H1=I/2 a
2.13- rasm. Tok o‘tadigan havo liniyasining ikkita parallel simi
Shu kuchlanganlik hosil qiladigan magnit induktsiya:
Sim i magnit maydon kuchlanganligining yo‘nalishi sim 2 ning yo‘nalishiga perpendikulyar ( =90°), demak, sim 2 ga ta'sir etadigan kuch
(31)
Sim 1 ga ham xuddi shunday, lekin teskari yo‘nalishdagi kuch ta’sir qiladi. Ikki simli liniyada toklarning yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lib, simlar bir-biridan itariladi.
Ikkala kuch ham tok kuchining kvadratiga proportsional; shu sababli usta-novkalarda qisqa tutashuvlarda toklar yuzlab marta ko‘payib ketganida o‘zaro ta'sir kuchlari o‘n minglab marta ko‘payadi va katta zarar yetkazishi mumkin.
ELEKTROMAGNIT INDUKTSIYA VA LENTS PRINTSIPI
Elektrotexnika uchun M. Faradey kashf etgan elektromagnit induktsiya qo-nuni muhim ahamiyatga ega. Bu qonuni o‘tkazgichlar magnit chiziqlarini kesib o‘tganda va o‘tkazgichlardan hosil qilingan konturga tutashgan magnit oqimi o‘z-garganda paydo bo‘ladigan EYUK ni aniqlashga xizmat qiladi, elektromagnit in-duktsiya qonuni tajribalar asosida topilgan, lekin uni elektromagnit kuch qonunining mantiqiy oqibati deb hisoblash mumkin.
2.14- rasm. O‘tkazgich magnit maydonda
harakatlanganda zaryadlarning siljishi
Magnit maydonda harakatlanayotgan elektr zaryadga Lorents elektromagnit kuchi ta'sir etadi [(30) formula]. Zaryad q maydon yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalishida tez1ik bilan harakatlanayotgan eng oddiy holda bu kuch fem=q B bo‘ladi. Bunday harakatlanish induktsiyaga perpendikulyar maydonda biror mexaink kuch ta’sirida o‘tkazgich siljiydigan bo‘lgandagina mumkin (39-rasm). O‘tkazgichda erkin elektromagnit kuch ta'sir etib, ularni simning bitta uchiga siljitadi. Bu o‘tkazgichning bir uchida manfiy zaryad va ikkinchi uchida musbat zaryad to‘planadi, degan so‘zdir. O‘tkazgichda turli ishorali ikkita zaryad o‘rtasida elektr maydon vujudga keladi kuchlanganlik Ek paydo bo‘ladi. .Turli ishorali zaryadlarning o‘zaro tortishish kuchini (ko‘pincha kulon kuchlari deyiladi) shu kuchlanganlik orqali ifodalash mumkin:
O‘zaro tortishish kuchi zaryadlarni ajratishga harakat qiladigan elektromagnit kuchni muvozanatlashi kerak:
Bu kuchlarning tegishli ifodalalarini qo‘yib, quyidagini olamiz:
q B=qEk
uV ko‘paytma induktsiyalangan elektr maydon kuchlangailigi deyiladi:
Em.ind= B
O‘tkazgich tekis magnit maydonda harakatlanganda indukvdyalanadigan kuchlanganlik uning butun aktiv uzunligi l bo‘yicha bir xil bo‘ladi, demak, o‘tkazgichda quyidagicha eyuk ikduktsiyalanadi:
E=EM.ind l= Bl (32)
O‘tkazgich V ning yo‘nalishiga nisbatan «burchak ostida harakatlanganda bu eyuk quyidagicha bo‘ladi:
E= Bl sin
Induktsiyalangan EYUKning yo‘nalihini o‘ng qo‘l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin (40-rasm): o‘ng qo‘lni magnit chiziqlari kaftga kiradigan qilib ko‘yish kerak; bosh barmoqni o‘tkazgichning harakat yo‘nalishi bo‘ylab yo‘naltirish lozim; induktsiyalangan EYUKning yo‘nalishini to‘rtta oldinga cho‘zilgan barmoq ko‘rsatadi.
Induktsiyalangan EYUKning yo‘nalishini aniqlash uchun ko‘pincha Lents printsipini (Lents qoidasi yoki qonuni ham deyiladi) qo‘llagan ma'qul; induktsiyalangan EYUKni keltirib chiqargan sababga qarshi ta'sir etishga harakat qiladi.
EYUK ni kontur bilan tutashgan magnit oqimining o‘zgarishi orqali ifoda-lashning ancha umumiy ahamiyati bor. Uni hosil qilish uchun (32) formuladagi tezlik o‘rniga yo‘l Δx ning shu yo‘l bosib o‘tilgan vaqt Δt ga nisbati qo‘yiladi: =Δx/Δt binobarin,
lekin ko‘paytma — bu o‘tkazgich kesib o‘tgan yuza (41-rasm), -
2.15- rasm. O‘ng qo‘l qoidasi
shu yuzadan o‘tgan va o‘tkazgich kesgan oqim. Demak,
(33)
bunda ΔF ni EYUK induktsiyalanadigan kontur bilan tutashgan oqim F ning o‘z-garishi sifatida qarash mumkin; shunga asosan induktsiyalangan EYUK shu induk-tsiyalanish konturi bilan tutashgan magnit oqimining o‘zgarish tezligiga teng. Agar magnit maydonda harakatlanayotgan o‘tkazgich rezistor r ga tutashtirilsa, u holda induktsiyalangan EYUK konturda tok i hosil qiladi. Bu tok induktsiya-langan magnit maydon bilan o‘zaro ta’sirlashib o‘tkazgichning harakatlanishiga, ya'ni magnit oqimining o‘zgarishiga—EYUK paydo bo‘lish sababiga qarshi ta'sir etadigan mexanik kuchni vujudga keltiradi; xuddi ana shunda Lents printsipi namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |