Steroid gormonlar– lipofil gurux signal moddalari bo‘lib, organizmni o‘sishi va reproduktiv funksiyalarini, hamda modda almashinuvini boshqaradi.
Inson organizmida 6 ta steroid gormonlar ishlab chiqariladi:
- progesteron;
- kortizol;
- aldosteron;
- testosteron;
- estradiol;
- kalsitriol (kalsiferolni eskirgan nomi).
Asosiy steroid preparatlar
- kortikosteroidlar (gidrokortizon, prednizolon);
- progestogenlar (progesteron, oksiprogesteron);
- androgenlar (testosteron, metiltestosteron);
Bu preparatlar og‘ir revmatoid kasalliklarda, branxial astma, turli yallig‘lanish jarayonlarida va surunkali teri kasalliklarini davolashdaqo‘llaniladi.
Steroid gormonlarni olish uchun xom ashyo
Yirik shoxli qora molning orqa va bosh miyasi sanoat xolesterinini olish uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi.
Ergosterin vitamin D ni provitamini hisoblanadi.Ergosterin asosan achitqi mikroorganizmlarida va non achitishda qo‘llanadigan achitqilarda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ergosterin xolesterindan farqli o‘laroq S-24 guruxida qo‘shimcha metil guruxi, hamda S-7 va S-22,23 xolatida qo‘sh bog‘lari borligi bilan farqlanib turadi. Stigmasterin soya yog‘ida, shakar qamishda mavjud bo‘lib, xolesterindan farqli S-24 holatda etil guruxi borligi bilan farqlanadi. β-sitosterin stigmasteringa o‘xshasha bo‘lib, faqatgina yon zanjirida qo‘sh bog‘i bo‘lmaydi.
β-sitosterin – steroid xom ashyoning eng iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan xilidir. Barcha o‘simliklarda va yog‘och chiqindilarida mavjud. Qimmatli xom ashyosi bu - shakar qamish va paxta yog‘idir.Steroid gormonlarni olish uchun xom ashyo
Diosgenin dioskorya o‘simliga tarkibida bo‘lib, qimatli xom ashyo turiga kiradi.
Solasodin ikki pallali ituzum o‘simligi tarkibida bo‘lib, bu ham qimmat hom ashyo qatoriga kirib sanoat miqsida ishlab chiqarilishi uchun norentabeldir.
Steroid gormonlarni ishlab chiqarishda sitosterinni qo‘llash uchun avval uni yon zanjiridagi sterinni yo‘naltirilgan xolda oksidlash va 17-ketoandrostan hosil qilish kerak bo‘ladi (AD), bu jarayonni Mycobacterium vacca mutant shtammlari yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Xosil bo‘lgan AD keynchalik kimyoviy usul bilan dorivor preparatga o‘tkaziladi - bu testosteron va uning efirlaridir:
- metiltestosteron;
- oksiprogesteron;
- kapronat;
- sterinolakton va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |