O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Siydik yo‘li, qovuq va siydik chiqarish yo‘lining anatomik tuzilishi



Download 2,63 Mb.
bet62/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188
Bog'liq
morfologiya

3. Siydik yo‘li, qovuq va siydik chiqarish yo‘lining anatomik tuzilishi.
Siydik yo‘li - ureter uzun ingichka nay shaklidagi organ bo‘lib, u buyrak jomidan boshlanadi va qovuqda tugaydi. U buyrakda ishlagan siydikni o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Siydik yo‘li qorin bo‘shlig‘ining yuqori tomonidan o‘tib, muskul va shilimshiq parda o‘rtasida qovuqning yuqori qismiga ochiladi. Siydik yo‘li ichki – shilimshiq, o‘rta – muskul va tashqi – seroz qavatdan iborat: muskul qavatda uzun va aylana muskul tolalari bo‘ladi. Siydik nayining tuzilishi hamma hayvonlarda bir xil bo‘ladi, ammo uzunligi jihatdan bir – biridan farq qiladi.
Qovuq - vesica urinaria, cysticus muskul pardadan hosil bo‘lgan xaltacha bo‘lib, tos bo‘shlig‘ida to‘g‘ri ichak ostida joylashadi. Uning asosiy vazifasi siydikni vaqtincha saqlashdan iborat. Qovuq nok shaklida bo‘lib, tana - corpus vesicae, oldingi uchi - vertex vesicae va orqa – bo‘yin - cervix vesicae qismlardan tuzilgan. Qovuqning bo‘yin qismi siydik chiqarish kanaliga ochiladi. Qovuq ham ichki – shilimshiq, o‘rta – muskul va tashqi – seroz qavatdan iborat. Shilimshiq parda anchagina qalin va yumshoq bo‘lib, ko‘chuvchi epiteliy bilan qoplangan. Qovuq bo‘sh vaqtida ular bir qancha burma hosil qiladi. To‘lganda esa burmalar tortilib tekislanadi. Qovuqning yuqori yuzasida siydik yo‘lining valiklari - collumna uriteris bo‘lib, ularga siydik yo‘lining teshiklari ochiladi. Teshiklardan siydik chiqarish kanali tomon siydik yo‘li burmalari hosil bo‘ladi, ular yonida qovuq uchburchagi - trigonum vesicae bo‘ladi. Burmalar birlashib, siydik chiqarish kanalining tarog‘i - crista urethralis ni hosil qiladi.
Qovuqning muskuli uch qavatdan tuzilgan. Ulardan ichki va tashqi qavatlar uzunasiga, o‘rta qavat xalqa shaklida joylashgan. Bu muskullar qisqarganda qovuqdagi siydik batamom chiqib ketadi. Qovuqning bo‘yin qismidagi muskul to‘qimadari qisqich (sfinkter) hosil qilib, doim yopilib turadi. Bu faqat siydik chiqarish vaqtida ochiladi. Seroz parda qovuqning faqat ustki yuzasini o‘rab turadi. Pastki qismini butunlay o‘raydi. Seroz parda qovuq tanasidan qo‘shni organlarga, masalan, urg‘ochi hayvonlarda bachadonga, erkak hayvonlarda esa to‘g‘ri ichakka o‘tadi. Pastki tomonda o‘rta qovuq – kindik burmasi - plica umbilicalis media hosil bo‘lib, u qov suyagi tomon o‘tadi. Bu burma embrionning siydik yo‘li - urachus bo‘lib, allantoisga (boshlang‘ich qovuqqa) siydik o‘tkazadi. Shu joyda ikkita kindik ateriyasi ham bo‘lib, ular yo‘ldoshga boradi. Bola tug‘ilgandan so‘ng bu arteriyalar qovuq – kindik payi - lig. vesica umbilicalis s. teres ga aylanadi. Qovuq siydik bilan to‘lgan vaqtda qorin bo‘shlig‘i tomon ozroq siljib, devori yupqalashadi. Qoramollar, qorako‘l qo‘ylar va echkilar qovug‘ining uchburchak burmasi bo‘lmaydi, cho‘chqalarda siydik yo‘li burmasi ikkita, bir tuyoqlilarda qovuqning pastki qismi va bo‘yni seroz parda bilan qoplangan emas.
Siydik chiqarish kanali- urethra qovuqda to‘plangan siydikni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu yo‘lning ikkita teshigi bo‘lib. biri ichki - ostium urethrae internum qovuqning bo‘ynida, ikkinchisi esa tashqi - ostium urethra externum erkak hayvonlarda jinsiy a’zoning uchiga, urg‘ochilarda esa qin va qin dahlizi chegarasiga ochiladi. Erkak hayvonlarda bu kanal siydik – jinsiy kanali - canalis urigenitalis deyiladi, chunki undan siydik ham, erkaklik jinsiy hujayralari – sperma ham chiqadi. Urg‘ochi hayvonlar siydik chiqarish kanali - urethara feminina bir oz qisqaroq bo‘lib, qinning pastki tomonida joylashgan, ichki shilimshiq pardasi esa oraliq epiteliy bilan qoplangan. Muskul qavati silliq to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, qovuqning sfinkterini hosil qiladi. Siydik chiqarish kanali qoramollarda 10 – 14 sm, otlarda 6 – 8 sm bo‘ladi va hokazo.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish