1.29-rasm. Hujayra, to‘qima va o‘simlik organlarini kultvatsiyalash turlari
1.30-rasm. Vektorlar . Dori vositalarini yangi texnologiyalar bilan olish hayvon organizmi hujayralari (maymun buyragi hujayralari kulturasi asosida) va fibroblastlar (inson donor qoni, suv chechak va poliomielitga qarshi vaksina ishlab chiqarish texnologiyasi mukamallashtirilgan) asosida ham amalga oshirish mumkin, bu o‘z navbatida sifatli profiliktik preparatlar bilan ta’minlanishga imkon berdi va tabiiy ospani yo‘qotilishiga olib keldi va poliomielitni mininmumgacha pasayish imkonini berdi. Hozirda, donor qonidan inson leykotsitlarini kultivatsiyalashga asoslangan interferon olish texnologiyasi ham muaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
Mikrodunyo bioob’ektlariga tez ko‘payish hususiyati xosdir (viruslar, bakteriofaglar)
Achitqilarni bo‘linishi 90 -120 daqiqada 1 marta amalga oshadi, bakteriyalarniki esa 20 - 60 daqiqada 1 marta amalga oshadi.
Mikrodunyo bioob’ektlariga tez ko‘payish hususiyati xosdir (viruslar, bakteriofaglar)
Achitqilarni bo‘linishi 90 -120 daqiqada 1 marta amalga oshadi, bakteriyalarniki esa 20 - 60 daqiqada 1 marta amalga oshadi.
YAngi texnologiyalarni qo‘llash orqali biologik faol moddalarni o‘simlik xom ashyosidan olishni yovvoy holda o‘suvchi o‘simliklari yig‘ib olish yoki plantatsiyalarda o‘stirish orqali olish bilan solishtirganda, quyidagi ustunliklarga ega;
1. xom ashyo sifatini nazorati;
2. Ajratish (ekstraksiya) va mahsulotni tozalash;
3. Konsentrlash;
4. Ishlab chiqarishni turg‘unligi;
5. Tibbiyot preparatini tayyor shaklini
tayyorlash imkoni.
Bularning hammasi ishlab chiqarish rentabelligini, narxini (pasayishini) va ishlab chiqarish ekologik jihatlarini belgilaydi.
Biotexnologiyada ishlatiladigan ba’zi bir terminlar
in vitro – (lotinchadan – «shisha ichida») – eksperimentlarni bajarishning shunday texnologiyasiki, bunda tajribalar «probirka ichida», ya’ni tirik organizmdan tashqarida bajariladi.
invivo – Tajriba tirik organizmda o‘tkaziladi (Odam yoki hayvon modelida).
in situ – Biologiyada bu tushuncha voqeilikni maxsus sharoitlarda olib bormasdan o‘z joyida va o‘z xolicha kuzatishdan iborat. Tirik xayvonlarni kuzatish yoki rasmga tushirish, organizmni tabiiy sharoitda kuzatilganligi (yoki rasmga tushirilganligi) aniq qanday va qaerdaligini bildiradi.
in silico - termini ko‘p xollarda biologik eksperimentlarni kompyuterli modellashtirishda ishlatiladi.
ex vivo (hayotdan olingan degani), bu «organizmdan tashqarida ro‘y berishini», ya’ni organizmdan ajratib olingan tirik to‘qima bilan sun’iy tashqi sharoitda tajriba o‘tkazishdan iboratdir.