O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet43/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Nazorat uchun savollar
1.Axloqning qanday hususiyatlari mavjud?
2. Axloqning qanday asosiy fazifalari nimalardan iborat?
3. Axloqning kelib chiqishi haqida nimalami bilasiz?
4. Diniylik, dunyoviylik va dahriylik tushunchalari bir-biridan qanday
farq qiladi?
5. Insonparvarlik axloqining asosiy xususiyatlari nimalar bilan belgilanadi?
6. Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar haqida nimalami bilasiz?
5. Mavzu: Axloqiy ta’limotlar tarixi. Axloqiy qadriyatlar va din. (6 soat)
5.1. Mavzu: Qadimgi dunyo axloqshunosligi. (2 soat)
REJA
1. Qadimgi Sharqdagi dastlabki axloqiy g'oyalar.
2. Qadimgi Turon va Eronning e'tiqodiy yodgorliklari.
3. Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta 'limotlar.
4. Qadimgi dunyoning mumtoz axloqshllnosligi.
Tayanch tushunchalar: Ezgulik, Yoyuzlik, Fazilat, Illat, Do'stlik, Jo'mard o'g'lon, Ruh, Ixtiyor erkinligi, Iztirob, Lazzat, Adolat, Donishmandlik.
Ilm dunyosidagi, har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo'lmaydi, degan hikmat, ayniqsa, axloqshunoslikka taalluqli. Zero, axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarini o'rganadi, ma'naviy merosning ulkan qismi bo'lmish axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-o'gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tatbiq etish va targ'ib qilish yo'llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya ma'lum bir mutafakkir mulohazalari va i1miy faoliyatining mevasi bo'lsa-da, u, mohiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va etiket qonun-qoidalarini o'z ichiga oladigan axloqiy targ'ibot muammolari, axloqiy pand-o'gitlar va me'yorlartalablarini bajarish - axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda «amaliy axloq» deb ataladigan qismini tashkil etadi. Qadimgi dunyodagi dastlabki axloqiy g'oyalar va qarashlar hali nazariy zaminga ega bo'lmagan holda, amaliy axloqning xalq og'zaki ijodidagi, yozuvdagi ko'rinishlari sifatida vujudga kelgan. Shu bois ham ularning namoyon bo'lish doirasi pand-o'gitlar, maqol-matallar, bitiklar va didaktik yo'nalishdagi badiiy adabiyot bilan chegaralangan. Faqat Qadimgi Yunon mumtoz tafakkuridagina axloqshunoslik nazariyalarining maxsus risolalar shaklida paydo bo'lganini va muayyan i1miy tizimga solinganini ko'rishimiz mumkin. Endi ilk axloqiy g'oyalarga to'xtalib o'tamiz.
1.Qadimgi Sharqdagi dastlabki axloqiy g'oyalar
Somir va Bobilon. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo'lmish mix xatda Somir (Shumer) giltaxtalariga yozilgan she'riy matnlarda aks etgan. Ularga ko'ra, somirliklar haqiqat va adolatni, qonun va tartibni adolat va erkinlikni, shafqat va muruvvatni yuksak baholaganlar hamda qadrlaganlar. Tabiiyki, ular yolg'on va yovuzlikni, adolatsizlik va zulmni, shafqatsizlik va qattollikni inkor etganlar. Somir podsholari, hokimlari o'zlarining qonun va tartib o'rnatilganliklari, yovuzlik va zo'ravonlikni yo'q qilganliklari, mazlumlarni zolimlardan himoya qilganliklari bilan faxrlanganlar. Masalan, milodgacha bo'lgan III ming yillikning boshlarida Lagash davlat-shaharning xudojo'y hukmdori Urukagina hukmronlikni qo'lga olishi bilan fuqarolar erkinligini tiklaganligini, ochko'z, xalqni talagan amaldorlarni jazolab, adolat o'rnatganligini yozdirib qoldirgan giltaxta bizgacha yetib kelgan. Somir alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma'budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo'lganlari uchun ham madh etiladi. Chunonchi, quyosh ma'budi Utu axloqiy me'yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma'buda Nanshe esa, ba'zi matnlarda haqiqat, adolat va shafqat homiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma'budlar tomonidan o'rnatilgan «Me» deb atalgan qonunlar ro'yxatidan olam harakatini tartibga solish, uning to'xtovsiz va uyg'un bo'lishini ta'minlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birgalikda «yolg'on», <Shuningdek, somiriylarning maqol va matallari, hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor; ularning ko'pchiligi umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko'tarilgan va Sharqda biroz boshqacharoq shaklda hozirgacha qo'llaniladi. Masalan, somirliklarning <Qadimgi Misr. Axloqshunoslik nuqtayi nazaridan Qadimgi Misr «Mayyitlar kitobi» katta ahamiyatga ega. Misrliklar nazdida har bir inson o'lgandan so'ng, oxiratda hisob beradi. Avval bosh ma'bud Osiris oldida u o'zining gunohsizligini isbotlashga urinadi; gunohlami sanab, gunoh qilmaganligini aytadi. Gunohlaming ko'pchiligi esa axloqqa borib taqaladi: odam o'ldirish, yovuzlik qilish, tarozidan urib qolish, yolg'on gapirish va h.k. Mayyit: «Men pokizaman, men pokizaman, men pokizaman!» degan uch karra takror bilan o'z «hisoboti»ni tugatadi. Keyin u o'zining (ikkinchi oqlovchi nutqi» da kichik ma'budlar -muayyan e'tiqodiy-axloqiy sohalarni boshqaruvchi qirq ikki iloh old ida o'z gunohsizligini ta'kidlaydi. Bu «hisobot»dagi gunohlar esa, yuqorida aytganimizdek, bitta-ikkitasidan tashqari, deyarli barchasi axloqiy talablardan iborat. Ularga diqqat qilsangiz, milodgacha bo'lgan XV asrdagi axloqiy qonun-qoidalar, fazilat va iIlatlar bugungi kunda ham asosan o'sha-o'sha ekanini ko'rasiz: faqat hozir ular ikkala - axloqiy va huquqiy me'yorlarga bo'lingan.
Shunday qilib, «Mayyitlar kitobi» bizga qadimgi misrliklarning qanday axloqiy darajaga yetganliklaridan, ular ishlab chiqqan axloqiy tamoyillar va me'yorlarning e'tiqodiy-diniy maqom kasb etganidan dalolat beradi. Bir so'z bilan aytganda, bu yodgorlikda axloq bilan diniy e'tiqodning uyg'unlashib ketgan in'ikosini ko'rish mumkin. Mayyitlar kitobi an'anasi Sharqda keyin ham davom etdi: O'rta asrlarda (VIII asr) «Tibet mayyitlar kitobi» - «Bardo Tyodoh» yuzaga ke1di. Qadimgi Misrda odob-axloq masalalari ko'proq o'ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida «Pxatotep o'gitlari» bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma hisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir'avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o'rniga o'z o'g'lini tayinlashni iltimos qiladi va o'g'liga atab o'ttiz yetti nasihatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o'sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o'zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko'tariladi, axloqiy fazilatlar esa hikmatlar va nasihatlar vositasida targ'ib qilinadi. «Pxatotep o'gitlari»dagi ba 'zi nasihatlar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o'ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, haqiqiy donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida ham hanuzgacha kishini hayratga soladi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so'z, holbuki uni don tuyayotgan cho'ridan topish mumkin»l. Agar nafaqat Qadimgi Misrda, balki undan bir necha ming yil keyin tafakkur sahnasiga chiqqan Qadimgi Yunonistonda ham quI ezgulikka, donishmandlikka begona jonzot sanalganini va odam o'mida ko'rilmaganini hisobga olsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkuri taraqqiyotida naqadar muhim ahamiyatga ega bo'lganini anglash mumkin.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish