O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja


Mavzularni mustafikamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 361,64 Kb.
bet55/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Mavzularni mustafikamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Rossiyada ijtimoiy ish kasb sifatida qachon paydo bo ‘Igan?
2. Rossiyada ijtimoiy ishni qanday ehtiyoj kasb sifatida tan
olishga sabab bo ‘Igan?
3. Rossiyada ijtimoiy ish xodimining kasbiy faoliyat yo ‘nalish-
lariga ta ’r if bering?
8.2.Mavzu: Ijtimoiy ish xodimlari britaniya
assotsiatsiyasi axloq kodeksi
1.Buyuk Britaniyada ijtimoiy ish sohasining mazmunmohiyati.
2 Ijtimoiy ishning asosiy qadriyatlari. Inson qadrqimmati va qadriyat.
3 Ijtimoiy adolat. Insonparvarlikka xizmat qilish.
4 Inson huquqlari. Kompetentlik tushunchasi.
Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ishni rivojlantirish bilan bog‘liq to‘plangan tajribani o‘rganish, uni anglash va undan foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Buyuk Britaniyada ijtimoiy yordamning tarixiy rivojlanish bosqichlari xristian dini tarqalishi bilan ijtimoiy masalalarga doir me’yoriy-hujjatlar qabul qilinishidan boshlangan. 347-yilda Sardukiy bosh cherkovida (G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyasi chegarasida) faqirlar, yetimlar, bevalar va musofirlarga yordam
ko‘rsatish bo‘yicha o‘n ikkita qoida qabul qilindi. Shu bilan birga ushbu qoidalarda xayr-ehson tarqatishda, faqirlarni ovqat bilan ta’minlashda o‘z aksini topgan boshpana va oziq-ovqat berish tizimi ustuvor o‘rin egallaydi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI-XVII asrlarda ijtimoiy yordam davlat tizimi rasmiylashtirilishi davlat rolining oshishi va ayni bir vaqtda xristian cherkovi
faolligining pasayishi bilan izohlanadi. Angliyada 1531-yilda nochorlarga yordam berish to‘g‘risida qonun qabul qilinadi, 1572-yida faqirlarga yordam ko‘rsatish uchun umummilliy soliq joriy etiladi. 1601-yilda Angliyada qabul qilingan Kambag‘allik to‘g‘risidagi qonunda muhtojlarga moliyaviy yordam berishga urg‘u berildi. Bu qonun mazkur sohada qonunchilikni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi va hukumatning inson ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish yasadi.338XVIII asr oxiri - XIX asr boshida G'arbiy Yevropa mamlakatlari sanoatida tub burilish davri boshlanib, ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashibgina qolmay, balki ijtimoiy muammo- laming keskinlashishiga, ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga, jinoyatchilik va ishsizlikning o‘sishiga olib keldi. Ushbu davrda Buyuk Britaniyada qashshoqlik bo‘yicha qo‘llanma joriy etiladi, 1834-yilda nochorlarga yordam ko‘rsatish tartibga solingan maxsus qonunchilik (Poor Laws) qabul qilinadi.XVIII asr oxiri - XIX asr boshida G‘arbiy Yevropa mamla­katlari sanoatida tub burilish davri boshlanib, ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashibgina qolmay, balki ijtimoiy muammolaming
keskinlashishiga, ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga, jinoyat­chilik va ishsizlikning o‘sishiga olib keldi. Ushbu davrda Buyuk Britaniyada qashshoqlik bo‘yicha qo‘llanma joriy etiladi, 1834-yilda nochorlarga yordam ko‘rsatish tartibga solingan maxsus qonunchilik (Poor Laws) qabul qilinadi.Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishni kasb sifatida paydo bo‘lishiga ijtimoiy muammolaming keskinlashishi qashshoqlar muammosi kelib chiqishi ma’lum darajada sabab bo‘ldi. Ushbu muammolar jamoatchilik tomonidan haqli ravishda barqarorlikka va tartibga
tahdid sifatida qabul qilindi. Bu holat nafaqat G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sohadagi munosabatlarni tartibga soladigan ijtimoiy qonunchilikning paydo bo‘lishiga, balki aholining turli guruhlarini empirik o‘rganishga olib keldi. XIX asr boshida aholi ro‘yxatga olina boshlandi, turli ijtimoiy muammolar tekshirildi, tahliliy ifodalab berildi. Biroq XIX asr oxiridagina ijtimoiy islohot- chilar va xayriya tashkilotlari yetakchilari nochorlarga yordam ko‘rsatadigan odamlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak degan xulosaga keldi. 1869-yilda Londonda ko‘rsatilayotgan yordamni muvofiqlashtiruvchi Xayriya jamiyati tashkil etildi (The Charity Organization Society). Shu bilan bir vaqtda faoliyatning yangi turlari (The settlement house movement) Angliyadagi muhojirlar uchun manzilgohlar tashkil etilgan settlment harakati paydo bo ldi.XIX asr oxiri - XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillari qarashlari sanoati rivojlangan mamlakatlarda shaxsning maqbul hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib bera339olmaydigan davlatning shaxs oldida javobgarligi va ma’naviyburchi to‘g‘risidagi tushuncha paydo bo‘lishiga ko‘maklashdi.1946-1948-yillarda Buyuk Britaniyada aholini ijtimoiy himoyasi doirasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazildi. Buning natijasida barcha aholi qatlamlari tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga, oilaviy yordamlar olishga, yoshga doir nafaqa olishga erishildi.Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimi ustuvorliklari o‘zgarishini belgilab bergan omillar orasida tug‘ilishning kamayishi va umming uzayishi natijasida aholining tez qarishi qayd etiladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchragan iqtisodiy qiyinchiliklar va ularning oqibatlari davlatning bir qancha ijtimoiy dasturlarini to‘xtatishiga katta ta’sir o‘tkazdi. Iqtisodiy inqiroz o‘sib boruvchi byudjet taqchilligi, ishsizlar va qashshoqlar sonining ortishi, aholining qarishi, to‘liq bo‘lmagan oilalar sonining oshishi va boshqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o‘zgarishlarga olib keldi.Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo‘lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishning asosiy turlarini keyingi yillarda an’anaviy tarzda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
guruhlarga bo‘linadi:
a) ijtimoiy sug‘urta;
b) ijtimoiy ta’minot;
d) ijtimoiy yordam.
Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo‘lish uchun shu ish yo‘naltirilgan obyekt asos vazifasini bajaradi.Buyuk Britaniyada: a) individ bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; b) o‘xshash vaziyatlarga tushib qolgan odamlar guruhi bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; d) jamoa bilan olib boriladigan ijtimoiy ish.Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish turlarining kelib chiqishi ko‘p jihatdan mamlakatlar taraqqiyotidagi madaniy va milliy xususiyatlar, turli ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatlari, ijtimoiy ong, madaniyat, fan, ta’limning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.Har bir mamlakatdagi davlatning ijtimoiy ko‘mak berish tizimi shu yerdagi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘lib, bajarilayotgan vazifalaming o‘xshashligi va bir xilliligiga340qaramasdan ulardagi yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda tafovut mavjud. Bu tafovutlar ijtimoiy ishdagi Yevropa va Amerika modellarini qiyoslaganda ko‘zga ayniqsa yaqqol tashlanadi.Bugungi kunda Buyuk Britaniya aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egallaydi. Ushbu masalalarga ajratilayotgan davlat xarajatlari 30 % dan ortig‘ini tashkil etmoqda.Yevropa qit’asida ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi uzoqroq tarixga ega. U jamoalar o‘rtasidagi (jamoalararo) aloqalar uzilishiga bog‘liq tarzda shakllandi. Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta’minot dasturlarini amalga oshirish, turli ijtimoiy guruhlami qo‘llab-quvvatlash uchun moljallangan rasmiy tuzilmalaming yaratilishida davlat
tashabbuskor bo‘ldi. Amerikaga ko‘chib borganlar uchun xos belgi esa o‘zining kuchiga, shaxsiy tashabbusga va davlat tuzilmalarining ta’sirini maksimal darajada kamaytirishga intilish bo‘ldi. Bunday individualistik yondashuv hozirgi kungacha aholini ijtimoiy muhofaza qilishda unchalik katta rol o‘ynamaydigan Buyuk
Britaniyada davlat ijtimoiy siyosatining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Buyuk Britaniyadagi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining xususiyati va Yevropa modellaridan asosiy farqi uning nomarkazlashtirilganidadir.Boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan turli ijtimoiy dasturlardan iborat. Bundan tashqari, alohida dasturlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Bunday yondashuv muayyan mintaqada ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojni yetarlicha to‘la va tezkor aniqlash imkonini beradi.Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ta’minot davlat tizimi ikki shaklga asoslanadi: ijtimoiy sug‘urta va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak, ular o‘zaro moliyalashtirish manbalari bilan farqlanadi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar mehnatkashlardan ham, tadbirkorlardan ham olinadigan ijtimoiy sug‘urta solig‘i shakllan- tiradigan sug‘urta jamg‘armalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat tomonidan beriladigan ko‘mak federal byudjet mablag‘lari, shtatlar byudjeti yoki mahalliy hokimiyat organlari byudjetlari mablag‘i liisobidan amalga oshiriladi.Buyuk Britaniyaning ijtimoiy sug‘urta haqidagi qonuniga ko‘ra ijtimoiy sug‘urtaning ikki turi: qarilik nafaqasi va ishsizlarga to‘la-341nadigan yordam puli belgilangan. Qonunda kambag‘allaming ba’zi toifalari, birinchi navbatda nogironlar va yetimlarga yordam berish ham ko‘zda tutilgan. Vaqt o‘tib borishi bilan ijtimoiy sug'urtaning yangi
shakllarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan ko‘plab tuzatishlar kiritib borildi: boquvchisini yo‘qotganda beriladigan nafaqa; ishlab chiqarishda shikastlanish bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotish tufayli beriladigan nafaqa; 65 va undan katta yoshlilarga beriladigan tibbiy sug‘urta huquqi va boshqalar.Ijtimoiy muhofazaning Buyuk Britaniya davlat tizimidagi yana bir tarkibiy qism kambag‘allarga beriladigan ko‘makdir. Bu tizim 60-yillardan boshlab keng rivoj topdi. Ijtimoiy sug‘urtadan farqli o ‘Iaroq, ijtimoiy ko‘mak tizimida yordam olish uchun oldindan maxsus to‘lanadigan badallar talab qilinmaydi. Uni olish uchun asosiy mezon - muhtoj lik.Ko‘mak berish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: kafolatlangan daromadni ta’minlash, yordamga muhtoj bolali oilalarni qo‘llab- quwatlash, oziq-ovqat, turar joy va tibbiy yordam ko‘rsatish.Kafolatlangan daromadni ta’minlash dasturi keksayib qolganlar va nogironlarni qamrab oladi. Aholining bu toifasiga federal huku­mat ular uchun kafolatlangan daromad deb ataladigan yashash vositalarining minimumini ta’minlash maqsadida pul mablag‘lari to‘laydi. Bu mablag‘lar «qashshoqlik chegarasi»ga to‘g‘ri keladigan summaning taxminan 60 % ini tashkil qiladi.Bolali oilalarga yordam dasturi kam daromad oladigan, oila boshlig‘i, eridan ajralgan yoki yolg‘iz beva bo‘lgan ko‘p bolali oilalarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.Oziq-ovqat yordami doirasida muhtojlarga oziq-ovqat talonlari berish juda keng tarqaldi. Ular bepul yoki arzonlashtirilgan narxlarda beriladi. Boshqa oziq-ovqat dasturlari - maktab nonush- talari, bir yoshgacha bolasi bor onalarga beriladigan yordam va boshqalar. Turar joy subsidiyalari kam daromadli oilalarga beriladi. Ijtimoiy sug‘urtaning xususiy tizimlari davlat tizimini to‘ldirib turadi va ular muayyan muruvvatlar yordamida davlat tomonidan tartibga solinadi. Buyuk Britaniyada xususiy sug‘urtaning ikki turi - ish joyidagi jamoaviy va individual turlari mavjud. Yetakchi shakl jamoaviy shakl hisoblanadi. Kasaba uyushmalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi jamoaviy shartnomalar odatda, muayyan ijtimoiy342to‘lovlar va kafolatlarni ko‘zda tutadi. Sug‘urtaning shunga o‘xshash turlari kasaba uyushmalari bo‘lmagan ko‘pgina sohalar va firmalarda ham mavjud.Mehnatkashlaming katta qismi uchun xususiy nafaqalar muhim ahamiyatga ega. Jamg‘armalarning sezilarli o‘sishiga qaramasdan xususiy nafaqa tizimi davlat tizimiga qaraganda uch marta kamroq shaxslarni qamrab oladi. Gap shundaki, davlat nafaqalari miqdorini hisoblaganda ish joyidan qat’i nazar, umumiy staj hisobga olinadi, xususiy nafaqaga ega bo‘lish uchun esa ishchi yoki xizmatchi bitta firmada odatda, kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lishi lozim. «Korporatsiya» maxsus federal agentligi xususiy pensiya- laming kafolati sifatida amaldagi pensiya jamg‘armalarining to‘lov qobiliyatini kuzatib boradi va kompaniyalar bankrotlikka uchragani taqdirda, ularning qatnashchilariga beriladigan to‘lov miqdori va tartibini belgilaydi.Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy qonunchiligi Amerika qonunchiligidan davlatning ijtimoiy siyosat yo‘nalishlarini belgilash, rejalashtirish, moliyalashtirish va hayotga tatbiq etishdagi
ishtirokining yuqoriroq darajasi bilan farqlanadi. Bunda ijtimoiy xizmatlami ko‘rsatishdagi mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining muhim roli hamda aholining ko‘proq qismini ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari bilan qamrab olinishini ta’kidlash lozim.Ijtimoiy ish xodimlari Britaniya Assotsiatsiyasi - bu Birlashgan Qirollikdagi ijtimoiy ish xodimlarining professional assotsiatsi- yasidir. Uning majburiyatiga a’zolar tomonidan axloqiy majburiyat­lami bajarilishini hamda ularga xizmatdan foydalanuvchilaming huquqlarini ta’minlash va himoya qilishlari uchun lozim bo‘lgan kasbiy huquqlarini imkon darajasida ta’minlash kiradi.Assotsiatsiya Axloqiy Kodeksining birlamchi maqsadi ijtimoiy ishga xos bo‘lgan qadriyatlar va tamoyillami bayon qilish va axloqiy amaliyot uchun ko‘rsatma berish. Kodekslar barcha a ’zolar uchun majburiy va Kodekslar orqali Assotsiatsiya Birlashgan Qirollikdagi barcha ijtimoiy ish xodimlari va ish beruvchilarining diqqatini jalb qilinishiga umid bog‘laydi.Assotsiatsiya ijtimoiy ishning Ijtimoiy Ish xodimlari Xalqaro Federatsiyasi va Ijtimoiy Ish Maktablari Xalqaro assotsiatsiyalari343tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi ta’rifini qabul qildi. Bu dunyoning har bir hududidagi barcha ijtimoiy ish amaliyotchilariga taalluqlidir. Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o‘zgarishlarga, insoniy munosabatlar muammolami hal qilishga, shuningdek odamlaming farovonligini oshirish uchun imkoniyatlaming taqsimlanishiga va ozod bo‘lishiga ko‘maklashadi. Insoniy xulq-atvor va ijtimoiy tizimlar haqidagi nazariyalardan foydalanib, ijtimoiy ish odamlamiig atrofdagilar bilan o‘zaro aloqadorlikka kirishgan joylarda yuzaga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosi bo‘ladi. (2001).Ijtimoiy ish amaliyoti insonparvarlikka, halollikka va kompitent- likka xizmat qilish yo‘li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga ham, ijtimoiy adolatni ta’minlashga ham ko‘maklishishi kerak.Inson qadr-qimmati va qadriyatHar bir odam o‘ziga xos betakrordir. Barcha odamlar boshqalaming huquqlarini kamsitmaydigan darajada ijtimoiy farovonlik, o‘z-o‘zini namoyon etish va o‘z hayotini nazorat qilish huquqiga ega.Tamoyillari: Ijtimoiy xizmat xodimlari quyidagilarga amal qilishga majburlar:a) BMT Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida va mazkur deklaratsiya asosidagi boshqa kelishuv hujjatlarida qayd etilgan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish.b) barcha odamlarga hurmat ko‘rsatish va xizmatdan foydalanayotgan shaxslaming ishonchi, madaniyati, maqsadlari, ehtiyojlari, qadriyatlari, o‘zaro munosabatlari va xususiyatlari va muayyan (guruhlarga) mansubliklariga e’tiborli bo‘Iish.d) xizmatdan foydalanayotgan shaxslaming qadr-qimmati, individualligi, huquqlari va majburiyatlarini himoya qilish va rag‘batlantirish;e) individual farovonlik va avtonomlikni rag‘batlantirgan holda boshqa odamlaming huquqlarini lozim darajada hurmat qilish;f) xizmatdan foydalanayotgan shaxslaming huquqlarini hurmat
qilish, asoslangan qarorlar qabul qilish, xizmatdan foydalanayotgan shaxslarni va xizmat ko‘rsatayotgan shaxslarni rag‘batlantirish, qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish; g) xizmatdan foydalanayotgan shaxslarni cheklash hamda vilami
va boshqalarni himoya qilish maqsadida ular ustidan hukmronlik qilishni ham qamrab olunuvchi xizmatdan foydalanunchilar muho- fazasini ta’minlash.Ijtimoiy adolatIjtimoiy adolatni ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar yomon sharoitlarni kamaytirishga va ularni yengish strategiyasini qo‘llab- quvvatlashni anglash va intilish masalalarini qamrab oladi.Tamoyillari:Ijtimoiy adolat quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
a) insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun lozim bo‘lgan resurslarning adolatli va teng taqsimlanishi;
b) insoniy potensialga erishish uchun ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlarga nisbatan teng imkoniyatlarni yaratish;
d) individuumlar, oilalar, guruhlar va jamoalarning huquq va majburiyatlarini tan olish;
e) qonun tomonidan bir xil munosabat va muhofaza muhitini yaratish;
f) insonning zamonaviy va kelajakdagi farovonligi manfaatlari yo‘lida ijtimoiy rivojlanish hamda atrof-muhitni boshqarish.Insonparvarlikka xizmat qilishInson farovonligi va ijtimoiy adolat yo‘lida xizmat qilish ijtimoiy ishning eng birinchi maqsadi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilarni qamrab oladi:
Shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish;
Odamlaming imkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Adolatliroq, jamiyat yaratish ishiga o‘z hissasini qo‘shish.
Tamoyillari:
Ijtimoiy ish xodimlari quyidagilarni bajarishga majburlar:
a) Milliy yoki xalqaro axloqiy kodekslarga mos ravishda o‘z amaliyotining axloqiy majburiyatiga ega bo‘lish;
b) 0 ‘z majburiyatini bajarish hamda hayotiy adolat tamoyillariga amal qilish davomida insonparvarlikka xizmat qilishni shaxsiy maqsad, fikr va foydadan ustun qo‘yish;
d) Taklif etilayotgan va ko‘rsatilayottan xizmatlarni mos madaniyatlarga xos tarzda ta’minlashga intilish.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish