O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet18/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Nazorat savollari:
1. «Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va andozalar» hujjati qachon qabul qilingan?
2. Ijtimoiy ish axloqiy tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasida qanday vazifalar aks ettirilgan?
3. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda nimalarga amal qilinadi?
4. Agentliklar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar qanday yo‘lga qo‘yiladi?
5. Hamkasblarga va o‘z kasbiga munosabat deganda nimani tushunasiz?
2.2.Mavzu:Ijtimoiy ishda etik qadriyatlar. (2 soat)
1.Ijtimoiy ishda qadriyatlar tipalogiyasi
2. Ijtimoiy ishda qadriyatlar ierarxiyasi
3. Ijtimoiy ish sohasida ijtimoiy adolat tushunchasining o’rni.
Tayanch so’z va iboralar: Qadriyatlar tipologiyasi, qadriyatlar ierarxiyasi, ideal, professional, internatsional, fundamental, hayot, erkinlik, tenglik, ezgulik, yovuzlik, ijtimoiy adolat, maxfiylik.
Ijtimoiy ishda qadriyatlar tipalogiyasi: mutlaq va nisbiy, sub'ektiv va ob'ektiv, kundalik va professional, individual va guruhiy, milliy, etnik, internatsional, fundamental va intstrumental, moddiy va ma'naviy va boshqalardan iborat.
Zamonaviy professional ijtimoiy ishda qadriyatlar ierarxiyasi qo‘yidagicha: umuminsoniy, ahloqiy qadriyatlar ( xayot, erkinlik, adolat, tenglik va boshqalar) ijtimoiy ishga hos bo‘lgan kasbiy qadriyatlar.
Asosiy ahloqiy kategoriyalar ideal, izgulik va yovuzlik, qarz va majburiyat, ularni ijtimoiy ishda qo‘llash.
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya'ni bor narsa yo'q narsa bilan o'lchanadi. Zero, ideal hayotda mavjud bo'lishi mumkin emas – bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik ma'noda, hozirgi
zamonda ham, kelajakda ham bo'lmaydi, uning mavjudlik sharti - o'tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o'z zamonasidagi odatiy sharoitga sig'maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xattiharakatidir.
Bu xatti-harakat uchun namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo'ladi va muayyan zamonga kelib, u ma'lum ma'noda mubolag'aviy hamda afsonaviy ta'rif-tavsif bilan boyitiladi,
ya'ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No'shiravon, odil yoki ideal saxovat egasi, jo'mard inson Hotam Taiy Yamaniy siymolari yorqin misol bo'la oladi.
Inson ideal sari intiladi, o'z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to'la erishib bo'lmaydi, Ie kin inson ana shu komillikni o'ziga namuna bilib, ide alga intilib yashashi jarayonida nisbiy-hayotiy komillikni qo'lga kiritadi.
Dunyoviy ideal bilan, aniqrog'i, ijtimoiy-axloqiy ideal bilan diniy ideal, bir qaraganda, o'xshashdek ko'rinsa-da, aslida keskin farq qiladi. Chunonchi, musulmonlar uchun - Muhammad alayhissalom, nasroniylar uchun - hazrati Iso, yahudo dinidagilar uchun – hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech qachon o'zgarmaydi, boqiy. Ijtirnoiy-axloqiy ideallar esa o'zgarishi rnurnkin va ko'p hollarda o'zgarib turadi. Masalan, sho'rolar davrida o'sha tuzurn asoschisi Lenin - eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko'pchilik tornonidan shunday qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch - adolatda!» degan shiorni hayotining rna'nosi deb bilgan buyuk ajdodirniz Amir Ternur ko'pchilik tornonidan ijtirnoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining narnunaviy tirnsoli tarzida qabul qilinadi. Dernak, rnuayyan tuzurn talablaridan va jarniyat ravnaqidan kelib chiqqan holda, ijtirnoiy-axloqiy ideallar
o'zgarishi rnumkin. Biroq har bir tuzurnning urnri urnurniy tarixiy jarayonda nisbatan
qisqa vaqtni o'z ichiga oladi. Yolg'on, ko'zbo'yarnachilik va zo'ravonlikka asoslangan tuzurn esa uzoq mudd at yashay olrnaydi. Chunki, zirndan axloqiylikni inkor etgan siyosatning bir kunrnas bir kun albatta asl basharasi ochiladi. Shu bois faoliyati niqoblangan axloqsizlikdan iborat bo'lgan Lenin, Stalin, Hitler kabi ijtirnoiy ideallarning urnri uzoq bo'lrnadi - aldangan ko'pchilik qisqa vaqt rnobaynidagina ularni ideal deb bildi.
Bunday salbiy hodisalarga qararnay, ideal, urnurnan, jarniyatda, shaxs hayotida ijobiy hodisa. U insoniyat tarixida yorug' rnayoq vazifasini o'tab kelrnoqda, bundan keyin ham uning asosiy vazifasi shunday bo'lib qolajak. Chunki idealda har bir inson o'z baxtining hissiyotli ifodasini ko'radi, hayotining rna'nosini unga qarab intilishda deb biladi.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish