O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 
 
 
Ba'zi antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalarning kimyoviy tuzilishi 


- 801 -
Metall tuzlarining kuydiruvchi ta'siri eng keskin natija xisoblanadi. U 
albuminatlarning eruvchanligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kuchli namoyon 
bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan albuminatlarni suvda va biologik suyuqliklarda 


- 802 -
eruvchanligiga qarab metallarni quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: Pb... Al, 
Zn, Cu,Ag.....Hg. Qo‘rg‘oshinda burishtiruvchi ta'sir ( zich albuminatlar xosil 
qiladi), simobda kuydiruvi ta'sir eng ko‘p namoyon bo‘ladi. Bir yo‘la ushbu 
qatorda qo‘rg‘oshindan simobga qarab antimikrob faollik ortib boradi. 
Antiseptik sifatida qatorning o‘ng tarafda joylashgan metallar ayniqsa 
kumush va simob tuzlari eng ko‘p axamiyatga egadirlar. 
Antiseptik sifatida simob tuzlaridan quyidagi preparatlar qo‘llaniladi: 
a) suvda yaxshi eruvchan simob ikki xlorid ( sulema) – Hg Cl

b) suvda erimaydigan simob amidoxlorid (oq cho‘kma xosil qiluvchi simob) - 
Hg NH
2
Cl va simobning sariq oksidi ( sariq cho‘kma xosil qiluvchi simob)- 
HgO. 
Yaxshi eruvchan va dissotsiatsiyalanadigan
simob ikki xlorid
yuqori 
darajada mikroblarga qarshi faollikga ega. Preparatni qo‘l terisini, idish-
tavoqlar, xonalar va boshqalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Metall 
buyumlarni dezinfeksiyalash uchun u yaroqsizdir, chunki metallarni 
korroziyaga olib keladi. Bemorlarni ajratmalarini zararsizlantirish uchun 
preparat qo‘llanilmaydi, chunki oqsillar simob ikki xlorid faolligini kamaytiradi. 
Preparat kuchli darajada maxalliy ta'sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lganligidan, 
qo‘lga ishlov berish uchun onda-sonda qo‘llaniladi. Simob ikki xlorid juda 
zaxarli ekanligini e'tiborga olish lozim. Moddani teri va shilliq qavatlardan oson 
o‘ta olish xossasi noxush asoratlarni rivojlantiruvchi omillardandir. 
Simobni sariq oksidini
ko‘proq ko‘zni infeksion jaroxatlanishda ( 
kon'yuktivit, keratit) qo‘llashadi. 
Simob amidoxloridini
odatda piodermiya kabi 
teri xastaliklarida qo‘llash uchun ko‘rsatma beriladi. 
Simob birikmalari bilan o‘tkir zaxarlanish, odatda simob ikki xloridini 
tasodifan yoki maqsadli ravishda ichish bilan bog‘liqdir. U qorin soxasida 
og‘riq, qayt qilish, diareya ( ovqat xazm trakti shilliq qavatiga kuydiruvchi ta'sir 
tufayli), xamda MNS va yurak-tomir sistemasi ( o‘tkir yurak yetishmovchiligi, 
kollaps) tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlarda ( kuchli susayish bilan 


- 803 -
almashinuvchi qo‘zg‘alish) namoyon bo‘ladi. 2-4 kundan keyin buyrak 
(“sulemali buyrak”) va ovqat xazm trakti (stomatit, yazvali kolit) tomonidan 
nekroz bilan bog‘liq belgilar rivojlanishi kuchayadi. Jaroxatlarni aynan shu 
a'zolarda joylashishi simob birikmalarini organizmdan ajralishini asosiy 
yo‘llari buyrak, xamda yo‘g‘on ichak va so‘lak bezlari bilan bog‘liqligi bilan 
tushuntiriladi.
Simob ikki xlorid bilan o‘tkir zaxarlanishni davolash avvalam bor 
preparatni so‘rilishini oldini olishdan iboratdir. Ushbu maqsadda me'da yuviladi, 
unga simob birikmalarini antidoti bo‘lmish unitiol ( simobni bog‘lab oluvchi 
sulfgidril guruh lari bor) kiritiladi. Ba'zida faollashtirilgan ko‘mir, 
burushtiruvchi moddalar eritmasini, tuxum oqsilini kichik xajmda kiritiladi. 
Me'dani yuvishni juda extiyorlik bilan amalga oshirish lozim, chunki simob 
ikki xlorid qizil o‘ngach va me'da shilliq qavatini jaroxatlaydi. Shundan keyin 
surgi dorilari beriladi, xamda unitiol eritmasi bilan sifon ko‘xna qilinadi. 
Qonga so‘rilgan preparatni faolsizlantirish uchun unitiolni tomirga kiritiladi.
yengil va o‘rta darajadagi zaxarlanishda peshob ajralishini shidatli 
kuchaytirish samaradordir. Kuchli zaxarlanishda, ayniqsa buyrak faoliyatini
buzilishi bilan kechishida tomirga unitiol va tetatsin-kalsiy
1
(SaNa
2
EDTA)
kiritib gemodializ va peritonial dializni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Simob 
preparati bilan surunkali zaxarlanishda ( merkuzalizm
2
) og‘iz bo‘shlig‘i 
shilliq qavati (stomatit), xamda MNS, qon xosil qilish a'zolari va boshqalar 
shikastlanadi. Bu ko‘proq kasb bilan bog‘liq simob preparatlari bilan ishlash
tufayli yuzaga keluvchi zaxarlanish natijasidir. Shu sababli zaxarlanish 
manbasini bartaraf etish birinchi va asosiy tadbir bo‘lib xisoblanadi. Antidot 
sifatida unitiol, xamda tetatsin-kalsiy, natriy tiosulfat qo‘llashadi.
_______________________ 
1
Simob bilan kompleks birikmalar xosil qiladi. 
2
Grekchadan mercurius – simob. 


- 804 -
Bundan tashqari organizmdan moddani tezroq chiqarib tashlash uchun 
tadbirlar , hamda simptomatik terapiya amalga oshiriladi.
Kumush preparatlaridan

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish