G'ayrizo'ravonlik axloqshunosligiga qisqacha to'xtalib o'tishimizning o'zidayoq, biz bu yo'nalishning kelajakdagi asosiy axloqiy ta'limotlardan biri bo'lib qoIishini ilg'ashimiz mumkin. Shaxs, guruh, millat, xalqlar o'z istaklarini, mavjud mustabid tuzum va hukumatdan noroziliklarini tinch yo'l bilan bildirishlari hamda o'z maqsadlariga zo'ravonliksiz, qon to'kmasdan erishishlari mumkinligi - insoniyatning ulkan yutug'i. Chunki qonli kurashlar, inqiloblar, terror, qurolli qo'zg'olon singari
hodisalar muayyan millat va mamlakat erishgan yutuqlarni yo'qqa chiqaradi, o'lim, vayronagarchilik, ma'naviy qadriyatJarning oyoqosti bo'lishi singari ulkan fojialarga olib keladi. Hayotga ehtirom va yangi tasavvufaxloqiy yo'nalishlari XX: asrda vujudga kelgan yana bir yo'nalish - hayotga ehtirom axloqiy ta'limoti mashhur olmon faylasufi, shifokori Albert Shvayser (1875-1965) nomi bilan bog'liq. Uning «Madaniyat va axloq» deb atalgan fundamental kitobida hayotning yuksak ma'nosini tan olish va barqaror etish asosiy tamoyil sifatida ko'zga tashlanadi. Shvayserning o'zi ham butun umri davomida ana shu tamoyilga amal qildi. Falsafa fanlari doktori, ilohiyot bo'yicha ulkan mutaxassis, mashhur musiqashunos o'ziga lang ochilgan Ovro'pa universitetlariga qiyo boqmay, Markaziy
Afrika changalzorlarida odamlarni davolash uchun yana talaba bo'lib tibbiyot fakultetini tugatadi va Gabonga borib, umrining oxirigacha hayotga ehtirom g'oyasini amalda isbotlab yashaydi. Shvayserning fikriga ko'ra, hayot tabiat yaratgan eng oliy ne'mat sifatida buyuk hurmatga sazovor. Bu talab, taraqqiyot darajasidan qat'i nazar, hamma hayot uchun bir xil maqomga ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, maysa ham, kaklik ham, kiyik ham men kabi yashashga
haqli, ularning hayoti ham ehtiromga sazovor. Hayotga ehtirom axloqi oliy yoki quyi, nisbatan qadrli yoki qadrsiz hayotlar orasida farq ko'rmaydi: men - hayotman, mendek yashashni istagan hayotlar ichida yashashni istaguvchi hayotman.
Shvayser qarashlari zamirida talabalik yillarida o'zi nihoyatda qiziqqan va tadqiq etgan qadimgi hind axloqshunosligi g'oyalari yotadi. Ayniqsa, ujaynchilik yo'nalishiga ixlos bilan qaraydi: ular qon to'kilmasligi uchun go'sht sotib olmaydilar, jaynchi-rohiblar biror-bir chirkni tasodifan yutib yubormay deb og'izlariga doka tutib yurganJar, yerdagi hasharotlarni tasodifan o'ldirib qo'ymay deb dehqonchilik qilmasdan faqat tijorat bilan shug'ullanganlar. Ana shu “O'ldirman” degan da'vat Shvayser axloqshunosligining asosiy shioriga aylangan. Uning fikriga ko'ra, bu
shior doimo inson xatti-harakatining asosi bo'lmog'i lozim. Shu bois ham faylasuf fazilatlar va illatlarni shunchaki sanab o'tishni musiqaga aylanmagan parda bosishga o'xshatadi. Zero, uning nazdidagi ezgulik - tirik jonni saqlab qolish, hayotga ko'maklashish, yovuzlik esa -jonlini jonsiz qilish, hayotga zarar yetkazish. «Hayotga ehtirom axloqshunosligi, - deb yozadi A.Shvayser, - nisbiy axloqshunoslikni tan olmaydi. U nimaiki hayotni asrab qolishga va taraqqiy toptirishga qaratilgan bo'lsa, faqat o'shani - ezgu deb qabul qiladi. Har qanday hayotni halok etish yoki unga zarar keltirish, qanday sharoitda ro'y bermasin, u yovuzlik sifatida ta'riflanadi. Hayotga ehtirom axloqi axloq va zaruriyatning biror-bir amaliy o'zaro tovon to'lashini tan olmaydi»l. Har bir shaxs shu tamoyilga amal qilgandagina, u odam va olam bilan uyg'unlikka, yaxlitlikka erishadi. Shunday qilib, Shvayser olg'a surgan hayotga ehtirom axloqiy ta'limoti insonni shafqatli, muruvvatli zot bo'lib umr kechirishga chorlaydi. Ayni paytda u zamonaviy insonda ekologik madaniyatning vujudga kelishida, umumjahoniy axloqiy muhit etosferaning yaratilishida muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |