O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Buyrakning anatomik tuzilishi va tiplari



Download 2,63 Mb.
bet61/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188
Bog'liq
morfologiya

2. Buyrakning anatomik tuzilishi va tiplari.
Buyrakren, nephros bir juft bo‘lib, bel umurtqalari yonida joylashadi. Ko‘pchilik hayvonlarda buyragi asimmetrik – oldinma – keyin, cho‘chqalarniki esa simmetrik holda joylashgan. Har bir buyrak ustki tomondan fibroz kapsula (qobiq) va uning ustidan yog‘ moddalar bilan o‘ralgan. Buyrakning pastki tomoni seroz parda bilan ham o‘ralgan. Buyrak loviya shaklida, uning ustki, yon va pastki qismi ko‘tarilgan, o‘rta qismi botiq bo‘lib, unda buyrak qopqasi bor. Buyrak qopqasidan siydik yo‘li, vena qon tomirlari chiqadi, shu erdan arteriya qon tomirlari va nervlar kiradi. Buyrak kesib qaralganda, uch qavat: ustki yoki po‘st, ilik yoki mag‘iz qavati, ular o‘rtasida chegaralovchi qavat yaqqol ko‘rinadi.
It va mushuklarning normal buyragi uzunasiga kesib ko’rilganda, to’rtta qavatni ko’rish mumkin:
1. Kapsula: zich tolasimon biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan himoya qavati hisoblanib, po’stloq qavatiga o’tib turadi. Sog’lom buyrakdan ushbu pardani yengil ajratib olish mumkin.
2. Po’stloq qavat: buyrakning yuqorigi to’q-qizil rangdagi qatdami bo’lib, buyrak tanachalari va nefronning egri-bugri kanalchalaridan tashkil topgan.
3. Uzunchoq yoki mag’iz qavat: po’stloq qavatga nisbatan biroz oqimtir bo’lib, uchburchak piramidalar shaklga ega bo’lgan yig’uvchi naychalardan tuzilgan va ular to’planib nefronlar chigali yoki Genli chigalini hosil qiladi.
4. Buyrak jomi: bu hovuzsimon shaklda bo’lib, tolasimon biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Hosil bo’lgan nefron bo’ylab buyrak jomiga yig’iladi va buyrakdan bitta siydik yo’li yordamida chiqariladi
Buyrakning funksional birligi nefron hisoblanib, har bir buyrak minglab nefrondan tashkil topgan. Har bir nefron bir nechta qismlardan tuzilgan bo’lib, uning bu qismlari koptokchalarda kechadigan filtrlanish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Nefronlarning koptokcha kapsulasida qon juda nozik filtrdan o’tadi. Suv va juda kichik zarrachalar ajratib olinadi. Bu jarayon ultrafiltrasiya sifatida ma’lum bo’lib, koptokcha filtrati deb nomlanadi. Eritrositlar kabi yirik zarrachalar va plazma oqsillari qonda qoladi. To’liq erigan koptokcha filtrati nefronning ichigav o’tganidan so’ng bir qator o’zgarishlarga uchraydi va siydik hosil bo’lishiga olib keladi. Hosil bo’lgan oxirgi yoki haqiqiy siydikning hajmi keskin kamayadi va tananing hujayradan tashqari suyuqligining holatini aks ettiradi.
Buyrakning asosiy vazifasi tana suyuqligining hajmi va osmotik tarkibini muvofiqlashtirib turishdan iborat bo’lib, buning evaziga ular doimiy saqlanib turadi. Bu tananing gomeostatik mexanizmlaridan biri bo’lib, uni normal faoliyat ko’rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Buyraklar shuningdek, siydikka azotli birikmalar qoldiqlarini chiqarish vazifasini ham amalga oshiradi.
Siydik namunalari samarali diagnostik ma’lumotlarni olishda muhim ahamiyatga ega.
Ustki yoki siydik ajratuvchi qavatzona corticalis qoramtir – qizg‘ish rangda bo‘lib, ularda buyrak tanachalari - corpuscular renalis ko‘rinib turadi. Mag‘iz yoki siydik chiqaruvchi qavat - zona medullaris buyrakning ichki qismida joylashib, rangi oqishroq bo‘ladi. Bu qavat buyrak piramidalari - pyramis renalis ga bo‘lingan. Ularning asosi chetga qaragan bo‘lib, bundan mag‘iz taramchalari ustki qavatga o‘tadi. Buyrakning har ikkala qavati o‘rtasida qoramtir rangli chegaralovchi qavat - zona intermedia bor. Bunda qon tomirlari ustki qavatga o‘tib o‘ralishi natijasida koptokcha hosil bo‘ladi. Koptokchada hosil bo‘lgan birlamchi siydik egri kanalchalar orqali qaytadan filtrlanib, buyrakka haqiqiy siydik bo‘lib tushadi. Buyrak qonga juda to‘yingan bo‘ladi, chunki qonning 15 – 23 % buyrakdan o‘tadi. Qoramollar buyragi ko‘p so‘rg‘ichli, notekis, buyrak piramidachalari 18 – 22 tagacha, so‘rg‘ichlari kosachalariga, undan esa siydik yig‘ish nayiga (poyachaga) tushadi. Ularda buyrak jomi bo‘lmaydi. Qoramolning o‘ng buyragi XII ko‘krak umurtqasidan II – III bel umurtqasigacha boradi. Buyrakning orqa qismi kengroq bo‘ladi, old qismiga katta qorincha tegib, iz - impressio ruminis hosil qiladi, botiq joyining yuzasi yuqoriga qaragan. Chap buyrak II – III va V bel umurtqalari ro‘parasida joylashadi, uning vazni 520 – 720 g gacha bo‘ladi. Qorako‘l qo‘ylar buyragining usti tekis, bir so‘rg‘ichli, shakli loviyaga o‘xshash bo‘ladi. Buyrak piramidachalari 10 – 16 tagacha. O‘ng buyrak jigarga tegib turadi, chap buyrak IV (III) – VI bel umurtqalari ro‘parasida joylashadi, vazni 120 g gacha bo‘ladi. Cho‘chqalarning buyragi tekis, ko‘p so‘rg‘ichli, loviya shaklida, buyrak so‘rg‘ichlari 10 –12 ta bo‘ladi. O‘ng va chap buyraklar I – IV bel umurtqalari ro‘parasida bo‘ladi, og‘irligi 200 – 280 g gacha. Bir tuyoqlilarning buyragi tekis, bir so‘rg‘ichli, o‘ng buyragi yurak, chap buyragi esa loviya shaklida, piramidachalari 10 –12 ta bo‘ladi. O‘ng buyrak XIV – XV qovurg‘alar ro‘parasidan II bel umurtqasigacha, chap buyrak esa XVIII ko‘krak umurtqasidan III bel umurtqasi ro‘parasida joylashadi. Chap buyrak 425 g dan 780 g gacha, o‘ng buyrak esa 480 – 840 g gacha bo‘ladi. Itlarning buyragi loviyasimon, qisqaroq, yumaloq, og‘irligi 45 – 60 g bo‘ladi.
Sut emizuvchi hayvonlarning buyragi 4 tipga bo‘linadi.
Ko‘p bo‘lakchali buyrak. Suvda ham quruqda yashovchi sut emizuvchi hayvonlar (ayiq, kit, qunduzlar) ning buyragi ana shu tipda bo‘lib, uning har qaysi bo‘lakchasi ayrim holda mayda naychalar orqali siydik yo‘li bilan birikib turadi. Ko‘rinishi kichikroq uzum boshga o‘xshash bo‘ladi. Bunday buyrak o‘rtasidan kesib qaralsa, atrofida qoramtir – qizg‘ish rangli po‘stloq qatlami ko‘rinadi, bu siydik ayiruvchi qatlam deyiladi. Markaziy tomonida sarg‘ishroq qatlam bo‘lib, u mag‘iz qatlam yoki ajralgan siydikni olib ketuvchi qatlam deyiladi, chunki unda juda ko‘p naychalar bo‘lib, filtrlangan siydik shular orqali siydik yo‘li tomon o‘tadi.
Usti notekis ko‘p so‘rg‘ichli buyrak qoramollarga xos bo‘lib, ularning bir qancha bo‘lakchalari bir – biriga juda yaqin joylashgan. Har qaysi bo‘lakcha oralig‘ida mayda egatchalar bor. Ichki qismida juda ko‘p so‘rg‘ichlar bo‘ladi. Bular kichik kosachalarga ochiladi, ulardan esa naychalar orqali siydik yo‘liga boradi. Bunday buyrakda jom bo‘lmaydi.
Usti tekis ko‘p so‘rg‘ichli buyrak. Cho‘chqalarning buyragi ana shunday tipda bo‘lib, uning usti tekis, ichida ko‘p so‘rg‘ich bor. So‘rg‘ichlarning kosachasimon chuqurchasi buyrak tomonga yaqin turadi. Bu tipdagi buyrakning po‘stloq va mag‘iz qavatlari bo‘lib, ular orasidagi chegaralovchi qavatlar aniq ko‘rinib turadi.
Usti tekis bir so‘rg‘ichli buyrak. Bu tipdagi buyraklarning usti tekis, po‘stloq va mag‘iz qavatlari juda zich, bir – biriga qo‘shilgan, so‘rg‘ichlari ham qo‘shilib, bitta so‘rg‘ich hosil qilgan bo‘ladi. Bu so‘rg‘ich buyrak jomi atrofida joylashadi. Bir tuyoqlilar, qo‘y, echki, it, bo‘ri, mushuk va quyonlarning buyragi ana shunday bo‘ladi.
It va mushuklar buyraklari loviyasimon shaklga ega bo’lib, buyrak darvozasi aniq ko’rinib turadi. Ushbu darvoza orqali buyraklar ichiga qon tomirlar, nervlar kiradi va buyraklardan siydik yo’llari chiqadi. Buyraklar normal holatda qoramtir-qizil-qizg’ish rangda bo’lib, bu ulardan qanday moddalar filtrlanishiga qarab o’zgarib turadi.
Buyraklarning tashqi silliq yuzasi yog’ qatlami bilan qoplangan va bu qatlam energiya zahirasi hamda tashqi shikastlanishlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish