ELEKTROMAGNETIZM VA ELEKTOMAGNIT INDUKTSIYA
ELEKTR TOKINING MAGNIT MAYDONI
Elektr toki o‘zini o‘rab turgan fazoda magnit maydon vujudga keltiradi. Bu maydon qator hodisalar yordamida aniqlanadi.
Magnit maydon magnit strelkasiga ta'sir etadi, strelka yukli o‘tkazgichga perpendikulyar joylashishga ingiladi (2.1- rasm, a). Qarton list orqali tokli sim o‘tkazib, karganga po‘lat qirindilar to‘kilsa, qirindilar sim atrofida kontsentrik aylanalar bo‘ylab joylashadi (2.1-rasm, b). Tokli o‘tkazgichlar bir-biridan itariladi yoki bir-biriga tortiladi. Zanjirda tok ta'sirida paydo bo‘lgan magnit maydon shu zanjirning har qaysi elementida magit oqim tutunishini xosil qiladi.
Tokning o‘zgarishi bilan oqim tutunish o‘zgaradi va zanjir elementlarida o‘zinduktsiya eyuk paydo bo‘ladi. Odam tutunishning element tokiga nisbati uning induktivlik kattaligini ifodalaydi.
|
2.1- rasm- Elektromagnetizm hodisasi:
a — tokli o‘tkazgich magnit strelkasiga ta'sir etadi, b — po‘lat qirindilar tokli o‘tkazgich atrofiga to‘planadi, v — tok zanjiri va o‘zinduktsiya eyuk uzilganda elektor yoyi paydo bo‘ladi.
|
|
O‘zinduktsiya eyuk zanjir uzilganda uzilgan kontaktlar orasida elektr yoyi hosil bo‘lishiga olib keladi (2.1- rasm, v), G’altakka parallel ulangan lampaning yonish kuchlanishi elektr energiyasi manbaining kuchlanishidan ancha katta bo‘lishiga qaramay, bu lampa ham o‘zinduktsiya eyuk ta'sirida birdaniga charaqlab ketadi. Nihoyat, g’altak ulanganda va uzilganda g’altakka tutashtirilgan, tokli zanjirdan izolyatsiyalangan, lekin tokning magnit maydondagi galvanometrning strelkasi og’adi — bu o‘zaro induktsiya xodisasining natijasidir.
Magnit maydonini istalgan nuqtasida uni xarakterlovchi asosiy kattalik magnit induktsiya B dir. Magnit induktsiya magnit mandon vujudga kelgan muhitning magnit xossalariga bog’liq. Magnit induktsiyaning qiymati moddaning tuzilishiga magnit holatiga bog’liq.
Tokli bitta kontur modda yo‘ldirilgan bo‘shliqda hamda vakuumda intensivligi turlicha bo‘lgan magnit maydon hosil qiladi. Bakuumdagi maydonni vektor H bilan xarakterlash mumkin, unga magnit maydon kuchlanganligi deb ataladi. Induktsiya B0 bilan vakuumdagi maydon kuchlanganligi H0 o‘zaro munosabatda bog’langan, bunda, Gn/m— magnit doimiysi.
Magnit induktsiyasi bilan magnit maydon kuchlanganligi qora shrift bilan belgilanadi, bundan maqsad ularining fizlk vektorlar ekanini ko‘rsatishdir, ya'ni ular faqat son qiymatlar bilan emas, balki fazodagi muayyan yo‘nalishi bilan ham aniqlanadi; bu kattaliklarning faqat qiymatlari (modullari) ko‘rib chiqiladigan hollarda ular odatdagi shrift bilan belgilanadi.
Magnit induktsiyaning magnit maydon kuchlanganligiga nisbati absolyut magnit singdiruvchanlik (myu) deyiladi :
Lekin ko‘p hollarda moddaning absolyut magnit singdiruvchanligi emas, balki nisbiy magnit singdiruvchanliga ko‘rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |