O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Download 0,7 Mb.
bet91/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2020 y., 29-dekabr) mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi tashabbuslar:

  • Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etiladi.

  • Markaziy va Janubiy Osiyo munosabatlariga doir yuqori darajadagi xalqaro konferensiya о‘tkaziladi.

  • Xivada YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida”mavzusida xalqaro anjuman о‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Hozirda BMT, SHHT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi О‘zbekiston va Qo­zog‘iston о‘rtasidagi о‘zaro hamfikrlik ham­da doimiy muloqotlar mintaqaning muhim muammolarini muhokama qilish, ularni bartaraf etishda umumiy yondashuvni ishlab chiqish, shuningdek, hamkorlikning turli sohalaridagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish imkonini bermoqda.
О‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan hamkorligi. О‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi ikki davlat о‘rtasida dо‘stlik, hamkorlik va о‘zaro yordam haqida shartnoma asosida yо‘lga qо‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Askar Akayevning О‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992 yil 29-sentabrda imzolangan edi.
2017 yil mamlakatlarimiz о‘rtasidagi mu­nosabatlar tarixida tub burilish davri bо‘ldi. Shu yil 13-14-dekabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeyen­bekov rasmiy tashrif bilan О‘zbekistonga keldi. Tashrifning birinchi kuni О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Kо‘ksaroy qarorgohida Qirg‘izistonning yangi Prezidenti Sooronbay Jeyenbekov bi­lan uchrashdi va tor doirada muzokaralar о‘tkazdi.
Muzokaralardan sо‘ng ikki davlat Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashuv о‘tkazdilar. Shavkat Mirziyoyev о‘z nutqi davomida 2017 yil – О‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalari tarixida unutilmas yil bо‘lib qolajagi haqida gapirib: «Bu yil hech mubolag‘asiz - tarixiy yil. Diplomatik munosabatlarda bunaqasi kamdan-kam bо‘ladi. Qirg‘iziston Prezidenti bilan oliy darajadagi uchrashuvlarda uchinchi bor kо‘rishib turibmiz. Bu bizning xalqlarimiz xohishidan kelib chiqdi. Nega men bu yilni tarixiy deb aytayapman? Chunki akam, hurmatli Almazbek Sharshenovich bilan birgalikda bir yil ichida uzoq yillar davomida tо‘planib qolgan masalalarga yechim topdik. Va bu hal etilgan masalalar xalqlarimiz tomonidan tо‘liq qо‘llab-quvvatlanmoqda. Xalqning qо‘llab-quvvatlashi - bu buyuk ishdir», -dedi.
Shavkat Mirziyoyev о‘z nutqi davomida О‘zbekiston Qirg‘iziston bilan barcha jabhalarda, xususan, xalqaro tashkilotlar doirasida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidlab:«Vaqt keladiki, mamlakatlarimiz о‘rtasida chegaraga zarurat qolmaydi. Men buni juda xohlayman. Bizning dinimiz, urf-odatlarimiz yagona. Biz bitta xalqmiz. Shuning uchun chegara bо‘lmasligi kerak va biz bunday yutuqlarga erishamiz ham. Biz bir yilda shuncha masalalarni hal etishga muvaffaq bо‘lgan ekanmiz, kelajakda ham bironta yechimi yо‘q masala qoldirmaslikka erishamiz, degan fikrdaman», - deb qо‘shimcha qildi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sooronboy Jeyenbekov ham о‘z navbatida erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bо‘lganini, о‘zaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qо‘shganidan mamnun ekanini ta’kidladi.
Prezident Sooranbay Jeyenbekov 14-dekabr kuni dastlab О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov bilan, sо‘ng Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuv о‘tkazdi.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari 14-dekabrda «О‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan О‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari kо‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Davlat rahbarlariga ma’lum qilinganidek, kо‘rgazma doirasida о‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida savdo va kooperatsiya sohasida umumiy qiymati 140 million AQSh dollari atrofida bо‘lgan bitim va tijoriy shartnomalar imzolandi.
2018 yil 3-sentabr kuni Prezident Shav­kat Mirziyoyev Qirg‘izistonning Chо‘lpon ota shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitida ishtirok etdi. Ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlarning rahbarlari, ya’ni Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlat rahbarlarining ishtirokida bо‘lgan sammitda Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi Bosh vaziri Viktor Orban anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitda nutq sо‘zlab, xalqlarimizni о‘xshash til, mushtarak ma’naviy qadriyatlar va hamkor­lik rishtalari bir-biriga bog‘lab kelayotgani, bugungi kunda Kengashning siyosiy kun tartibida hech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini qayd etdi.
2017-2018 yillar davomida davlat rahbarlarining о‘zaro tashriflari va telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi ikki davlat о‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirib, yangi bosqichga kо‘tardi. Mamlakatlarimiz jamoatchiligi vakillarining Andijon va О‘sh shaharlariga о‘zaro tashrifi bо‘lib о‘tdi. 2018 yilning 11 oyi davomida о‘zaro savdo hajmi 2017 yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etdi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish