O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Download 0,7 Mb.
bet5/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Birinchi bosqich: 1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bо‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib etilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq say-harakatlar bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich: 1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va о‘zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga о‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida «taraqqiyotning о‘zbek modeli» ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga о‘tish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqich - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizatsiya qilishning boshlanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrning asosiy vazifasi - kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich о‘tish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi.
Tо‘rtinchi bosqich: 2010-2016 yillar. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish jarayoni davom ettirildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, sо‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bо‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.
О‘zbekistonning zamonaviy tarixini beshinchi bosqichi 2017 yildan boshlandi. О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda О‘zbekistonni yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qо‘lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bо‘yicha keng kо‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettirib, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizatsiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab berilgan.
Mazkur bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada takomillashtirish, qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va pragmatik, о‘zaro ishonch ham hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat konsepsiyasining ishlab chiqish bilan tavsiflanadi.
Ta’kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan holda, О‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‘lik mazkur bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bо‘lgan vosita sifatida kо‘rib, tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham mumkin.
Zamonaviy tarixni о‘rganishning dolzarbligi uning ayni hayotga ta’sir kо‘rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada? Bunda ayrim siyosatchilarning roli qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog‘liq? Bular, yaqin tarix javob berishi kerak bо‘lgan savollardir. Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va kelajak bilan bog‘liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‘liq.
Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni mustahkamlashga bir necha bor da’vat qilar ekan, о‘sib kelayotgan avlod tomonidan istiqlolga erishish tarixini chuqur о‘rganish muhimligini, qanday qiyin yо‘ldan о‘tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta’kidlaydi.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi hali institusional xususiyatga ega emas, ya’ni, mustaqil metodikaga, ilmiy ishlanmalarga va о‘quv-uslubiy ta’minotga ega emas. Sо‘nggi yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar kо‘lami va ularning dinamikasi uni fan va ta’lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini kо‘taradi. Bundan tashqari, «yangi avlod о‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va nashrlarini tayyorlash, О‘zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan sivilizatsiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda о‘rganish hamon dolzarbligicha qolmoqda. Bu о‘rinda, yoshlar mustaqil ravishda ma’lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy qabul qilishlari va tahlil qilishlari, о‘zlarining fuqarolik pozitsiyalarini dalillar bilan taqdim etishlari kerak.
Yosh avlodga e’tibor quyidagilarga bog‘liq. Globallashuv sharoitida О‘zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta’siri zonasida qolmoqdalar, ularning ba’zilari hatto mustaqil О‘zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan siyosatni ataylab obrо‘sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida О‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan bog‘liq axborot xavfsizligi tizimining ta’minlash zarur kо‘rinadi.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va о‘qitish, balki tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirish yо‘lidir. О‘zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX asr oxiri – XXI asr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, jahon tarixi kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni kо‘rish, О‘zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan о‘rni haqida tasavvurni shakllantirish, mamlakatning yangi strategik yо‘nalishini, uning ichki va tashqi siyosatining ustuvor tamoyillarini tushunishiga xizmat qiladi.
“Yaqin tarix” tushunchasi an’anaviylikdan farqli о‘laroq, tarixning «eng yangi» falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining muammolarini yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan kо‘rib chiqishga asoslangan bо‘lib, u о‘zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot obyekti sifatida qarab, voqea-hodisalarni tarixshunoslikning bir bо‘lagi sifatida о‘rganadi.
Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. Faktor tahlili - ma’lum mezonlarga kо‘ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish, о‘rganilayotgan obyektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni taqsimlash bо‘yicha; sotsiologik tadqiqotlar va og‘zaki tarix usullari esa - rasmiy manbalar bilan bir qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan foydalanishga, mavzuni kengroq va chuqurroq kо‘rib chiqishga, turli darajadagi jarayonlarning о‘zaro munosabati va ta’sirini tahlil qilishga imkon beradi. Kо‘p bosqichli tahlildan foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va mexanizmlarini aniqlashga yordam qiladi.
Yaqin tarixni har tomonlama о‘rganish muhim nazariy va amaliy vazifadir. Zamonaviy davr tarixini о‘rganishda fanlararo yondashuvlarni ishlab chiqish tavsiya etiladi. Zamonaviy jarayonlar ham milliy, mintaqaviy va global jihatlarni о‘rganishga asoslangan holda, muntazam ravishda tahlil qilinishi kerak.
Sovet Ittifoqi mafkurasining rad etilishi munosabati bilan О‘zbekistonning zamonaviy tarix fanida quyidagilar asosiy masalalarga aylandi:

  • ijtimoiy va siyosiy hayotda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati;

  • fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yо‘llari;

  • ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni;

  • xalqaro munosabatlar tizimida О‘zbekistonning о‘rni;

  • Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat;

  • mintaqaviy va milliy xavfsizlik;

  • millatlararo, dinlararo munosabatlar va h.k.

Zamonaviy tarix masalalari bо‘yicha izchil tadqiqotlar sohasi hali ham yetarlicha aniqlanmagan, fanlararo tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Shuning uchun ham zamonaviy tarixni о‘rganishga butun tarix faniga xos bо‘lgan yangi yо‘nalishlarni kiritish, zamonaviy tarixni jiddiy metodologik asos bilan ta’minlash muhimdir.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish