O'quv ishlari bo’yicha prorektor


«О‘zbekistonning eng yangi tarixi» kursining predmeti, maqsadi



Download 0,7 Mb.
bet6/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

3. «О‘zbekistonning eng yangi tarixi» kursining predmeti, maqsadi,
vazifalari va nazariy-uslubiy asoslari.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi hozirgi bosqichda milliy ongni shakllantirishning obyektiv ahamiyati tufayli tobora kо‘proq e’tiborni jalb qilayotgan nisbatan yosh о‘quv kursi hisoblanadi. О‘zbekistonning zamonaviy tarixini о‘qitishning asosiy yо‘nalishi demokratik fuqarolik ta’limi tizimini mustahkamlash bо‘lib, natijada, demokratik fuqarolik madaniyati vujudga keladi.
О‘zbekistonning eng yangi tarixini о‘qitish jarayonida yoshlarda ularning mafkuraviy qarashlarini, ongli fuqarolik hulq-atvorlarini rivojlantirish bо‘yicha amaliy kо‘nikmalarni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Zamonaviy dunyoning ma’naviy meyorlari va umuminsoniy qadriyatlariga rioya qilish - erkin, adolatli, demokratik jamiyat fuqarosi bо‘lish, muloqot, tahliliy fikrlash, boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik, о‘z-о‘zini anglash, mustaqil bо‘lishga erishish, tashabbuskorlik va uni qо‘llab-quvvatlash kо‘nikmalarini о‘zlashtirish orqali amalga oshirilishi, о‘rganilishi kerak.
Ma’lumki, tarix insoniyat jamiyatini rivojlantirish fani sifatida turli xil jamoalarni tashkil etuvchi, ma’lum munosabatlarda bо‘lgan shaxslar va guruhlarning xatti-harakatlarining umumiyligini о‘rganadi.
Shuning uchun tarixning predmeti - bu shaxslarning hatti-harakatlari va jamiyatdagi munosabatlarning umumiyligidir.



“Xalqimizning ulug‘vor qudrati jо‘sh urgan hozirgi zamonda О‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bо‘ladi. Chunki bugungi О‘zbekiston – kechagi О‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston
Mustaqilligining 29 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
nutqidan.


Tarixni bilish jarayoni uch tarkibiy qismdan iborat: tarixiy bilish obyekti, tadqiqot mavzusi va bilish usuli.


Tarixshunoslik kо‘plab avlodlarning tajribalarini umumlashtirib, yangi tarixiy dalillar bilan boyitib, rivojlanishning bir necha bosqichlarini bosib о‘tdi. Bu faktlarni tо‘plash, tizimlashtirish, baholashga asoslangan. Tarixiy bilish sohalari orasida fuqarolik tarixi, siyosiy tarix, davlat va huquq tarixi, davlat boshqaruvi tarixi, iqtisodiyot tarixi, harbiy tarix, din tarixi, ijtimoiy tarix, madaniyat tarixi, musiqa, til, adabiyot va boshqalar ajralib turadi.
Boshqa har qanday fan singari, yaqin tarix ham ma’lum tarixiy voqealarni tushuntirish va о‘rganishga yordam beradigan boshqa fanlar bilan о‘zaro bog‘liqdir. Masalan, psixoanaliz usullaridan foydalanib, tarixchilar tarixiy shaxslarning xatti-harakatlarini sharxlashga muvaffaq bо‘lishdi. Geografiya va tarix о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlik tufayli tadqiqotlarning kartografik usuli paydo bо‘ldi. Tilshunoslikka oid yondoshuvlar sintezi asosida esa, uzoq va yaqin tarix haqida kо‘p narsalarni о‘rganish mumkin bо‘ldi.Tarix va falsafa, sotsiologiya, matematika va boshqalar о‘rtasidagi aloqalar ham juda yaqin. Boshqa fanlar bilan bunday aloqalar tarixiy izlanishlarni osonlashtiradi, о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘risida kengroq ma’lumot olishga imkon beradi.
Yordamchi maxsus tarixiy fanlar ham mavjud. Yordamchi tarix fanlariga an’anaviy ravishda paleografiya, diplomatiya, genealogiya, epigrafiya, tarixiy metrologiya, numizmatika, xronologiya, tarixiy geografiya va boshqalar kiradi. Ular tarixshunoslikning ma’lum turlari, shakllari bilan shug‘ullanadigan maxsus, nisbatan mustaqil sohalardir.
Qо‘shimcha tarixiy fanlar esa nisbatan torroq masalalarni batafsil о‘rganib chiqish orqali tarixiy jarayonni chuqurroq tushunishga hissa qо‘shadi.
Tarix psixologiya, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, yuridik fanlar, adabiyot kabi boshqa fanlar bilan о‘zaro aloqada bо‘lish bilan birga, ulardan farqli ravishda, butun jamiyatning rivojlanish jarayonini о‘rganadi, ijtimoiy hayotning barcha hodisalarini hamda barcha jihatlarini о‘zaro bog‘liqlikda tahlil qiladi.
Ijtimoiy, iqtisodiy va texnik fanlarning har biri esa insoniyat jamiyatining rivojlanishi davomida о‘zga xos tarixiy yо‘lni bosib о‘tgan.
Tarix, shuningdek, bir necha, jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik kognitiv, intellektual va mafkuraviy funksiyalarga ham egadir. Kognitiv funksiya - bu mamlakatning tarixiy yо‘lini о‘rganish va obyektiv ravishda tarixchilik nuqtai nazaridan davlat tarixini tashkil etuvchi barcha hodisalar va jarayonlarni aks ettirishni о‘z ichiga oladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish