ELEKTROFOREZ
Elektroforezda ajratilayotgan aralashma elektr maydoni joylashtiriladi, bunda elektr maydoniaralashmaning ionlashgan komponentlarini xarakatlanishini ta’minlab beradi.
Elektroforetik xarakatchanligidagi farq aralashma tarkibidagi komponentlarni fazoviy bo‘linishini ta’minlab beradi.
Elektroforezning zamonaviy variantlari to‘ldiruvchi gellarni hosil qiluvchi plastinkalar yoki kolonkalardan foydalanadi (agaroza, poliakrilamid, sefaroza, oksiapatit va b.q.).
DIFFUZION
Diffuzion ekstraksiya – bu tanlaovchan (selektiv) erituvchilar (ekstragentlar) yordamida qattiq va suyuq moddalar aralashmasini ajratishdir.
Ekstraksiyaning fizik mohiyati shundaki bunda ajratib olinayotgan komponent bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tadi.
Ekstraksiya jarayoni odatda ikki fazali tizimlarda olib boriladi:
- qattiq – jism – suyuqlik;
- suyuqlik – suyuqlik.
Qattiq - jism– suyuqlik fazasida – qattiq agregat holatidagi namuna eruvchi birikmalarni ajratib olish uchun erituvchi bilan ishlov beriladi (suv, organik erituvchilar: atseton, xloroform, geksan va b.q.)
Suyuqlik – suyuqlik fazadagi ekstraksiyada turli xil bir biri bilan aralashmaydigan erituvchilardan foydalaniladi (suv, geksan, xloroform, efirlar va b.q.).
Ekstraksiya samaradorligi quyidagilar bilan oshirilishi mumkin:
- optimal erituvchini tayyorlash;
-qayta ishlashni bir necha bor qaytarilishi;
-tizimni qizdirilishi;
-xaroratga nisbatan sezgir bo‘lgan BFM ni tozalashda krioekstraksiya usuli yoki past bosim ostida olib boriladi.
Ustunlilari:
- arzonligi;
- jarayonning va uskuna jixozlariningsoddaligi.
Kamchiligi:
- zararli organik erituvchilarni qo‘llanishi;
- katta hajmdagi erituvchilarni qo‘llash;
-erituvchidan maxsulotni ajratib olish uchun qo‘shimcha xarajatlar va eritmani regeneratsiyasi;
TEXNIK ISSIQLIK USULLAR YORDAMIDA BIRLAMCHI TOZALASH11.
Bug‘latish – ko‘pincha vakuum ostida, suyuqlikni qizdirish orqali eritmani qisman bug‘lantirib suyuq erituvchilarni konsentrlash jarayoni. Qator xollarda bug‘latilgan eritma kristallizatsiyaga uchratiladi. Bug‘latish natijasida olinadigan konsentrlangan eritmalar va qattiq moddalarni qayta ishlash osonroq va arzonroq, hamda saqlash va tashish osonroq bo‘ladi.
Termolobil bo‘lgan biologik faol moddalarni qayta ishlashda ishchi harorat vakuum ostida 40-50 0S na tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |