga adolatli munosabatda bo’lishni

4.Mirzo Ulug’bek necha yil taxga hukmronlik qiladi?

A.38 yil B.35 yil C.30 yil D.40 yil

5.”O’g’illardan yalchimagan ,benasib padar,

O’z shogirdin o’g’il deya topar tasalli?”

Bu o’rinda kim nazarda tutilgan?

A.Sakkokiy B.Abdurazzoq Samarqandiy

C.Ali Qushchi D.Bek Arslon



Javoblar:1. B 2.A 3.A 4.D 5.C

Uyga vazifa:

O’quvchilar bilimini baholash

Adabiyot 8-sinf

Sana:

Darsning mavzusi:Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tahlili.Qahramonlarga tavsif.Nazariy ma’lumot:tragediya

Darsning maqsadi:

a)ta’limiy-asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish,qahramonlarga tavsif berish va tragediya haqida nazariy ma’lumot berish;

b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilgan adolat,haqiqat,jaholatga qarshi kurash,buyuk ajdodlarga hurmat va ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati,dunyoqarashi va nazariy bilimlarini takomillashtirish.

Darsning turi:mustahkamlash;

Darsning uslubi:ifodali o’qish,asar tahlili,bahs,nazariy ma’lumot;

Darsning jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va ilmiy asarlar,tarqatmalar;

Darsning borishi

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”asari yuzasidan savol-javob;

2.Asar voqealari rivoji yuzasidan darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Asardan parchalar ifodali o’qib,uni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish va matn ustida ishlash-bahs-munozara asosida;

Xizmatimda,suhbatimda yurgan do’stlarga,

Arboblarga qasos tig’I botirilmasin!

Bu shartimga ahli parda rozimi?

Mirzo Ulug’bek taxtni o’g’li Abdulatifga topshirar ekan,ulardan mamalakatda fitna – fasot tugatilishini,qo’shni xalqlqrga yurish qilib,xalqqa naftat yog’dirmaslikni,ahli ulamolarga zarar yetkazmaslikni,haramidagi ayollat nomiga g’ubor tekizmaslikni,kutubxona,kitoblari va rasadxonaga zavol yetkazmasliklarini so’raydi.

Men davramda do’stlarimni ko’raman yana,

Demak,bizga o’lim yo’qdur ,men bo’lmasam-da.

Bu Ulug’bekning so’ngi so’zlari edi.Ha ,Mirzo Ulug’bek nomi o’chmaydi.U osmonimizda hart un yulduz bo’lib chaqnaydi.Uning “Ziji Ko’ragoniy ”asari necha asrlardan buyon yulduzlar ilmini o’rganish uchun ham muhim manbadir…

II.”Mirzo Ulug’bek ”fojeasi haqida berilgan adabiy maqola ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Savollar:

1.Badiiy adabiyotning turlarini aytib bering

2.Dramatik turlarni sanab bering.

3. “Mirzo Ulug`bek” fojeasining yakuni sizda qanday taassurot qoldirdi?

4.Oxiri fojea bilan tugallanadigan asarlardan qysilarini bilasiz ?

5.Oxiri fojea bilan tugallanadigan asarlar qanday asarlar deb yuritiladi?

II.Tragediyaadabiyotningdramatikturjanrlaridanbiribo`lib, uninglug`aviyma`nosiyunonchatragos –echki , ode –qo`shiq; tragediya –echkiqo`shig`ima`nosinianglatadi. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis shrafiga xalq bayramlari o`tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so`yilib dasturxonga qo`yilgan.Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurishib , turli sahna tomoshalarini ko`rsatishgan.Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan.Keyinchalik bu so`z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo`llana boshlagan.

Tragik asar ,ya`ni tragediyaning boshqa sahna asarlari(komediya, drama, monodrama , intermediya)dan farqi shundaki,u qahramonlar o`rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi,qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o`rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi.Fojeiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi , ichki kolliziya (qarama-qarshilik,to`qnashuv) kuchliligi, personajlar o`rtasidagi konfliktning o`ta kuchli

Ekanligi bilan farqlanadi.Tragediya murosasiz kurash ,g`oyatda keskin ziddiyat zaminiga quriladi.Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli , suronli siyosiy voqealar , turli ijtimoiy , shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko`rsatiladi.

Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko`tarib chiqadi.Ijobiy qahramon istagi ,qarashlari bilan u yashagan muhit o`rtasidagi ziddiyat tragediyaning asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e`zozlagan , haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o`limi bilan tugaydi.Biroq bu qayg`uli , faqat ko`zyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko`zda tutgan ezgu g`oyalarning tantanasi , kelajakka katta ishonch bilan yo`g`rilgan ijtimoiy ruhning g`olib kelishidir.Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o`zlarining kaltabinliklari , ma`naviy tubanliklari , taraqqiyot dushmanlari kabi “xislat”larini fosh etadilar.fojeiy sahna tomoshasi so`ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham o`limi bilan tugaydi.

Tragediyaning paydo bo`lishi antic davr marosimlariga to`g`ri keladi.Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so`yib bayram qilishlari , “echki qo`shig`i” degan iboraning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan omildir.Haqiqiy tragik asarlarni yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o`zining kamolot bosqichiga ko`tarildi.Esxilning “Zanjirband Prometey”, “Oresteya”, Sofokl “Shoh Edip”, “Antigona”, Evripidning “Elektra”, “Medeya”, “Gerakl” kabi tragediyalarni optimistic ruh ,adolat va haqiqatning qaror topishi , yuksak insoniy tuyg`ularning maromiga yetkazib tarannum etishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna san`ati , xususan, tragediyasining dovrug`i jahonga yoyilishiga sabab bo`ldi.

Yevropada tragediya uyg`onish va unan keyingi davrarda ham keng rivojlandi.Ispan dramaturglari Lope de Vega ,Kalderon , ingliz yozuvchisi V.Shekspir,nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A.S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratadilar.Ular yaratgan “Otello”, “Gamlet”, “Romeo va Julyetta” , “Boris Godunov” kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlarining sahnasida takror-takror o`ynalmoqda.

O`zbek adabiyotida tragediyaning go`zal namunalarini Mahmudxo`ja Behbudiy – “Padarkush” (1911) , Abdurauf Fitrat – “Abulfayzxon” (1926), “Mirzo Ulug`bek” (1961) tomonidan yaratildi.

Takrorlash

Savollar bilan ishlash

1.Adabiy turlarni sanab bering

2.Tragediya so`zining kelib chiqishi haqida gapiring .

3.Tragediyaning otasi kim?

4.Tragediyaning g`ozal namunalarini sanab bering

5.O`zbek adabiyotida yaratilgan qanday tragediyalarni bilasiz?

III.Tragediya haqida darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish.

IV.Test sinovi:

1.Mirzo Ulug’bekning qotili kim ?

A.Abbos B.Ota Murod C.Berdiyor D.Yigitali

2.”Yetim qolgan el dardiga kuyib yig’layman,

Bosh qo’yaman tuprog’iga ulug’ insonning”.Bu fikrlar kimga tegishli?

A.Ali Qushchi B.Berdiyor C.Sakkokiy D.Piri Zindoniy

3.Ulug’bek Ali Qushchini kim deb atagan?

A.Aziz shogirdim B.Farzandi arjumand

CYaqin insonim D.Suyukli o’g’lim

4.”Tragediya”so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A.Mungli qo’shiq B.Fojeali asar

C.Echki qo’shig’I D.Ziddiyatlar olami

5.Koinotning chamanida ochgan yo’limz,

Yo’lchilarsiz qolmas,biling,aziz muallim!

Orta borar yulduz soni jadvalingizda,

Qoningizda o’sib chiqar shodlik gullari.

Asar oxirida berilgan bu umidli so’zlar kimga tegishli?

A.Ali Qushchi B.Berdiyor C.Ota Murod D.Sakkokiy

Uygavazifa'>Javoblar:1. A 2.D 3.B 4.C 5.A

Uygavazifa:Asar qahramonlariga tavsif

O’quvchilar bilimini baholash

Adabiyot 8-sinf

Sana:

Mavzu: 5-nazorat ishiga tayyorlanish.

Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish;

b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi:nazorat;

Dars uslubi:bahs,asar tahlil,savol-topshiriqlar ustida ishlash,reja tuzish;

Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tganmavzuvauygavazifaniso’rash:

1.Tarqatmalar asosida asar yuzasidan savol-javob o’tkazish;

2.Asar qahramonlariga tavsif.

Darsningmohiyatinianglashbosqichida:

I.”Mirzo Ulug’bek”tragediyasidan parchalar o’qib,g’oyaviy-badiiytahlilqilish:

Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim,

Og’ir bo’ldi qismat menga qo’ygan vazifa.

Men , sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand,

Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.

Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,

Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim

Mirzo Ulug’bek bu misralari orqali davlatchilik faoliyati ma’rifatchilik asosiga qurilganligiga ishora qiladi.Ma’rifattufayliyurtniobod qilgan Ulug’bek nomi hali-hamon adolatvahaqiqat,ilm va ma’rifat nomlari bilan birga tilga olinadi…

II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.



Darsningmustahkamlashbosqichida:

I.Insho mavzusi yuzasidan bahs-munozara:

MirzoUlug’bek–ilm va ma’rifat homiysi

II..Mavzuga oid reja tuzish

2.Qisqa fikrlarni yig`ish

Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi

Reja :

I.Kirish:



1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.

2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi -M.Shayxzodaning shoh asari.

II.Asosiy qism:

1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”.

2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni.

3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar.

III.Xulosa:

1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi-o`zbek dramaturgiyasi gultoji.

2.Mirzo Ulug`bek zakosi- mangu ,barhayot.

Uygavazifa:”Mirzo Ulug’bek ilm va ma’rifat homiysi”mavzusidagi inshoning qoralama nusxasini yozib kelish.

O’quvchilar bilimini baholash.

Takrorlash.



Adabiyot 8-sinf

Sana:

Mavzu: 5-nazorat ishi

Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi:nazorat;

Dars uslubi:bahs,asar tahlil,reja tuzish,insho yozish;

Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.O’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish ,kerakli izoh va tushunchalar berish hamda insho yozishga tayyorlanish;

II.O’quvchilarning insho yozish jarayonini nazorat qilish;

Darsning mustahkamlash bosqichida;

I. Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi

Reja :

I.Kirish:



1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.

2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi M.Shayxzodaning shoh asari.

II.Asosiy qism:

1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”

2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni.

3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar.

III.Xulosa:

1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi-o`zbek dramaturgiyasi gultoji.

2.Mirzo Ulug`bek zakosi mangu ,barhayot.

Bobolardan so`zladim, ammo

Bir kalom bor so`z avvalida.

Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,

Ko`ragoniy jadvallarida.

Qotil qo`li qilich soldi mast,

Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.

Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,

U Ulug`bek ko`zidagi yosh.

Yerda qolgan o tanim manim,

O`zbekiston ,Vatanim manim.

Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.Ayniqsa,uning “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tarix va haqiqat bilan yaqindir.Unda Mirzo Ulug’bek buyuk va adolatli shoh,xalqparvar hukmdor,ilm ahli va ma’naviy meros g’amxo’ri,buyuk olim sifatida gavdalanadi.Mirzo Ulug’bek-Amir Temurning suyukli nevarasi.U buyuk Temur saltanatini saqlay olmaganidan afsuslanadi va Temur ruhidan madad so’raydi.

O’z taxtini Abdulatifga topshirayotgan dam u xalqqa,ilm ahliga adolat qilishni,buyuk merosga ,ahli ayol nomusiga ziyon keltirmaslikni so’raydi.O’z o’g’illaridan mehr ko’rmagan Ulug’bek Ali Qushchini “farzandi arjumandim”deb ataydi.

Madrasada va rasadga yetmagay zavol!

Kutubxonam,kitoblarim saqlansin omon!..

Bugun Mirzo Ulug’bek qalblarda va tilarda mehr bilan tilga olinadi.Bugun ham “Ziji jadidi Ko’ragoniy”jadvali yulduzlar ilmi uchun muhim manba hisoblanadi.

Har tun yulduzlar nuri ila bu ulug’ siymoni yod etamiz…

Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim,

Og’ir bo’ldi qismat menga ortgan vazifa.

Men,sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand,

Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.

Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,

Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.

Uyga vazifa:Darslikdan tashqari badiiy asarlar o’qish.


Adabiyot 8-sinf

Sana:

Darsning mavzusi:5-nazorat ishi tahlili

Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari,shu bilim vako’nikmalar asosida yozgan insholarini tahlil qilish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi:mustahkamlash;

Dars uslubi:tahlil,ijodiy ish;

Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar,tarixiy shaxslar timsoli;

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.O’quvchilarning 5-nazorat ishidan olgan baholarini izohlash va tahlil qilish;

II.Xatolar ustida ishlash:

a)imlo xatolari ustida ishlash;

b)ishoraviy xatolar ustida ishlash;

d)uslubiy xatolar ustida ishlash.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Ijodiy ish: Tariximizning buyuk timsollari

Reja:

1.Ajdodlar merosi muqaddas.



2.Men buyuk yurt farzandiman.

3.Buyuk bobolar izidan.

Biz Amir Temur,Mirzo Ulug’bek,Jaloliddin Manguberdi ,To’maris,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Abu Ali ibn Sino,Beruniy,Xorazmiy,Forobiy …kabi mard ,jasur,oqil-u dono ajdodlar avlodimiz.Ular bizga mardlik,ulug’ saltanat,adolat,haqiqat bilan birga yuksak ma’naviy xazinalrni meros qilib qoldirganlarki,bu buyuk xazinalar hali-hanuz dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.Ular yaratgan ilm sirlari dunyo ilm ahliga dasturamal bo’lib kelmoqda…

Men shunday buyuk yurt farzandi ekanligimdan g’ururlanaman.Bu g’urur meni ular merosini asrashga,ular izidan borishga undaydi.Chunki ajdodlarga munosib farzand bo’lmoq joiz.

Buyuk bobolar izidan borib,yurt nomini dunyoga taratmoq,erkinlik nashidasi ila yuksakliklarga intilmoq,ozodlik ruhini asray bilmoq har bir yurt farzandi uchun ham farz,ham qarzdir.Buyuk bobolar ruhi bizni hamisha bizni qo’llagay..

II.Buyuk bobolar haqidagi she’rlar va badiiy asarlar yuzasidan suhbat…

Bobolardan so`zladim, ammo

Bir kalom bor so`z avvalida.

Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,

Ko`ragoniy jadvallarida.

Qotil qo`li qilich soldi mast,

Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.

Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,

U Ulug`bek ko`zidagi yosh.

Yerda qolgan o tanim manim,

O`zbekiston ,Vatanim manim


III.Ijodiy ishlar tahlili.

Uyga vazifa:Tarixiy shaxslar haqidagi sh’erlardan yod olish va tarixiy-badiiy asarlar o’qish.

Adabiyot 8-sinf

Sana:

Mavzu: Usmon Nosir hayoti va ijodi. “Yurak” she`riy dostoni

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy- Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida bilim berish,”Yurak”

she’rini ifodali o’qish ,she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida adabiyotga qiziqish,she’riyatga shaydolik,go’zal insoniy fazilatlarni singdirish;

d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’riyatga bo’lgan qiziqishini va dunyoqarashini takomillashtirish;

Dars turi:yangi bilim berish;

Dars uslubi:nazm gulshani,tahlil,bahs;

Dars jihozi :8-sinf adabiyot darsligi,Usmon Nosir siymosi,badiiy asarlar;

Darsning borishi :

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”darmasi yuzasidan savol-javob;

2.Dramadan olgan taassurotlar.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Savollar:

1.30-yillar qatag`oni haqida nimalarni bilasiz?

2.30-yillarda qatag`onga uchragan ijodkorlardan kimlarni bilasiz?

II.Nazm gulshani:Quyi sinflarda o’tilgan Usmon she’rlari asosida.

III.Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrining “Chuqurko`cha” dahasida tug`ildi.Usmon Nosir 4 yasharligida onasi bilan Qo`qon shahriga ko`chib keldi. Masodiq Nosirhoji xonadonida kamol topa boshladi.Shu yerlik bolalar qatori internatda o`qib tarbiyalandi.O`rta maktabda va Samarqanddagi o`zbekiston dorilfununida o`qib yurgan kezlaridayoq u shoir Usmon nosir bo`lib tanildi. U.Nosirning nomi yigirmanchi yillarning oxirlaridayoq o`quvchilarga tanila boshladi.O`ttizinchi yillarda esa , uning asarlarini kitobxonlar intiqlik bilan kutadigan shoirga aylandi. Endi uni “tabiatan shoir”, “tug`ma shoir” deb

ta`rifladilar .Ana o`shanda U.Nosir 20 yoshlarda edi.

Usmon Nosir 18 yoshidan 24yoshigacha bo`lgan davrda ijod qildi.Shu qisqa 6-7 yil ichida u beshta she`r to`plami :

“Quyosh bilan suhbat”,“Safarbar satrlar”,“Traktorobod”,“Yurak”,“Mehrim”

Ikkita doston:“Norbo`ta”,“Naxshon”

To`rtta drama:

“Atlas”,“Zafar”,“So`nggi kun”,“Dushman”asarlarini yaratdi

Badiiy tarjima sohasida ham shoir o`ziga xos tarjimonlik madaniyatini va poetik didini namoyish qilgan edi.

N.A.Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” asari

V.I.Kirshonning “Ulug` kun”dramasini

A .S.Pushkinning “Bog`chasaroy fontani”

M.Yu.Lermontovning “Iblis”nomli dostonlarini shuningdek Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko`pgina asarlarni o`zbek tiliga tarjima qildi.

U .Nosirning 1927 yildan 1932-yilgacha bol`gan ijodida publisistika,voqealarga publisistik munosabat , publisistik pafos va ritorika ko`proq ko`zga tashlanadi.

Shuning uchun uning she`rlari chaqiriq bo`lib yangraydi.Bu xususiyat usmon Nosir ijodining zamon talabiga hozirjavobligini ko`rsatdi.

“Usmon she`riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo`ronday!U shunday to`polon va to`lqin bilan keldiki,uncha-muncha she`riy uslub vaijodni to`s-to`s qilib yubordi.Uni o`zimizda “O`zbekning Lermontovi”Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo`ldi” deb yozishdi”,-deydi shoir TurobTo`la.

Usmon Nosir 1944-yil 23-martda 32 yoshida Uzoq Sharqda vafot etdi.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.She’rim !Yana o’zing yaxshisan,

Boqqa kirsang ,gullar sharmanda.

Bir men emas,hayot shaxsisan,

Jonim kabi yashaysan manda.

“Yana she’rimga”

Sen yuragimning chashma suvisan,

Sen ko’zlarimning gavhar nurlari.

Sening bahongni kim so’rasa,de:

“Bahom –umrning bahosiga teng”.

“She’rim”

Bargdek uzilib ketsam,

Unutmas meni bog’im.

Ishimni hurmat qilur,

Gullardan haykal qurur.

She’rlarim yangrab qolur,

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog’im.

(“Bog’im”)

Usmon Nosir har bir she’rida ichki kechinmalarini bayon qilib,dard-iztiroblarini,orzu-o’ylarini bayon etadi.Mana shu misralar orqali shoir mangu yashaydi.

II.”Yurak”she’rini ifodali o’qish,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

Yurak,sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo’r etding.

Ko’zimga oyni berkitding,

Yurak,sensan ishqibozim…

Shoir bu she’rida ham qalb tug’yonlarini soddalik va ta’sirchanlik bilan ifoda etadi.Shoir har bir yurakni Vatanni sevishga..undaydi…

Itoat et!

Agar sendan

Vatan rozi emas bo’lsa,

Yoril,chaqmoqqa aylansen,

Yoril!Mayli tamom o’lsam.

III.Test sinovi:

1.Usmon Nosir 20yoshida qanday nom bilan ta’rifladilar?

A.Tabiatan shoir,tug’ma shoir B.O’zbekning Lermontovi

C.Sharq Pushkini D.Bo’ronday kuchli

2.”Atlas”,”Zafar”,”So’nggi kun”,”Dushman”asarlari qanday janrda yozilgan?

A.She’riy ro’plam B.Doston

C.Drama D.Ballada

3.”Sen yuragimning chashma suvisan,

Sen ko’zlarimning gavhar nurisan”,-deb shoir nimaga ta’rif beradi?

A.Yurakka B.Orzu-o’ylariga

C.She’rga D.Asarlariga

4.“Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo’ronday!...”Bu fikrlar kimga tegishli?

A.Cho’lpon B.Usmon Azim

C.Turob Tola D.E.Vohidov

5.Moskva gazetalarida Usmon Nosir qanday ta’riflanadi?

A.”O’zbekning Lermontovi” B.”Sharqda Pushkin paydo bo’libdi”

C.”Tug’ma shoir” D.”Tabiatan shoir”

Javoblar:1. A 2.C 3.C 4.C 5.B

Uyga vazifa:Otilganlarni o’zlashtirish va “Yurak “she’rini yod olish

O’quvchilar bilimini baholash.


Adabiyot 8-sinf



Download 202,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish