O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Mavzu. Siydik ayirish hamda ko‘payish organlarining morfofunksional tuzilishi



Download 2,63 Mb.
bet60/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   188
Bog'liq
morfologiya

9. Mavzu. Siydik ayirish hamda ko‘payish organlarining morfofunksional tuzilishi


Reja :
1. Siydik ayirish organlriga umumiy morfofunksional tavsif.
2. Buyrakning anatomik tuzilishi va tiplari.
3. Siydik yo‘li, qovuq va siydik chiqarish yo‘lining anatomik tuzilishi.
4. Hayvonlarda buyrakning rivojlanish bosqichlari
5. Erkaklik ko’payish organlariga morfofunksional tavsif
6. Erkaklik ko’payish organlarining anatomik tuzilishi.
7. Urg’ochilik ko’payish organlariga morfofunksional tavsif.
8. Urg’ochilik ko’payish organlarining anatomik tuzilishi.


Tayanch iboralar. Buyrak, siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, pronefros, mezonefros, metanefros, siydik kslota, mochevina, kreatin, birlamchi siydik, reabsorbsiya, nefron, Shumlyansk – Boumen kapsulasi.Bachadon, tuxumdon, tuxum yo‘li, qin, qin dahlizi, klitor, uyat lablar, myuller kanali, qo‘shaloq bachadon, ikkiga bo‘lingan bachadon, ikki shoxli bachadon, oddiy bachadon, bachadon shoxi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Dilmurodov N.B “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent 2014 y
2.Yudichev Yu.F va boshqalar “Anatomiya domashnыx jivotnix” Omsk. 2003 y
3. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015


1. Siydik ayirish organlriga umumiy morfofunksional tavsif.
Tirik organizmda doim moddalar almashinuvi jarayoni sodir bo‘lib turadi, buning natijasida keraksiz moddalar (jumladan, siydik) paydo bo‘ladi. Siydik ayirish organlari bu moddalarni ishlash va ularni vaqtincha saqlab turish, keyin tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Siydik ayirish organlari anatomik tuzilishi jihatidan jinsiy organlar bilan bir xil bo‘lsa ham, funksiyasi butunlay farq qiladi.
Maxsus ayirish organi bo‘lgan buyrak yordamida qon tarkibidagi oqsil moddalarning qoldiq qismi organizmdan ajratilib, tashqariga chiqariladi. Siydik bilan suv, ammiak, mochevina, siydik kislota, kreatin va azotli moddalar ajralib chiqadi. Bir sutkada sog‘lom hayvonlar o‘rtacha: otlar 5 – 10 l, qoramollar 6 – 20 l, qo‘y va echkilar 0,5 – 2 l, cho‘chqalar 2 – 5 l, itlar 0,5 – 2 l, quyonlar 40 – 100 ml, mushuklar 50 – 200 ml chamasida siydik ajratadi. Siydik bilan birga bir qancha gormon (prolan, follikulin va androsteron) ham ajralib chiqadi. Buyrakning bunday ishlashi natijasida qonning osmotik bosimi, ximiyaviy tarkibi, aktivlik reaksiyasi doimiy ravishda saqlanadi, chunki ortiqcha tuzlar, zaharli moddalar hamma vaqt ajralib turadi. Buyrak orqali qondagi yot moddalar ham ajralib chiqadi. Buyrakda hosil bo‘lgan siydik siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘planib, siydik chiqarish kanali orqali tashqariga chiqarilib turadi. Siydik ayirish organlari ter bezlari bilan juda bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli yozda organizm ko‘p terlagani uchun siydik kam ajraladi. Organizmdan siydik faqat filtrlanish yo‘li bilan emas, balki murakkab biofizik va bioximiyaviy protsesslar natijasida ham ajraladi. Siydik dastlab qon plazmasidan malpigiy koptokchasi va Shumlyansk – Boumen kapsulasida filtrlanadi. Bu birlamchi siydik deb ataladi. Uning tarkibida oqsildan boshqa hamma oziq moddalar, har xil mineral tuzlar bo‘ladi. Birlamchi siydik egri – bugri kanalchalardan o‘tish vaqtida tarkibidagi kerakli oziq moddalar qaytadan qonga so‘riladi. Bu protsess reabsorbsiya deyiladi. Haqiqiy siydik ikkinchi tartib egri – bugri kanalchalardan yig‘ishtiruvchi kanalga o‘tadi. Birlamchi siydik juda ko‘p ajraladi. Masalan, 1,5 l haqiqiy siydik ajralish uchun egri – bugri kanalchalardan 100 l ga yaqin birlamchi siydik o‘tadi, shundan 98,5 l birlamchi siydik yana qonga so‘riladi. Bunda vazni 300 g keladigan buyrak har minutda 1 litr qon o‘tkazsa, sutkada 600 – 1000 l gacha qon o‘tadi. Shuning uchun ham buyrak hujayralari muskullarga qaraganda kislorodni 6 – 7 marta ko‘p talab qiladi. Buyraklarda moddalar almashinuvi protsessi boshqa organlardagiga qaraganda ancha ko‘p boradi.
Organizmda moddalar almashinuvi jarayoni samarali amalga oshib tursa, to’qima suyuqligining hajmi va kimyoviy tarkibi doimiy saqlanib turadi. Siydik ayirish tizimining muhim vazifasi eng avvalo, buyraklarning faoliyati tufayli organizm ichki muhitining doimiyligini, ya’ni gomeostazni ta’minlab turish iborat. Siydik ayirish tizimi qorin va tos bo’shlig’ida joylashib, anatomik jihatdan genital yoki reproduktiv tizimlar bilan uzviy bog’langan.
Siydik ayirish tizimining vazifasi quyidagilardan iborat:
- tana suyuqligining hajmi va kimyoviy tarkibining doimiyligini saqlab turish - osmoregulyasiya;
- tanadan azotli birikmalar qodiqlari va ortiqcha suvni organizmdan chiqarib turish – ekskresiya;
- buyrakdan eritropoetin gormonini ishlab chiqarilishi ichki sekresiya bezi vazifasini bajarishi.
Buyrakka tushgan qon koptokcha hosil qiluvchi kapillyarlarga o’tkaziladi.
Har bir koptokchada arterial bosim juda yuqori bo’ladi, chunki qon to’g’ridan-to’g’ri buyrak arteriyasi va aortadan keladi, har ikkalasida ham qon bosimi yuqori bo’ladi

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish