O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet52/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Nazorat uchun savollar

1. Globallashuv atamasi nimani anglatadi?


2. Axloqiy muhit nima?
4. Biologik axloq tushunchasi o’z ichiga nimalami oladi?
5. Biologik axloq deganda nima haqda fikr yuritish mumkin?
6. Ichki biologik axloq deganda nimani tushunasiz?


8.Mavzu: Kasbiy axloqi kodekslar: xalqaro tajriba. O’zbekistonda ijtimoiy ishchining kasbiy va axloqiy kodeksi yaratilishi tarixi. (6-soat)
ROSSIYA IJTIMOIY ISH XODIMINING
KASBIY-AXLOQIY KODEKSI
Reja:
1 Rossiyada ijtimoiy ish sohasining rivojlanish bosqichlari.
2 Ijtimoiy ishchining ko‘rinishi va xulq-atvori. Kompetentlik (chuqur bilimga egalik) va professional takomillashish.
3 Ijtimoiy ishchining mijozlarga nisbatan belgilangan axloqiy burchlari.
4 Ijtimoiy ishchining hamkasblariga nisbatan belgilangan axloqiy ma’yorlari.
5 Ijtimoiy ish xodimining kasbi oldidagi axloqiyburchlari.
Rossiyada ijtimoiy ish muhtojlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat sifatida ko‘p asrlarga borib taqalsa-da, u davlat, turli jamoatchilik guruhlari, ijtimoiy soha tadqiqotchilari tomonidan XX asrning 90-yillaridan boshlab ob’ektiv zarur hodisa sifatida qarala boshlandi. Ushbu yillarda aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining qaror topishi, aholi bilan ijtimoiy ish olib borishda zamonaviy texnologiyalar va metodlarni keng qo‘llanilishi ijtimoiy siyosatning eng jiddiy tendensiyalaridan biri bo‘ldi.Rossiyada ijtimoiy ish sohasini vujudga kelishini qo‘yidagi davrlar asosida tahlil qilishimiz mumkin:1.Arxaik davrdan - X asrgacha bo‘lgan davrlar urug‘-
qabilaviy turmush davri va o‘zaro yordamning ko‘rinishi.2. XII - XIII asrlar knyazlik va cherkovning birgalikdagi liomiyligi3. XIV - XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrda chcrkov va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam.3174. XVII asming ikkinchi yarmidan - XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrda davlat tomonidan ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamning belgilarini ko‘rinishlari5. XIX asming oxiri va XX asming boshlarida ijtimoiy va xususiy ijtimoiy yordamning ko‘rinishlarini o‘ziga xosligi.6. 1917-yildan - to 1991-yilgacha davlat ta’minoti7. XX asrning 90-yillaridan boshlab hozirgi kungacha ijtimoiy ish sohasini takomillashish davri.Rossiya aholisiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish zamonaviy tizimining tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan infratuzilmasi ushbu tizimning muhim belgisi hisoblanadi. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda mamlakatda yangi ijtimoiy muassasalar tarmog‘i (statsional, yarimstatsionar va nostatsionar) yaratilgan, ularda muhtoj fuqarolar malakali zarur yordam, maslahat, ko‘mak olishlari mumkin:- Keksa kishilar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi,- aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatadigan kompleks markazlar,- aholiga ruhiy-pedagogik yordam ko‘rsatadigan markazlar,- gerontologik markazlar,voyaga etmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiyamarkazlari,- bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy etimxonalar,- oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatadigan hududiy markazlar shunday muassasalarga kiradi.XX asming 90-yillarida Rossiyada «ijtimoiy, ish» kasbining kiritilishi uchun poydevor sifatida boshqa mutaxassisliklar: tarbiyachilar, psixologlar, madaniyat, sog‘liqni saqlash va sport, ijtimoiy ta’minot va tartibni muhofaza qilish organlari vakillariningishlanmalaridan foydalanildi, ularda odamlarni ijtimoiy himoya qilishning turli modellari, amaliy ijtimoiy ish shakllari va usullari, ilmiy tadqiqotlar natijalari mujassamlashgan edi.Rossiyada ijtimoiy ish shaklanishining o‘ziga xosligi aynan mana shunda, o‘zining davlat sifatida «tug‘ilish» davri da bu ish ancha yetuk holatda, boy salohiyatga, chuqur tarixiy ildizlarga, mehribonlik an’analari va jamoaviylik ruhiga, hamkorlik, ijtimoiy g‘amxo‘rlik va o‘zaro yordam tajribasiga ega edi.318Mamlakatda ijtimoiy ishning paydo bo‘lishidan to hozirgi kungacha ijtimoiy pedagogikaning yetakchilik roli xos bo‘lib, bu holat Rossiyaning ijtimoiy ish bo‘yicha boshqa mamlakatlardan orqada qolishi tafovutini qisqartirishga, shuningdek, hozirgi kunda ko‘pchilik mamlakatlardagi ijtimoiy ish modellarida yetishmayotgan va jahon amaliyoti va «ijtimoiy ish» integrativ fani uchun tashvishli hoi bolgan «ijtimoiy-pedagogik urg‘u» berishga imkon yaratdi.1991-yil 23-aprelda Mehnat va ijtimoiy masalalar Davlat qo‘mitasi qaroriga ko‘ra Rossiya Federatsiyasida ilmiy hamda amaliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi kasbiy mutaxassislik ro‘yxatga olindi: “Ijtimoiy pedogog”, “Ijtimoiy ishchi" va “Ijtimoiy ish buyicha mutaxassis ”.Rossiyada «ijtimoiy ish» kasbiga dastlabki yo‘lni ochgan mutaxassislar ijtimoiy pedagoglar edi. Bu, avvalo, shuning uchun ham tabiiyki, har qanday ijtimoiy xizmatchi kasbiy vakolatliligi asosini axloqiy, psixologik, pedagogik xususiyatlar tashkil etadi.
Mamlakatda XX asrdagi ijtimoiy ish taraqqiyotida (V.G. Bocharovaga ko‘ra) uch bosqich farqlanadi:
1) 60-yillar;
2) 70-80-yillar;
3) 80-yillar - hozirgi davr.
1-bosqich - 60-yillar tajriba to‘plash, izlanish, ijtimoiy- pedagogik amaliyotda sotsiumdagi tarbiyaviy ishni tashkil etishga axsus yo‘naltirilgan xizmatchilar toifasi (maktabda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ish tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xizmatchilarining turli toifalari, boshqa idoralar: madaniyat, sport, uy-joy kommunal va ijtimoiy ta’minot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kasaba uyushmalari tizimida, yotoqxonalarda va boshqa muassasalarda ishlaydigan) tashkilotchi- pedagog va tarbiyachilar shakllanishi davri edi.2-bosqich - 70-80-yillar davomida ijtimoiy ehtiyoj, ijtimoiy ish,' ijtimoiy tarbiyadagi ilg‘or tajribalar muammoni yechish mumkin bolgan yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Mamlakatda turli majmualar: ijtimoiy-pedagogik, ta’Iimiy-madaniy, jismoniy tarbiya- soglomlashtirish, qishloq maktab-majmualari va boshqalar tarmogi rivojlana boshladi. Pedagogika fanida bu davr tadqiqotchilaming ijtimoiy pedagogika muammolariga bo‘lgan e’tiborining kuchayishi bilan xususiyatlidir. Biroq ijtimoiy ishning rivojiga uning tashkiliy, kadrlar, moddiy- texnik va ilmiy-pedagogik tomondan yetarli ta’minlanmagani to‘siqlik qilib turardi. Bu jarayon yana ijtimoiy siyosat, ijtimoiy faoliyatning turli sohalari (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, ijtimoiy ta’minot va boshqalar)ni taqdim qiladigan institutlar faoliyatining o‘zaro bog‘lanmagani va funksional pala-partishliklar tufayli; ikkinchi tomondan, eng ustuvor va murakkab soha - oilaviy- maishiy muhitdagi, katta yoshlilar va bolalar turar joyidagi ijtimoiy ish to‘g‘risida shaklangan an’naviy tasavvurlar, «jek» pedagogikasi tufayli qiyinlashib borardi. Ijtimoiy xizmatlaming maxsus tayyorlangan mutaxassislar bilan ta’minlanmaganligi boshqa bir qator kasblar (ayniqsa, maktablardagi pedagogik kadrlaming) o ‘ziga xos bo‘lmagan fimksiyalar bilan shug‘ullanishiga olib keldi. Bu ijtimoiy ishning samaradorligi, ta’lim muassasalarining pedagogik funksiyalarini bajarishdagi va ayniqsa, bolalaming muloqot va kattalar bilan munosabatlar muhiti bo‘lgan oila pedagogik ta ’limida salbiy iz qoldirdi.Sotsiumdagi ish oilani ijtimoiy faoliyatdan, ijtimoiy tarbiyadan begonalashtirish, uning funksiyalarini turli davlat tuzilmalariga olib berishga intilish, bu sohaga maktab usullarini ko‘chirishga urinishlar tufayli cheklanar edi. Tadbirlar pedagogikasi»ga aylanib qolgan maktab usullari ochiq muhitdagi bolalar va ularning mikroijtimoiy iqlimi intilishlari, ehtiyojlari, imkoniyatlarini yetarli darajada hisobga olmas; ijtimoiy yordam mazmuni shakllari va usullarining muayyan adressizligi, bu shakl va usullarning ko‘pincha tasodifiy omillar bilan belgilanishi shaxsga yo‘naltirilmagan edi.Tibbiy ijtimoiy xodimlaming yo‘qligi tufayli sog‘liqni saqlash tizimida ham murakkab vaziyat vujudga keldi, ularning vazifalarini qisman va- nokasbiy darajada odamlarni davolashi lozim bo‘lgan mutaxassis-vrachlar bajara boshladi.Deviant (noijtimoiy) xulq-atvorli o‘smirlar va «xatar guruhi»ga mansub oilalar bilan ijtimoiy ish masalalari mutaxassis ijtimoiy xizmatchilar yo‘qligi tufayli uzoq davr davomida militsiya organlari zimmasiga yuklandi.320Nogironlar, qariyalar, ijtimoiy muhofazaga qattiq muhtoj boMgan odamlaming boshqa toifalari bilan olib boriladigan ijtimoiy ish tizimi to‘liq emas edi.Biroq, qiyinchiliklar va ziddiyatlarga qaramasdan, bu bosqich ijtimoiy-pedagogik amaliyot va ijtimoiy ish sohasining boshqa tarmoqlari intensiv rivojlanishi bilan xususiyatlanadi. Turli idoralar faoliyatini integratsiyalash, idoralararo asosda ijtimoiy ish mazmunini muvofiqlashtirish, turli idoralarga tegishli muassasalar o‘zaro ta’siri xususiyatlarini o‘zgartirish singari tamoyillar ko‘zga tashlana boshladi.Jamiyatdagi chuqur inqiroz oilalar, aholi guruhlari katta qismi- ning ijtimoiy qashshoqligini ochib qo‘ydi va keskin kuchaytirdi, har bir shaxs manfaatlari va huquqlarining kafolati bolgan jamiyatni iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tubdan soglomlashtirish
yollarini izlab topishni birinchi masala qilib qo‘ydi.
3-bosqich - 80-yillar oxiriga kelib, mamlakatda ijtimoiy ish muammolarini davlat darajasida hal qilishga o‘tish, ijtimoiy xizmatlaming keng infratuzilmaga ega boMgan yagona tizimini yaratish, uni retrospektiv ilmiy tahlil qilish, ijtimoiy ish sohasidagi jahon nazariyasi va amaliyoti rivojining yetakchi tamoyillarini anglash asosida kadrlar bilan ta’minlashga o‘tish uchun barcha shart-sharoitlar yetildi. Ijtimoiy ishning o‘z ichiga ko‘plab mintaqalarga yo‘nalti- rilgan, muayyan milliy-mintaqaviy va mahalliy sharoitlarda umumiy yondashuvlami amalga oshirish usullari va vositalariga ko‘ra farqlanadigan variantlami qamrab oladigan konsepsiyasi shakllandi. Ijtimoiy ishga turli xayriya tashkilotlari, ko‘ngillilar jamiyatlari, •uyushmalar, jamg‘armalar, Cherkov xizmatchilari faol qo‘shildi.Hozirgi kunda ijtimoiy ishning sof davlat tizimidan jamoat homiyligini ham qamrab oladigan tizimga o‘tish yuz bermoqda. qaysidir darajada biz homiylikning inqilobgacha boMgan murvat- lariga qaytmaqdamiz, ayni paytda sho‘rolar davrida vujudga kelgan ba’zi elementlarni saqlab qolmoqdamiz.Rossiya homiyligi tizimini qayta yaratish yolida ziddiyatlar va
qiyinchiliklar boMishi muqarrar. Xatolami chetlab o‘tishda faqat hozirgi xorij tajribasinigina emas, balki o‘z vatanimiz tarixiy tajribasini o‘rganish ham yordam beradi. Uni o‘rganish quyidagilardan guvohlik beradi: muhtojlarga beriladigan ko‘mak uni keng jamoatchilikni jalb etib nomarkazlashtirilganda samaraliroq jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlar - xayriya, xususiy,
jamoat tashkilotlari, Cherkov va davlatning yordamga muhtoj bo‘lganlar to‘g‘risida axborot olishda ham, ularga yordam berishda ham o‘zaro ta’sirini saqlab qolish zarur.Davlat o‘z zimmasiga xayriya muassasalari faoliyati, ulardan ba’zilari ishining qisman moliyalashtirish, eng muhimi muhtojlarga imtiyozlar, rag‘batlar tizimi orqali yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarning yagona tizimini, me’yoriy asosini yaratish bo‘yicha funksiyalarni olishi zarur.Homiylik ishlariga ommaviy axborot vositalari tomonidan doi- miy e ’tibor qaratish va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish zarur.Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning bir necha moddellari tashkil etilib ishlayapti. Ularni davlat yordamida moliyalashtirishni nazarda tutib, quyidagicha tasniflashtiramiz.
- davlat ijtimoiy xizmatlari;
- aralash xizmatlari;
- mustaqil yoki xayriya fondlari, diniy va ijtimoiy tashkilotlari
qoshida ish yurituvchi tijorat xizmatlari.Davlat xizmatining ustun modeli - oila va bolalarga xizmat ko‘rsatishning hududiy markazlaridir. Ijtimoiy xizmat ko‘rsa-
tishning boshqa muassasalaridan farq qilgan holda ularning faoliyati va xizmatlari turli-tuman bo‘lib, o‘z kuchlari bilan oila muam­molarini yechishga, hayotning turli sohalarida yuzaga kelgan mushkul vaziyatlami bartaraf etishga harakat qiladilar. Har yili davlat xizmatlari ro‘yxatini Rossiya Federatsiyasi hukumati tasdiqlaydi, bular quyidagilar:A) Ijtimoiy-maishiy xizmatlar, moddiy va natural yordam:- shoshilinch xizmat va shoshilinch moddiy yordam;- og‘ir kasal, nogiron bolalari bo‘lgan oilalarga yordam; harakat qilishga qiynaladigan, birovning qaroviga, oziq-ovqatlar, dori- darmonlami olishda boshqalar yordamiga muhtoj oilalarga va alohida fuqarolarga yordam;- beg‘arazlik asosida yoki muayyan to‘lov hisobiga aholidan buyumlar (kiyim-kechak, poyafzal va boshqalar)ni qabul qilish;322- xayriya va insonparvarlik yordamini taqsimlash (tovarlar va oziq-ovqatlar va boshqalar);- yetim bolalarga, ota-ona qo'arovisiz qolganlarga, vasiy
oilalarga ijtimoiy yordam;- manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar
topishda tadbirlar tashkil etish;- muassasalar qoshida buyumlar fondi, yolg‘iz onalarning voyaga yetmagan bolalariga va boshqa kategoriyada muhtoj larga
bolalar buyumlari fondini tashkil etish;- ishga joylashtirish (shu jumladan, vaqtincha) va kasbga ega bo‘lish (mutaxasislik olishda) yordam berish;- bolalaming teatrlar, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy tadbirlarga borishini tashkil etishga yordam berish;- bolalar uchun xayriya ziyofatlari, yozgi dam olish, sanatoriya- kurort davolanishlami tashkil etish;- juda muhtojlarga oziq-ovqat va maishiy xizmatlami tashkil etishda yordam berish;- pul mablag‘lari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya-gigiyena vositalari, bolalarga qarash uchun vositalar, birinchi navbatda zarur bo‘lgan kiyim-kechaklar, poyafzallar va boshqalar, pul yordamlari, imtiyozlar, qo‘shimcha to‘lovlar, tovonlarni ajratishda yordam berish;
- xat, arizalar yozishda, hujjatlami, shu jumladan vasiylik hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishda yordam berish;- mehnatga noqobil kam ta’minlangan oilalarga uyda ijtimoiy maishiy xizmat ko‘rsatish;- nogiron bolalarga uy mehnatini tashkil etish va ularning keyinchalik ishga joylashtirishni tashkil etish;- markaz qoshida o‘smirlar va ishsizlar uchun ustaxonalar va sexlar tashkil etish;- nogiron bolalarni davolash; dam olish joylariga yetazish, hujjatlami rasmiylashtirishda ko‘mak berish.B) Ijtimoiy huquqiy xizmatlar:- mijozlar, shu jumladan bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq hujjatlami yozish va rasmiylashtirishda yordam berish;- ijtimoiy to‘lovlarni yetkazishda ko‘mak berish;- aholining huquqiy savodini (mahalliy axborot vositalarida, ma’ruzalar bilan chiqish va boshqalar), huquqiy xabardorligini oshi­
rish (qo‘llanmalar, axbarot varaqalari va boshqalami) tayyorlash;- bolalar shaxsiy manfaatini huquqiy jihatdan himoya qilishda ishtirok etish.D) Ijtimoiy reabilitatsion xizmatlar:- «ijtimoiy (psixologik-tibbiy-pedagogik ko‘rik) konsiliumi»ni tashkil etish;- ijtimoiy va jamiyatga qarshi xatti-harakatli voyaga yetmagan- larning ijtimoiy patronaji;- individual korreksion dasturlarni tuzish.E ) Psixologik xizmatlar:- psixoprofllaktika va psixogigiyena;- psixodiagnostika va mijoz shaxsini ko‘rikdan o‘tkazish;- psixoterapevtik (individual, guruhiy, oilaviy) yordam;- oilaviy psixologik (individual, guruhiy) maslahat;- ijtimoiy psixologik konsilium;- kishilar bilan ularning og‘ir emotsional holatlarida ish olib borish;
- sog‘liqni saqlashning statsionar muassasalariga ma’naviy psixologik madad berish niyatida tashriflar uyushtirish;
- psixosotsial maslahatlar;
- psixologik patronaj;
- keskin, tushkun vaziyatlarda psixologik aralashuv;
- munosabatlar va xulq-atvorlarni korreksiyalash;
- kommunikativ muloqotlar bo‘yicha trening o‘tkazish;
- hissiyotni o‘zi to‘g‘ri yo‘lga solish ko‘nikmasini rivojlantirish;
- vositachilik xizmatlarini tashkil etish;
- testlashtirish asosida kasbga yo‘naltirish;
- o‘zaro yordam guruhlari faoliyatlarini tashkil etish;
- psixologik ma’rifat;
- nogiron bolalar ota-onalarini psixokorreksion va psixotera-pevtik metodlar bilan tanishtirish.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish