Mavzuga oid test
1. Asl bahrlar soni nechta?
A. 19 ta.
B. 20 ta.
C. 16 ta.
D. 18 ta.
2. "Bahr" so`zining lug`aviy ma'nosi.
A. Ustun.
B. Uy.
C. Dengiz.
D. Barchasi to`g`ri.
3. Kim asl bahrlarni 21 ta deb hisoblaydi?
A. Alisher Navoiy.
B. Qays Roziy.
C. Zahiriddin Bobur.
D. Abdurauf Fitrat.
4. Bir ruknli asl bahrlar coni nechta?
A. 10 ta.
B. 8 ta.
C. 7 ta.
D. 19 ta.
5. Paradigmasiga qarab asl rukn nomini aniqlang: – V – –
A. Mafo`iylun.
B. Fo`ilotun.
C. Mustaf’ilun.
D. Maf’uvlotu.
6. "Ustun", "tayanchiq" degan lug`aviy ma'noga ega atama.
A. Bayt.
B. Turoq.
C. Misra.
D. Rukn.
7. Qaysi biri asl rukn?
A. Faulun.
B. Fo`ilun.
C. Mafo`ilun
D. Fa’al.
8. Baytda rukn soni nechta bo`lishi mumkin?
A. 4 ta.
B. 6 ta.
C. 8 ta.
D. Barchasi to`g`ri. Ilmiy adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. MAT. 20 jildlik. – Toshkent: Fan, 2000. 16-jild.
2. Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. TAT. 10-jild. – Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. – B. 543.
3.Bobir Zahiriddin. Muxtasar. – Toshkent: Fan, 1971. – 413 b.
13.Hojiahmedov A. O`zbek aruzi lug`ati. – Toshkent: Sharq NMAK, 1998. – 224 b.
4.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug`ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.
5. Yusupova D. Temuriylar davridagi aruzga doir risolalarning qiyosiy tahlili. Monografiya. – Toshkent: Ta’lim-mediya, 2019. – 264 b.
6. Shamsi Qaysi Roziy. Al- mo`jam. – Dushanbe: Adib, 1991. – 464 b.
7. Sharipova L. Aruz saboqlari. – Toshkent: Tafakkur, 2018. – 100 b.
8. Shomuhamedov Sh. Fors-tojik aruzi. – Toshkent: ToshDU, 1970.
Glossariy
Hazaj – mafo`iylun aslining takroridan hosil bo`ladigan bahr bo`lib, qo`llanish ko`lamiga ko`ra ramal bahridan so`ng 2-orinni egallaydi. Alisher Navoiy “Mezon-ul avzon”da bu bahrga daxldor 46 vazn, Bobur “Muxtasar”da 105 vazn borligini aytib, misollar keltiradi.
Hashv – (arabcha so`z bo`lib, “ortiqcha so`z”, “mavzudan chetga chiqib aytilgan so`z” degani) she’r baytlarida ruknlarning soni oltita yoki sakkizta bo`lsa, 1-misrada sadr va aruz; 2-misrada ibtido va zarb orasidagi ruknning o`rniga ko`ra nomi. Baytda ruknlar coni to`rtta bo`lsa, hashf uchramaydi.
Hijo – (arabcha so`z bo`lib, “bo`g`in” degani ) she’riyatda misralarni tashkil qiluvchi va bir nafas bilan aytiluvchi eng kichik ritmik bo`lak bo`lib, bir unlidan yoki bir unli bilan bir yoxud bir necha undosh tovushlar birikuvidan tashkil topadi.
Mafo`iylun – sakkiz asl ruknning biri bo`lib, bir o`zining takroridan mashhur hazaj bahri, boshqa ruknlar bilan birgalikda kelishidan muzori’, tavil, qarib, mushokil bahri paydo bo`ladi. Ulardan hazaj va muzori’ she’riyatimizda keng qo`llanadi. Bu aslning 12 furu’si bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |