TEMIR SULFAT
va
TEMIR LAKTAT.
Bu preparatlarni kapsulalarda
yoki kobig‘li tabletkalar shaklida qabul qilinadi, chunki temir og‘iz
bo‘shlig‘idagi oltingugurt vodorod bilan (SH) birikib, qora rangli temir sulfidni
hosil qiladi. Tishlar qorayib qoladi. Temir preparatlari kabziyatni rivojlantiradi,
chunki oltingugurt vodorod ichakning harakatga keltiruvchi omildir. Temir
preparatining ichakdan so‘rilishi buzilganda, uni parenteral yo‘l bilan kiritishga
moslangan preparatlari qo‘llaniladi. Ferkoven tarkibidagi kobalt eritropoezni
rag‘batlantiradi. Bu preperat ta’sirida yuzni qizarishi, ko‘krakni qisilishi, bel
og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Ferumlek tarkibida 3 valentli temirning maltoza bilan
birikmasi bor.
- 536 -
Tomirga kiritish uchun 5ml (amp) chiqariladi. Ampuladagi suyuqlik 0,9%
Naclning 10ml eritmasida suyultirib, sekin kiritiladi. Teri ostiga kiritish
mumkin emas.
KOAMID
– kobalt eritropoezni kuchaytiradi.
Giperxrom anemiyalarda nuklein kislotalari sintezida ishtirok etuvchi
sianokobalamin va foliev kislotasi qo‘llaniladi.
SIANOKOBALAMIN –
pernitsioz anemiya (Addison Birmer xastaligida)
qo‘llaniladi. Vit. V
12
etishmaganda, eritropoez megaloblastik yo‘nalish bo‘yicha
boradi: eritroblast - giperxrom megaloblast-megalotsit. Pernitsioz anemiyada
ichakdan Kaslning ichki omili (glikoprotein) etishmaganligidan, sianokobalamin
so‘rilmaydi. Adison Birmer xastaligida sianokobalamin periferik qon tarkibini
yaxshilaydi, nevrologik o‘zgarishlarni va tilning shilliq qavatidagi buzilishlarni
daf etadi.
FOLIEV KISLOTASI
(vit B
6
) makrotsitar anemiyada qo‘llaniladi.
Eritroblast-giperxrom makronormoblast-makrotsit. Organizmda foliev kislota
o‘zining aktiv (faol) xolatiga-tetragidrofoliev kislotasiga aylanadi. Vit B
12
etishmovchiligida, foliev kislotasining faol holatiga aylanishi buziladi va qon
hosil bo‘lish jarayoni DNKning sintezi buzilganligi sababidan to‘xtaydi.
Normoblastlarning etilishi to‘xtaydi va eritropoez megoblastlar hosil bo‘lish
yo‘liga o‘tadi.
Qo‘llanilishi:
alimentar va dorilar ta’sirida rivojlangan makrotsitlar
anemiyalar. SPRU (ich ketish, glossit, endokrin bezlarning gipofunksiyasi,
keskin ozib ketishi), homiladorlar anemiyasida. Siankobalamin bilan birgalikda
havfli anemiyada. Eritropoezni susaytiruvchi vositalar asosan eritremiyada
(Vakez xastaligi)–politsetimiya xastaligida qo‘llaniladi.
Na
2
N
3
R
2
O
4
tarkibida fosfor izotopi bor natriy fosfat. Bu preparat tomir
ichiga yoki MITga kiritiladi. Miqdori millikyuri (mKi)da o‘lchanadi. Preparat
qonda eritrotsit va trombotsit miqdorini kamaytiradi.
- 537 -
Do'stlaringiz bilan baham: |