O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja


Qadimgi Turon va Eronning e'tiqodiy yodgorliklari



Download 361,64 Kb.
bet44/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

2. Qadimgi Turon va Eronning e'tiqodiy yodgorliklari
«Avesto». Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog'liq. Taxminan bundan 40 - 30 asr muqaddam yoyila bosh lagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan «Avesto» deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o'tiladi, talqin etiladi. U nda zardushtiylik ilohi Ahura-Mazda - ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo'ladi; ezgulik va yovuzlik, yorug'lik va zulmat, hayot va mamot o'rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi. «Abadiy ezgulik», «Ezgu niyat», «Ezgu tartib», «Ilohiy tobelik» kabi ezgu tushunchalar real ma'no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma'budlar siymosida namoyon bo'ladi, ular Ahura-Mazda atrofida yaxshilik urug'ini sepib yuradi. Bunday tushunchalaming aksi esa Ahriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so'lish va o'lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jurnlasidandir. «Avesto» dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog'liq ekanligi diqqatga sazovor. Undagi ezgulik ruhi - yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, yovuzlik esa buzish va buzg'unchilik kuchi tarzida namoyon bo'ladi.
Ahura-Mazda qiyofasidagi bu ezgulik - hayot rarnzi, yerni insoniyat, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog'lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go'zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Ahriman qiyofasidagi yovuzlik esa qurg'oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg'inini, jisman va ruhan halokat singari ofatlarni keltirib chiqaradi. «Avesto»da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyillari bilan ish ko'rgan odam o'lganidan so'ng uning ruhi rohat-farog'atda bo'lishi, gunohkor, fosiq kishiniki esa aksincha, azob-uqubat hamda xunuklik omiga mahkum etilishi aytiladi. Solih odam o'lgach, ruhining joni uch kun uning bosh ida zavq-shavq, rohat-farog'at og'ushida turadi, keyin xushbo'y o'simliklar yuziga qalqib chiqadi. Uni ajib bir shabada, muattar nasim qarshilaydi. Shabada qo'ynida o'n besh yashar, barcha go'zalliklardan ham go'zal qiz namoyon bo'ladi. Bu go'zal qiz ezgulik va poklik, savob ishlarning timsoli. U ruhga qarata: «Muloyim edim, yanada rnuloyimroq qilding, chiroyli edim, yanada go'zal qilding, balandda edim, ezgu o'y, ezgu so'z va ezgu a'mol bilan meni yanada balandga ko'tarding», deydi. Gunohkor, yovuz odamning ruhi esa vujud ustida uch kun qolib, tengsiz azoblarni boshdan kechiradi. Uch kundan so'ng u o'zi yaratgan barcha yovuzliklar ustida parvoz qiladi. So'ng tirikligida hech qachon uchratmagan barcha xunukliklafdan ham xunukroq, badbashara qizni uchratadi. «Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunohkor, - deydi qiz, - men qiz emasman, sening tiriklik paytingda qilgan a'rnollaringrnan. Sen tirikligingda Xudoga e'tiqodqo'yganlarni ko'ra-bila turib, devlarga sig'ingansan. Yaqin-uzoqdan I kelgan musofirlarga boshpana berganingda, mehnat qildirganingda, xayr-sadaqa ulashganingda, ulami kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ulaming yuziga eshigingni yopib qo'ygansan. Men - sen o'ylagan yomon o'y, sen aytgan yomon so'z, sen qilgan yomon a'mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo'qotdim, " jirkanch edim, yanada jirkanchli bo'ldim, sharmanda edim, battarroq sharmisor bo'ldim». Bu yerda ruh va vujud muammosi ifoda topganini ilg'ab olish qiyin emas. Zero, «Avesto»da jon-ruh tushunchasi o'ta ilohiylashtirilmaydi, ma'lum ma'noda «dunyoviy» lashtiriladi va o'z egasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, «Avesto»da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda yer-u ko'kdagi barcha ne'matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigiyenik tushunchadan axloqiy va ilohiy tushuncha damjasiga ko'tariladi: suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o'tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo'lishi kerak. Bulaming hammasi «Avesto»da ekologik axloqshunoslikning dastlabki kurtaklari ham mavjudligini ko'rsatadi. «Avesto»dagi turli-tuman ma'budlar bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir (masalan, temirchilikning piri - hazrati Dovud va h.k.). Iloh esa bitta - Ahura-Mazda, faqat ungagina sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavhidni targ'ib etishda ham birinchilik «Avesto»ga mansub. «Avesto»dagi ba'zi bir urf-odatlar va irimlarning hozirgi kunda ham saqlanib qolganini ko'rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qurbonlik uchun so'yilgan jon kallasini davradagi o'tog'asilar oldiga qo'yish odatlari hamda sevimli Navro'z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Xullas, «Avesto» yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy-estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o'ziga xos, abadiyatga daxldor majmui sifatida qimmatlidir. «Xuastuanift». «Avesto»dan keyin, islomgacha bo'lgan davrda mintaqamizda eng keng tarqalgan, mohiyatan axloqiy majmua hisoblangan manba, bu - monaviyIik e'tiqodining muqaddas kitobi «Xuastuanift. Moniy Fatak o'g'Ii (216-277) targ'ib qilgan bu e'tiqod hatto Uyg'ur-Turk xoqonligining rasmiy dini darajasiga ko'tarilgan. «Xuastuanift yoki monaviylarning tavbanomasi qadimgi turkiy tilda bitilgan bo'lib, hajrnan ancha kichik bo'lsa-da, ko'p jihatlari bilan «Avesto»ga o'xshash. Unda Xo'rmuzd va Shimnu orasidagi kurash aks etadi. Xo'rmuzd (bosh ma'bud) boshchiligidagi besh ma'bud - yengil shabada, shamol, nur, suv va olov tangrilari - ezgulik, Shimnu boshliq besh iblis esa yovuzlik timsollaridir. Ezgulik ruhiy olamda, yovuzlik moddiy olamda mavjud bo'ladi. Shunga ko'ra, monaviylik e'tiqodiga iqtido qiluvchilar to'rt tamg'ani o'z qalbiga muhrlashlari kerak. Bular: sevgi -Azrua ma'budning tamg'asi; imon, ishonch - kun va oy ma'budining tamg'asi; qo'rquv - besh ma'budning tamg'asi; donishmandlik -burxanlarning (ilohiy bitiklarning) tamg'asi. Bundan tashqari, ular zohidona hayot kechirishlari, may ichmasliklari, et-go'sht yemasliklari, meva va yegulik beradigan o'simliklami sindirmasliklari, yulmasliklari shart; halol, pokiza, birovning haqini yemasdan, yuksak axloq egasi bo'lib yashashlari, o'z qalbidagi ilohiylikka yo'nalgan numi o'tkinchi, moddiy xohish-istaklar iskanjasidan ozod qilib umr kechirishlari lozim. Monaviylikda «Avesto»dagidek insondan hayvonlarga, nabototga axloqiy munosabat shafqat va e'zoz talab qilinadi, barcha jonzotlar old ida odam zotining alohida mas'uliyati borligi ta'kidlanadi. «Xuastuanithda o'lim eng ulkan yovuzlik sifatida talqin etiladi; har bir jonzotga hayot bag'ishlash (o'limdan qutqarish, o'ldirishdan bosh tortish) eng oliy ezgulik hisoblanadi. Shu jihatdan «Xuastuaniftdagi insonparvarlik, shafiqlik «Qur'on»dagi ba'zi oyatlarga hamohang ifoda topadi. Chunonchi, «Xuastuanift,»ning birinchi bo'limida shunday deyiladi:

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish