TRIPTOFANNING OLINISHI
Triptofanning kimyoviyfermentativ usulida olinishi indol, ammiak va pirouzum kislotaning to‘g‘ri kondensatsiyalanishiga asoslangandir:
Reaksiyani triptofanaza, gidrolaza, degidrogenaza, liaza, ligaza, izomerazalar bilan katalizlash mumkin.Fermentlar tabiatda keng tarqalgan.Ular E. coli, Bacillus albei, Proteus rettgeri bakteriyalarida aniqlangan va substratli spetsifiklikka ega.
L-triptofandan tashqari uning substrati sifatida L-sistein, S-metil-sistein, R-xlor-L-alanin, L-serin lar ham hizmat qilishi mumkin
Triptofanni kimyoviy-enzimatik usulda olinishi natijasida aminokichlotani chiqishi 63 g/l ni tashkil etadi.
Kimyoviy-fermentativ usul bilan L-asparagin kislotasi, L-alanin, L-glutamin, L-lizin, L-tirozin, L-triptofan, L-sistein, L-fenilalanin, L-metioninlar ham olinadi.Mikrobiologik usul bilan solishtirganda bu usul nisbatan spetsifikdir. Bunda aminokislotalar yot moddalardan va suyuqliklardan tozalashni talab etmaydi. Biroq xom ashyoni va fermentativ preparatlarni narxi bo‘yicha mikrobiologik usuldan ustunroqdir.
Ushbu usul istiqbolli va tejamliroq hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda 60% ishlab chiqarilayotgan barcha yuqori darajada toza bo‘lgan aminokislotalar ushbu usulda olinadi.
Afzalligi – qayta ishlatilayotgan xom ashyo asosida aminokislotalarni olish imkoniyati. Mikrobiologik usulda aminokislotalarni olinish jarayonlarining o‘ziga xos jihati shundaki, boshqa biotexnologik ishlab chiqarishlar kabi to‘liq xolatda chiqindi mahsulotlarini ham qayta ishlatilishidir, bu o‘z navbatida ularning ko‘pchiligini chiqindisiz va ekologik toza texnologiyalarga aylantiradi.
Masalan: qimmatli ingredientlarni: oqsil, aminokislotalar qoldig‘i, vitaminlar, mineral tuzlar va mikroelementlarni o‘zida saqlagan mikroorganizm-produtsentlar cho‘kmasi va yuvindi suvlar quritiladi va qishloq ho‘jaligida oziqa preparatlari sifatida ishlatiladi.
Mikroorganizmlar hujayralarida lizin asparagin kislotasidan sintezlanadi va uchta aminokislota lizin, metionin va treonin biosintezning shoxlangan metabolizm yo‘lining so‘nggi maxsuloti hisoblanadi.
L-lizin produtsentlari – Brevibacterium flavum va Corynebacterium glutamicum – asparakinaza fermenti allosterik oqsil bo‘lib, L-treonin va L-lizinning ikkilamchi mahsulotlarining ingibirlanishiga nisbatan sezgir hisoblanadi.
Ohirgi xolatda kultura muhitida biotin tanqisligi yuzaga keltiriladi (1-5 mkl/l), penitsillin qo‘shiladi (2-4 mkg/l), detergentlar (tvin-40 va tvin-60) yoki yuqori yog‘ kislotalari unumlari (palmitatlar, stearatlar) qo‘shiladi.
Biotin xujayra membranasida fofsfolipidlar miqdorini nazorat etadi, penitsillin esa bakteriya hujayra devorini biosintezini buzadi, bu o‘z navbatida muhitga aminokislotalarni chiqishini kuchaytiradi.
Uglerod manbai - glyukoza, saxaroza va kam hollarda fruktoza va maltoza.
Ozuqa muhitini tannarxini pasaytirish maqsadida uglerod manbai sifatida ikkilamchi xom ashyo qo‘llaniladi: lavlagi melassasi, sut zardobi, kraxmal gidrolizatlari.
Bu jarayonni texnologiyasini takomillashtirish maqsadida sirka kislotasi (1,5 % gacha), propion kislotasi, metanol, etanol (1 % gacha) va parafinlar asosida yaratilgan arzon sintetik ozuqa muhitlari ishlab chiqilmoqda
Azot manbalari - mochevina va ammoniy tuzlari (sulfatlar va fosfatlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |