bo 'fur edim.
Lev Tolstoy.
Yasnaya Polyana,
1909-yil 5-iyun1
Tolstoy javob maktubining ahamiyati shundaki unda yovuzlikning kattasi ham, kichigi ham yovuzlik; katta yovuzlikni yo'qotish uchun kichik yovuzlikdan kechishning o'zi insondanjuda katta sabot, chidam va iroda kuchini talab etadi. Odamlarning asosiy ko'pchiligi hozirgi paytda ham UbayduUa Xo'jayevga o'xshash fikrlash tarzi bilan yashaydi, chunki yovuzlikni yovuzlik bilan yengish - eng oson yo'i. Lekin bunda yovuzlik bilan birga inson ham halok bo'ladi, insonni emas, yovuzlikni halok etgan holda insonni saqlab qolish juda og'ir ish. Tolstoy ana shu
og'ir yo'l tarafdori. Toro va Tolstoy g'oyalarini asrimizda Gandi va King yanada yuksak pog'onaga ko'tardilar. Gandi g'ayrizo'ravonlik g'oyasini muhabbat bilan bog'laydi va dushmanga ham mehrni darig' tutmaslikka chorlaydi. Gandi Xirosima va N agasakiga atom bombasi tashlanganida, atom bombasini boshqa bomba bilan yo'qotib bo'lmagani kabi zo'ravonlikni zo'ravonlik qilib yo'qotish mumkin emas, degan fikrni bildirib, shunday deydi: «Insoniyat zo'ravonlikdan faqat g'ayrizo'ravonlik yo'li orqaIi qutulishi mumkin. G'azabni faqat mehr bilan yengsa bo'ladi, g'azabga g'azab bilanjavob berish g'azabning yoyilishiga va kuchayishiga xizmat qiladi». Martin Lyuter King ham xuddi shunday g'oyani ilgari surar ekan,
AQSHning mashhur Prezidenti Linkoln hayotidan misol keltiradi. Nima sababdandir Linkolnni ko'rarga ko'zi yo'q Stenton degan kishi saylovoldi kampaniyasida qo'lidan kelgan yomonlik bilan unga qarshi kurashadi. Linkolnni har qadamda yerga uradi, ming xii gunohda ayblaydi, masxaralaydi, hatto uning tashqi ko'rinishi ustidan kuladi. Linkoln Prezident bo'lib saylangach, harbiy vazirlik lavozimiga aynan ana shu Stentonni ko'rsatadi. Atrofidagilar unga: «1anob Prezident, Siz xato qilyapsiz, u Sizning dushmaningiz, uning Siz haqingizda nimalarni gapirganini bilasizmi?!» deb qarshi turadilar. Shunda Linkoln bunday deb javob beradi: «Ha, janob Stentonni bilaman. Uning men haqimda nimalar deganini ham eshitganman. Lekin harbiy vazirlikka undan boshqa biror-bir loyiq amerikalik yo'q». Oradan bir necha yil o'tgach, Linkoln o'idiriladi. O'shanda qabr ustida so'zlangan barcha nutqlardan Stentonning nutqi alohida ajralib turadi. U Linkolnni eng buyuk insonlardan biri deb ta'riflaydi va: «Endi u mangulikka daxldordir»,
deb o'z nutqini tugatadi. Agar Linkoln Stentonga g'azab bilan qaraganda, ikkisi ham o'lguncha bir-birining dushmani bo'lib qolar edi. Linkoln mehr-muhabbat vositasida dushmanni do'stga aylantirdi. U bir paytlar o'ziga savol bergan ayolga savol bilan shunday deb javob bergan ekan: «Xonim, axir men o'z dushmanlarimni do'stlarimga aylantirish yo'li bilan halok etmayapmanmi?!».
Do'stlaringiz bilan baham: |