Mikrob lipidlarini olinish texnologiyasi Lipid manbalari sifatida mikroorganizmlar hizmat qilishi mumkin, bu mikroorganizmlar hosil qilgan lipidlar mahsus qayta ishlash jarayonlaridan so‘ng sanoatning turli sohalarda qo‘llanishi mumkin:
- tibbiyot;
- kimyo-farmatsevtika;
lak-bo‘yoq
shina va boshqa sohalarda.
Bu o‘z navbatida hayvon va o‘simlik moylarini sarflanishini kamaytiradi.
Qo‘llanishi 14-18 uglerod atomlar soniga ega bo‘lgan tozalangan monokarbon kislotalar sovun olishda, shina, kimyoviy, lak-bo‘yoq va boshqa sanoat sohalarida qo‘llaniladi.
Oddiy lipidlar metallarning sovuq va issiq ishlov berish jarayonlarida texnologik surtmalar sifatida qo‘llaniladi.
Fosfolipidlar konsentrati esa moylarga zanglashga qarshi vosita sifatida qo‘shilib va turli metallarni flotatsiyasida qo‘shimcha tarzida qo‘llaniladi.
Olinishi Mikrob lipidlarini olishning texnologik jarayoni o‘z ichiga ajratish jarayonini olib, bunda lipidlar qutibsiz eritmalar ishtirokida ekstraksiyalash usuli bilan hujayra massasidan ajratib olinadi (benzin yoki efir).Bunda bir vaqtning o‘zida ikkta tayyor maxsulot olinadi mikrob yog‘i (biomoy) va yog‘sizlantirilgan oqsil preparati (bioshrot).Bu jarayon uchun ham hom ashyo sifatida ozuqa biomassasini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan ozuqalardan foydalaniladi. Turli ozuqa muhitlarida mikroorganizmlarni kultivatsiyalash jarayonida uch sinfga mansub lipidlar hosil bo‘ladi: oddiy, murakkab va ularning xosilalari.Neytral lipidlarning eng katta miqdorini achitqilar va mitselial zamburug‘lar sintezlaydi. Murakkab lipidlarning asosiy produtsentlari asosan bakteriyalar hisoblanadi.
Mikroorganizmlar – lipid produtsentlari Achitqilarda lipid hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat:
birinchi - kultura muhitini azot bilan kuchli boyitish sharoitlarida oqsilni tez hosil bo‘lishi, bu jarayon lipidlarning sekin to‘planishi bilan birga boradi (asosan glitserofosfatlar va neytral yog‘lar)
ikkinchi– achitqilarning o‘sishini to‘xtashi va lipidlarning intensiv to‘planishi (asosan neytral yog‘lar)
Tipik lipid hosil qiluvchilarga Cryptococcus terricolus achitqilari kiradi.Ular har qanday sharoitda, xatto oqsil sintezi uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda ham yog‘larning katta miqdorini sintezlay oladi (quruq massadan 60% gacha). Lipid hosil qiluvchi boshqa achitqilarning ichida alkanlarni utilizatsiyalovchi S.guilliermondii achitqi shtammlari sanoat jihatidan qiziqish uyg‘otadi. Bu turdagi achitqi shtammlari asosan fosfolipidlarni sintezlaydi. Lipomyces lipoferus va Rhodotorula gracilis turidagi achitqilar lipidalarning katta miqdorini to‘plab va uglerodli substratlarda faol ravishda rivojlanadilar (melassa, torf va yog‘och gidrolizatlarida). Bu turdagi achitqilarda lipogenez kultivatsiya sharoitlariga bog‘liq bo‘lib va triatsilglitseridlarning sezilarli miqdorini to‘playdilar (70% gacha).