Intenferonlarning uch guruhi ma’lum:
1. α (alfa-interferonlar, α-I), bu interferonlar turi viruslarni leykotsitlarga ta’sir etganda hosil bo‘ladi;
2. β (beta-interferonlar, β-I), bu interferonlar turi viruslarni fibroblastlarga ta’sir etganda hosil;
3. λ (gamma-interferonlar, λ-I), bakterial va virus antigenlar ta’siriga, hamda yuza determinant limfotsitlarga qarshi zardoblarga nisbatan T-limfotsitlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Interferonlar og‘ir kasallklarni davolashda qo‘llaniladi:
- o‘tkir virusli gepatit;
- tarqalgan skleroz;
- osteosarkom;
- mieloma;
halqum, o‘pka va miya shishlarini davolashda.
I nson o‘sish gormoni (somatotropin) ni olish
Interferon olinishi
Davolash uchun mo‘ljallangan interferonlarni turga xosligini inobatga olgan xolda, preparatlarni odam va hayvon xujayralaridan olish zarur.
An’anaviy usulda ularni odam va hayvon qonidan ajratib olinadi (1 l qondan 1mkg interferonni ajratib olish mumkin, ya’ni bir in’eksiya uchun zarur bo‘lgan doza).
So‘nggi vaqtalargacha interferornning sanoat miqyosida eng katta qismi Finlyandiya va Fransiyada ishlab chiqargan.
1990 yildan boshlab YAponiyada limfoblastoid xo‘jayralardan limfoblastoid interferon olinishi yo‘lga qo‘yilgan.
Bu maqsadda mazkur hujayralar kulturasi Senday virusi bilan rag‘batlantiriladi, shundan so‘ng interferon ajratib olinatgan interferonga qarshi monoklonal antitelolar bilan to‘ldirilgan xromatografik kolokalar yordamida ajratib olingan.
SHvetsiyada labroblastlar 2000 l xajmdagi fermentyorlarda o‘stirilagan, olingan interferon esa monoklonal antitelolar yordamida tozalab olingan.Embrion to‘qimalaridan olinadigan fibroblastlar, xujayralar kulturasida o‘stirish mumkin, va o‘z navbatida bu uni ommaviy ishlab chiqarishiga imkon beradi. β-interferon olish usuli Angliyada ishlab chiqarilgan.
YUqorida keltirib o‘tilgan interferonni olinish usullari quyidagilar bilan xarakteralanadi:
-kam chiqishi;
- qimmatliligi;
-preparatni etarli darajada toza bo‘lmasligi.
Interferonni olinishini nisbatan istiqbolli usuli – interferonni genetik tuzilgan mikrorganizmlar yordamida olishdir. Teskari transkripsiya orqali olingan DNK E. Coli da klonlash orqali olingan.
Bu o‘z navbatida interferonlarni nazariy va amaliy tadqiq etishda revolyusion hodisalardan bo‘ldi.
Interferon olinishi
Bu usul quyidagi elementlardan tashkil topgan:
- odam interferon geni vektor DNK ga kiritiladi;
- unga bakterial regulyator elementlar biriktiriladi, ular bakterial xujayrada transkripsiya vatranslyasiyani programmalashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |