O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Download 0,7 Mb.
bet2/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Taqrizchilar:

S.Tillaboyev – t.f.n., dotsent. (TDPU);
H.I.Rajabov – (PhD), dotsent v.b. (TDTrU)













© Toshkent davlat transport universiteti, 2021 y.


KIRISH
Mustaqillik yillarida О‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta о‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar о‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yо‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni har tomonlama himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu о‘rinda ta’kidlash kerakki, oliy о‘quv yurtlarida О‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur о‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi о‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa о‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini tо‘g‘ri va tо‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida sо‘z ketganda, avvalo, 1989 yildan boshlab mustaqillikka erishishga tashlangan muhim qadamlar, qolaversa, 1991 yil davlat mustaqilligi qо‘lga kiritilgandan sо‘ng mamlakatimiz bosib о‘tgan tarixiy yо‘lning mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday о‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini, asosiysi, mustaqillik eng oliy ne’mat ekanligini tushunish, kerak bо‘lsa his etishi muhimdir.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni О‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi. Bu о‘z о‘rnida talabalarda mustaqillikni mustahkamlash yо‘lida faol ishtirokchi bо‘lib shakllanishida alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda 60 ta Markaziy Osiyo va О‘zbekistonning eng yangi tarixi bо‘yicha xorijiy markazlar ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. Shimoliy Amerika mintaqasida – 25 ta, Yevropa davlatlarida – 10 ta, MDH davlatlarida – 25 ta shunday markazlarni sanash mumkin. Yangilanayotgan О‘zbekistonni shiddat bilan rivojlanib borayotgani hamda mustaqil О‘zbekistonning eng yangi davri tarixiy voqeliklari xususida butun jahon hamjamiyati qiziqish bildirib turganligi mazkur fanning dolzarbligini yanada oshiradi.
Fanni о‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida О‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim о‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini kо‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning о‘rnini, о‘zligini anglatishdan iborat.
Fanni о‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida О‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
Fan bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan talaba:

  • mustaqillikka erishish arafasida О‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;

  • mustaqillik yillaridagi о‘zgarishlarni, О‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda О‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi о‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi;

  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qо‘llay bilish, atrofida sodir bо‘layotgan jarayonlarga о‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining о‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bо‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish kо‘nikmalariga ega bо‘ladilar.

  • О‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bо‘yicha о‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarni egallaydi.

Mazkur о‘quv qо‘llanma ijtimoiy fanlar doirasida faoliyat olib boruvchi professor-о‘qituvchilarga, magistrlarga hamda bakalavr bosqichi talabalariga mо‘ljallangan. О‘quv qо‘llanmada ba’zi kamchilik yoki imloviy xatoliklarga yо‘l qо‘yilgan bо‘lishi mumkin. Mualliflar jamoasi mazkur holatlar uchun oldindan uzr sо‘raydi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish