- 809 -
8. Serigyelning ta'sir mexanizmi qanday?
9. Xlorgeksidinning nojo‘ya ta'sirlari bormi?
10. Furasillinning boshqa antisyeptiklardan qanday ustunligi bor?
11. Fenolning baktyeriostatik va baktyeriosid ta'sir mexanizmi qanday?
12. Krezollarni fenoldan qanday farqi bor?
13. Rezorsin teriga qanday ta'sirlar ko‘rsatadi?
14. Briliant yashiliga qanday xossalar xos?
15. Metilyen ko‘ki qanday holatlarda qo‘llaniladi?
16. Rivanol qanday ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi?
17. Vodorod perikisini qo‘llashga qanday ko‘rsatmalarni bilasiz?
18. Yod qanday ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi va uning ta'sir mexanizmi
qanday?
19. Formaldegid va etil spirti qanday ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi?
20. Og‘ir metall tuzlarining ta'sir mexanizmi qanday?
ANTIBAKTERIAL XIMIOTERAPIYA VOSITALARI
1
Antibakterial ximioterapevtik vositalarga quyidagi ikkita sifat xosdir:
1) ma'lum turdagi xastalik qo‘zg‘otuvchilarga tanlab ta'sir ko‘rsatish, ya'ni
muayyan antimikrob ta'sir spektriga egadirlar;
2) inson va jonivorlarga kam zaxardirlar.
Ularni ko‘proq rezorbtiv ta'sirlaridan foydalaniladi (enteral
va parenteral
kiritiladi) preparatlar sistemali infeksiyalarda qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda
ximioterapevtik vositalarni maxalliy ham qo‘llashadi; bunda ular juda kam
_______________________
1
Ximioterapiya vositalar deb ma'lum infeksion va parazitar xastaliklar
qo‘zg‘otuvchilariga nisbatan tanlab ta'sir etuvchi (tanlab zaharlovchi)
moddalarga aytiladi. Bundan
tashqari ularga viruslar, zamburug‘lar, sodda
jonivorlar va gijjalarga qarshi preparatlar ham kiradi.
- 810 -
(minimal) so‘rilishi kerak. Bu kuchli va turg‘un antimikrob ta'sir olish va
noxush ta'sirotlar rivojlanishini oldini olishda muhim axamiyatga ega.
Lokal
(maxalliy) ta'sirni rivojlantirish maqsadida preparatni teri va shilliq qavatlarga
surtiladi, xamda ichak infeksiyalarga ta'sir ko‘rsatish uchun ichiladi (ovqat
xazm qilish traktidan so‘rilmaydigan moddalarni).
Antibakterial ximioterapevtik vositalarni qo‘llashni o‘ziga hos tomonlari
mavjud. Avvalam bor davolashni muvaffaqiyatini ta'minlash
uchun xastalikni
qo‘zg‘atuvchisini va qo‘llash mumkin bo‘lgan ximioterapevtik vositaga uni
sezgirligini aniqlash lozim. Agar xastalik qo‘zg‘otuvchisi ma'lum bo‘lsa, tegishli
antibakterial spektrga ega bo‘lgan preparat tanlanadi. Qo‘zg‘otuvchisi noma'lum
bo‘lgan holda ta'sir spektri keng bo‘lgan moddalar yoki ikkita, yakuniy spektri
tahmin qilinayotgan qo‘zg‘otuvchini qamragan preparatni birgalikda qo‘llash
maqsalga muvofiqdir.
Davolashni iloji boricha erta boshlash lozim. Xastalikni avvalida
mikroblar soni kam va ular keskin ravishda rivojlanayotgan va ko‘payayotgan
xolda bo‘ladilar. Bu bosqichda mikroorganizmlar
ximioterapevtik vositalar
ta'siriga juda ham sezgir bo‘ladilar. Biologik suyuqliklarda va to‘qimalarda
preparatni bakteriostatik yoki bakteriotsid konsentratsiyasini ta'minlash uchun
preparat dozalari yetarlicha bo‘lishi lozim. Davolashni avvalida ba'zan
preparatni keyingilariga nisbatan ko‘proq bo‘lgan katta dozalarda qo‘llashadi.
Davolash muddati optimal bo‘lishi o‘ta muhim.
Klinik holatni birmuncha yaxshilanishi ( isitmani tushishi va boshqalar)
preparatni qabul qilishni to‘xtatishga yetarlicha asos bo‘la olmaydi. Agar
davolashni zarur muddatda o‘tkazilmasa, kasallik qaytalinishi mumkin. Ba'zi
yuqumli kasalliklarda qayta davolashni o‘tkazishga zaruriyat tug‘iladi. Ba'zi
dorilarni me'da – ichak traktidan to‘liq so‘rilmasligi, gematoensefalik
to‘qimalardan yomon o‘tishi va shunga o‘xshashlarni
nazarda tutgan xolda
moddalarni kiritishni eng samarador yo‘lni tanlash katta ahamiyatga ega. Tez-
tez bir vaqtni o‘zida ikki-uchta antibakterial vosita beriladi. Shuni inobatga olish
- 811 -
lozimki, bunday preparatlarni birgalikda qo‘llash yetarlicha asoslangan bo‘lishi
darkor, chunki birga qo‘llashda antibakterial faollikni ortishi bilan birga ularni
zaharligini ham kuchayishi kuzatilishi mumkin. Bakterialarni ximioterapevtik
vositalarga chidamlilik ortishlarini oldini olish maqsadida preparatlarni
birgalikda qo‘llash surunkali infeksiyalarda ( masalan, silda) ayniqsa zarur.
Antibakterial ximioterapiya vositalari quyidagi guruh lardan iboratdir:
-
antibiotiklar
-
sulfanilamid preparatlari
-
xinolin unumlari
-
turli hil kimyoviy tuzilishli sintetik antibakterial vositalar
-
zahmga
qarshi vositalar
-
silga qarshi vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: