Insulin olinishi
Insulin sintezining sxemasi
Iz yadra
V-DNKk-DNK iz cheloveka
xim. sintez
RNK revertaza
R-RNK
Shunday qilib mikrobga genni kiritish orqalizarur bo‘lgan gormonni olish mumkin. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, 1 kg eritropoetin yordamida butun Er shari aholisini anemiyadan davolash mumkin, 10 kg samatotropin esa ayollarni yoshartirishiuchun etarlidir.
GORMONLAR OLISHNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI
Inson o‘sish gormoni (somatotropin)
Somatotropin birinchi bo‘lib 1963 yilda gipofizning oldingi bo‘lagidan ajratilgan va tozalab olingan. Ushbu gormonni etishmasligi natijasida – gipofizar pakanalik (karlik) kasalligiga olib keladi (5000 ta odamdan 1 tasida uchraydi).Gormon tur spetsifikligiga ega.
Inson o‘sish gormoni 191 aminokislota qoldig‘idan iborat.
Ushbu gormonni hayvonlar xom ashyosi gipofizdan oddiy usulda etarli miqdorda olib bo‘lmaydi.
Bitta gipofizdan tayyor farmatsevtik preparat hisobidan 4-6 mg gacha gormonni olish mumkin. Pakanakilni davolash uchun yil dovamida xaftasiga 6 mg preparat kerak bo‘ladi.
- genmuhandisligi preparati bir qancha ustunliklarga ega;
- katta miqdorlarda olish mumkin;
- gomogen bo‘lib, tarkibida viuslarni saqlamaydi.
Samatotropin sintezi birinchi bo‘lib 1979 yilda AQSH da Geddel va xammualliflari tomonidan amalga oshirilgan («Genentek» kompaniyasi).
1 ml kulturadan gormonning so‘nggi chiqishi 2,4 mkg ni tashkil etadi, bu digani 1 ta hujayraga 1mln. gormon molekulasi to‘g‘ri keladi digani.
Hosil bo‘lgan gomonning polipeptid zanjirining uchida metioning qoldig‘i bo‘lib, sezilarli ravishda biologik faolikka ega bo‘lgan.
1980 yilda shu narsa isbotlab berildiki, genmuhandisligi yo‘li bilan olingan somatotropin gormoni nativ gormon faolligiga ega bo‘lgan.
1984 yilda «Genetek» (San-Fransisko) kompaniyasi tomonidan toksiklikka nisbatan ko‘p bor olib borilgan klinik tadqiqotlardan so‘ng bakterial somatotropinni keng qamrovli ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yildi.
1990 yilga kelib gormonning tannarxi 5 doll/birlikka arzonlashdi. Hozirgi vaqtda gormon chorvachilikda uy hayvonlarini go‘shtini oshirishda, sut miqdorini oshirishda va h.k. larda qo‘llanishni boshladi. Interferon birinchi bo‘lib 1957 yilda Londondagi Milliy tibbiyot institutida, virus infeksiyalariga nisbatan turg‘un bo‘lgan omil sifatida kashf qilingan.
Virus ta’siriga uchratilgan hayvon hujayralari muhitga virus infeksiyaga nisbatan turg‘unlikni beruvchi omilni ajratishlari aniqlangan.
Bu omil virusni hujayrada kupayishiga to‘sqinlik qilgan (interferirlagan).
Do'stlaringiz bilan baham: |