O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet53/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Pedagogik xizmatlar:
- bolalar qiziqishlarini himoya qilishda pedagogik yordam berish;
- bolalarda muloqot va emotsional doirasidagi ko‘nikmalami o‘stirish bo‘yicha guruhiy ish yuritish;
- nutqni rivojlanmagan, autizm, nevrozga uchragan bolalarga korreksion yordam berish;
-bolalaming madaniy dam olish faoliyatiga ko‘maklashish;
- nogiron bolalarni uyda o‘qitishni tashkil etishda amaliy yordam berish;
- nogiron bolalaming o‘yin va o‘quv faoliyatini tashkil etishning usullarini ota-onalarga o‘rgatish.
H) Ijtimoiy tibbiy xizmatlar:
- muhtoj shaxslarni, shu jumladan bolalarni statsionar tibbiy narkologik muassasalariga yo‘nalIashda ko‘mak berish;
- oilada, jinsiy munosabatlarni va psixojinsiy buzilishlarni bartaraf etishni astalashtirish, sog‘lom turmush tarzini tarbiyalashda maslahatlar berishni tashkil etish;
- nogiron bolalarni zaruriy yordam beruvchi vositalar bilan ta’minlashda ko‘mak berish;
-jismoniy yoki aqliy imkoniyatlar cheklangan bolalari bo‘Igan oilalarda patronaj yordam;
- ota-onalarga nogiron bolasiga qarashni o‘rgatish;
- homilador va emizikli bolalari bo‘lgan ayolami uylariga borib, doimiy ravishda tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatish'.
Ijtimoiy xizmat hodimlarining asosiy vazifasi ijtimoiy ishning ijtimoiy psixologik, ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa metodlar yordamida me’yoriy hayot faoliyatiga xalaqit beruvchi muammolarni anglashda oila a’zosiga yordam berish (yoshi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar). Bu yerda oila a’zosining reabilitatsiya darajasi, ya’ni uning mehnat faoliyatiga avvalgi qobiliyatini tiklash, uni jamiyatga qaytarish samara o‘lchovi bo‘ladi.Biz qarab chiqayotgan konkret ijtimoiy psixologik xizmat aholining turli kotegoriyalari bilan o‘zaro harakatda bo'ladi. Oldindan yordamga muhtoj bolalar va o‘smirlar doirasini belgilab olinadi; shuningdek ota-onalarga, yolg‘iz onalarga, maktab325o'qituvchilariga - bola muhitidagi barcha yordam ko‘rsatiladi; hayot qiyinchiligini bartaraf etilishida manfaatdor kishilarni qo‘shgan holda guruhlar tuziladi: xulq-atvorida psixologik qiyinchiliklari bor bolalaming ota-onasiga ko‘mak berish guruhi-zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar va bolalarga; nogiron bolali ota-onalarga; ko‘p bolali ota-onalarga, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ishlovchi o‘qituvchilarga. Madad (o‘zaro yordam) guruhlari xizmat xodimlari tomonidan maqsadga muvofiq tuziladi. Avval shaxslar, muammolar doirasi aniqlab olinadi va katta tayyorgarlik ishlaridan so‘ng kishilar 2-4 kunlik seminarga taklif etiladi (guruhiy maslahat metodi). Ishtirokchilarning tashabbusi bilan seminar va individual konsultatsiya berishdan so‘ng madad guruhini tashkil etish uchun asos yuzaga keladi.Boshqalarga yordam bergan holda, xizmat xodimlari o‘zlariining ko‘ngilli yordamchilari (valonter)ning keng bazasini yaratadilar, bular o‘z navbatida boshqalarga yordam beradilar.Rossiyaning ko'pgina hududlarida teritorial-hududiy xizmatlar (TlX-teritorial ijtimoiy xizmat tashkilot TS) shakllana boshlandi, ular barcha muhtojlar (kattalar va bolalar)ga kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatadi, u o‘ziga ijtimoiy struktura muassasalarni, ijtimoiy xizmatlar ishini boshqarish organlari, o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalarini kiritadi. Bu hududiy xizmatlar konkret shahar yoki qishloq tumani hududida faoliyat yuritgan uchun aholiga maksimal yaqinlashish va hammaga daxldor bo‘ladi.TIX strukturasi quyidagi ixtisoslashgan hududiy markazlardan tashkil topgan:- ijtimoiy reabilitatsiya va profilaktik ishlar, konsultativ yordam, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazo, bo‘limlari, shuningdek amaliy yordam ko‘rsatuvchi quyidagi bo‘limchalari bor: ko‘chma kompleks brigadalar; shoshilinch psixologik yordam xizmati; yuridik va psixolorgik-pedagogik konsultatsiya; tanishish xizmatlari; ijtimoiy boshpana; bolalar va onalarga kunduzgi boshpana berish bo‘limi;- oiladagi ziddiyatni bartaraf etishda yordam beruvchi, oilaviy, er-xotin, ota-onalar muloqoti doirasida aholining psixologik madaniyatini oshirishga; bolalami tarbiyalashda, emotsional va psixik tanazzulni bartaraf etishda qiynalayotgan oilalarga yordam326beruvchi; turli xavfli vaziyatlarda shaxslarga malakali psixologik- pedagogik yordamni ta’minlashga yordam beruvchi oila va bolalarga psixologik-pedagogik yordam markazi;- telefon orqali shoshilinch psixologik yordam xizmati (ishonch telefoni), uning vazifasi, psixologik diskomfortni, oila a’zolarining tajovuzkorlik darajasini pasaytirish;- voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsion markaz, bu hayotda tanazzulli vaziyatga tushib qolganlarga ijtimoiy va tibbiy psixologik yordam, madad beradi. Voyaga yetmagan o'zlarining reabilitatsiyasi uchun zarur bolgan vaqt mobaynida markazga qatnaydilar va u yerda vaqtincha boladilar. Markaz o‘ziga shoshilinch ijtimoiy yordam, tibbiy-psixologik diagnostika va orreksiya, bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy moslashuvi va ijtimoiy reabilitatsiya qilish xizmatlarini, ba’zida statsion sharoitdagi boshpana xizmatini kiritadi; - qarovsiz qolgan bolalar va o‘smirlarni qutqarib qolish uchun vaqtincha boshpanalar, ularga tibbiy-psixologik yordam, ulami hayotini yolga qo‘yish masalalarini hal etish maqsadida tuzilgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy boshpanasi. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilik bo‘yicha boshqarish funksiyalarini davlat va ijtimoiy muassasalar amalga oshiradi. Hududiy daraja (shahar, qishloq tuman, shahar tumanlari)da davlat-ijtimoiy (jamoatchilik) organ-
larini-vasiylik kengashlari (ijtimoiy kengashlar) tuziladi (ma’mu- riyat qoshida, ijroya organlari tarkibida). Ular o‘zlariga manfaatdor tashkilot vakillarini kiritadilar: moliya fondlari, kasaba uyushmalari, jamoatchilik assotsiatsiyalari, xayriya fondlarini kiritadilar.Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2000-yil 27-oktyabrdagi farmoniga ko‘ra ijtimoiy ishchilar kuni 8-iyun kuni nishonlanadi. Bu kunning tanlanishi bejizga emas. 1701-yili 8-iyunda Pyotr I ning «Avliyo Patriarx uylarida g‘ariblar, kasallar va qariyalami aniqlash to‘grisida»gi farmoni qabul qilingan.327Rossiya ijtimoiy ish xodimlari Axloq Kodeksi Lijtimoiy ishchining ko‘rinishi va xulq-atvori 1.1 Uslub Ijtimoiy ish xodimi xulq-atvorining yuqori axloqiy standartlariga amal qilishi lozim. Ijtimoiy ishchi turli xil hiylalardan, birovni yanglishtirishdan, vijdonsizlik bilan qilingan harakatlardan mustasno bo‘lib, kasb vakili sifatida bayonot va harakatlarni aniq farqlay olishi kerak.
1.2 Kompetentlik (chuqur bilimga egalik) va professional takomillashish
Ijtimoiy ishchi o‘z kasbiy amaliyotida va kasbiy vazifalarini bajarishida mutaxassis-ekspert bo‘la olishi uchun bor kuchini qo‘shishi kerak. U o ‘z ishini faqatgina o‘zining bilimi doirasida olib borish huquqiga ega. Ijtimoiy xizmat xodimi individual tarzda olib borayotgan yoki bajarayotgan ishining sifati uchun personal javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishi kerak.
1.3 Haqiqatgo‘ylik Ijtimoiy ishchi o‘zining harakatlarini professional haqiqat- go‘yliknmg yuqori standartlari bilan o‘lchashi kerak:a) ijtimoiy ishchi o‘z professional faoliyati yo‘lida paydo bo‘ladigan ta’sirlar va bosimlarga berilmasdan, professional vazifalarini odilona (xolis) bajarishi kerak;b) ijtimoiy ishchi professional munosabatlarini shaxsiy maqsadi (manfaati) yo‘lida qo‘llashga haqqi yo‘q;
1.4 Ta’lim va tadqiqot ishiIjtimoiy ish sohasida mutaxassis doimo kasbiy bilimlari va mahoratini mutassil oshirib borishga harakat qilib, ta’lim va
tadqiqot ishi tizimiga qo‘shilishi kerak:
- tadqiqot ishida qatnashayotgan ijtimoiy ishchi bu ishning inson va muayyan shaxs uchun oqibati qanday bo‘lishini aniq anglay olishi kerak;
- tadqiqot ishida qatnashayotgan ijtimoiy ishchi tadqiqot ishtirokchilarining shaxsiy erkinligi va qadr-qimmatiga to‘liq amal qilgan holda, ularni ixtiyoriylik va xabardorlik asosida birlash ganligiga ishonch hosil qilishi kerak;
- tadqiqot davomida qatnashchilar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni mahfiy tarzda ko‘rilishi kerak;
- eksperimentga jalb qilingan ijtimoiy ishchi ishtirokchilarni noqonuniy jismoniy va ruhiy tartibsizlikdan, xavfdan va kamsitilishdan himoya qilishi kerak;
- u yoki bu xizmat jarayonni baholash uchun taklif qilingan ijtimoiy ishchi, buni professional maqsad uchun va faqatgina bu jarayonga bevosita kasbiy aloqasi bor shaxslar bilan muhokama qilishi kerak.
II.Ijtimoiy ishchining mijozlarga nisbatan belgilangan axloqiy burchlari Ijtimoiy ishchi mijozining mustaqilligini tan olishi varivojlantirishi uchun maksimal kuch qo‘shishi kerak. Ijtimoiy ishchining burchlari - mijoziga qaratilgan burchlari hisoblanadi:- ijtimoiy ishchi mijoz bilan shaxsiy qiziqishi asosida munosabatda bo‘lmasligi kerak;
- ijtimoiy ishchi insonlarning tahqirlanishlari bilan kurashib, millati, yoshi, e’tiqodi, oilaviy mavqeyi, aqliy va jismoniy nuqsoni ga asoslangan tahqirlashning turli xil shakllarida ishtirok etmasligi va amalda sinamasligi kerak;
- ijtimoiy ishchi mijoziga ziyon keltiradigan aloqa va munosabatlardan chekinishi kerak;
- ijtimoiy ishchi mijozini ijtimoiy xfemat bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik huquqi, imkoniyatlari va majburiyatlari haqida xabardor qilishi kerak;
- ijtimoiy ishchi hamkasblari va ustozlari bergan maslahatlarga amal qilishi kerak, agar bu uning qiziqishlari va ishi bilan aloqador bo‘lsa;
- ijtimoiy ishchining mijozi bilan olib borilayotgan ishi mijozi va oilasi uchun zarur bo‘lmay, qiziqishlari va' muhtojligiga xizmat qilmasa, ijtimoiy ish xodimi bu ishni va professional munosabatlarni yakunlashi kerak.
Konfidensiallik(maxfiylik) va sir saqlashi Ijtimoiy xizmat xodimi mijozlarning sirlarini hurmat qilishi va kasbiy ijtimoiy yordam davomida ko‘rsatilgan ma’lumotlami tarqatmaslikka majburdir:
- ijtimoiy ishchi faqatgina professional sharoit taqozo etsagina mijozning ruxsatisiz mahfiy ma’lumotlar bilan bo'lishishi mumkin;
- ijtimoiy ishchi mijozlarini maxsus vaziyatda konfidentsial ma’lumotlar chegaralari va bu ma’lumotlar qay maqsadda ishlatilishi haqida to‘liq xabardor qilishi kerak;
- ijtimoiy ishchi zarurat tug‘ilganda mijozlarini har qanday rasmiy hujjatlar bilan ta’minlab berishi kerak;
- mijozlarni zaruriy hujjatlar bilan ta’minlab, ijtimoiy xizmat xodimi hujjatlarda saqlanayotgan qolgan ma’lumotlarning konfidensialligiga rioya qilishi kerak;
- ijtimoiy ishchi magnitafon yozuvlarini va ma’lumotlami bosmadan chiqarishdan oldin mijozlarining roziligini olishi kerak.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish