- 890 -
Bismoverol-
Bismoverolum
Mushak ichiga 1,5 ml
(1 xaftada 2 marta)
100 ml flakonlarda
MUSTAQIL TAYYORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.Sulfanilamid preparatlarning tasnifi qanday?
2. Sulfanilamidlarning ta'sir mexanizmi qanday?
3. Qaysi sulfanilamid preparatlar va nima uchun peshob yo‘li xastaliklarida
samarador?
4. Me'da-ichak traktidan yaxshi so‘riluvchi sulfanilamidlarning nojo‘ya ta'sirlari
bormi?
5. Ftalazolning ta'sir mexanizmi qanday?
6. Baktrimning ta'sir mexanizmi qanday?
7. Nalidiksiv kislotasi FKsiga xos bo‘lgan qanday belgilarni bilasiz?
8. Ftorxinolon unumlariga qaysi preparatlar kiradi?
9.Nitroksolinni qo‘llashga qanday ko‘rsatmalarni bilasiz?
10.Furazolidon va furadoninni FKsida farq bormi?
11. Xinoksalin unumlariga qaysi preparatlar kiradi?
12. Zaxmni davolashda qanday guruh preparatlari qo‘llaniladi?
13. Biyoxinol va bismoverol antimikrob ta'sir spektri qanday?
14. Zaxmning kechgi bosqichlarida qaysi preparatlar qo‘llaniladi?
SILGA QARSHI VOSITALAR
Silni medikamentoz davolashda asosiy o‘rinni ximioterapevtik vositalar
egallaydi. Ularga quyidagi preparatlar mansub:
A. Sintetik vositalar
Izonizid Etionamid
Etambutol Protionamid
Natriy para-aminosalitsmlat kislotasi (PASK) Pirazinamid
Bepask Tioatsetazon
- 891 -
B. Antibiotiklar
Rifampitsin Sikloserin
Streptomitsin sulfat
Kanamitsin sulfat
Streptomitsinning xlor kalsiyli kompleksi Florimitsin sulfat
Antimikrob ta'sir spektri bo‘yicha qayd etilgan guruhlar bir-biridan jiddiy
ravishda farq qiladilar. Sintetik vositalar faqat sil mikobakteriyasiga ta'sir
ko‘rsatadi (ba'zi birikmalar moxov qo‘zg‘atuvchisiga ham ta'sir etadi).
Boshqa
mikroorganizmga ular ta'sir etmaydilar. Shu bilan bir qatorda silni davolashda
qo‘llaniladigan antibiotiklar keng antimikrob ta'sir spektriga egadirlar (4- rasm)
_____________________________
1
Milklarni yallig‘lanishi. Lotinchada gingiva – milk
2
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi. Grekchada stoma-og‘iz
Silga qarshi vositalar asosan bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi. Ammo ba'zi
preparatlar ma'lum konsentratsiyada bakteriotsid ta'sir etadilar (izoniazid,
rifampitsin, streptomitsin).
Sil ximioterapiyasining davomli bo‘lishidan kelib chiqqan xolda uning
qo‘zg‘atuvchisining dorilarga chidamlilik orttirish
muammosi katta ahamiyat
kasb etadi. Umuman olganda, sil mikobakteriyasi hamma preparatlarga
chidamlilik orttiradi. Ammo ba'zilari (rifampitsin, streptomitsin)ga tez
rivojlanadi, ba'zilariga esa nisbatan sekinroq rivojlanadi (masalan para-
aminosalitsilat natriyga).
Chidamlilikni rivojlanishini sekinlashtirish maqsadida odatda 2-3 ta
preparatlarni birgalikda (kombinatsiya) qo‘llashadi. Davolashning avvalida 2-3
ta preparatni shunday birga qo‘llashning yana bir
zaruriyati shundan iboratki,
kasallikni qo‘zg‘atuvchisining dorilarga bo‘lgan sezgirligi hali noma'lum bo‘ladi
va uni aniqlash faqat 1-2 haftadan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Shu sabab ximioterapiyani bateriologik tekshirishlar natijasini kutmay
boshlab yuboriladi. Odatda bu yaxshi,
kerakli natija beradi, chunki sil
- 892 -
mikobakteriyasining bir vaqtda 2-3 ta preparatga chidamlilik orttirgan shtamlari
nisbatan juda kam uchraydi.
Silni dori vositalari bilan davolashning mushkullashtiradigan yana bir jihati
noxush ta'sirotlarning rivojlanishidir. Ular tabiatiga ko‘ra allergik va noallergik
bo‘lishi mumkin (10-jadval).
Bundan tashqari, antibiotiklarni qo‘llaganda superinfeksiya yuzaga kelishi
mumkin. Afsuski, ma'lum silga qarshi vositalarni deyarli hammasi noxush ta'sir
rivojlantiradilar, faqat ularning yo‘nalishlari va soni bir xil emasligi bilan
farqlanadi. Ba'zilari taxdidli bo‘lib (gepatotoksik, nevrotoksik,
qon hosil
bo‘lishini susayishi, neyrotoksik) preparatni qo‘llashni to‘xtatishga asos bo‘ladi.