O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Tiagabin
(nipekot kislota xosilasi) fokal epilepsiyada qo’llaniladi. 
Bu modda neyronlar va glieya tomonidan GAMK ni qayta tutib qolinishini 
falajlaydi. Bu esa sinaptik yoriqlarda GAMK konstentrastiyasini oshiradi va 
uning tormozlovchi effektini davomli qiladi. Ichakdan yaxshi so’riladi. Bosh 
aylanish, asab buzilishi, depressiya, uyquchanlik kabi nojo’ya effektlar 
kuzatilishi mumkin.
Fokal tutqanoqda vigabatrin (U-vinil GAMK) ham samara beradi. Vigabatrin 
GAMK - transaminaza ni qaytmas falajlaydi, GAMK inaktivastiyasiga 
to’sqinlik qiladi. Shunga javoban GAMK ni tormozlovchi ta’siri kuchayadi. 
Hazm qilish tizimidan yaxshi va tez so’riladi, biosamaradorlik -60%, t
1/2
~ 6-8 
soat. Nojo’ya effektlariga uyquchanlik, bosh aylanish, es xushni chalkashligi, 
ko’rish qobiliyatini buzilishi. Odatda boshqa preparatlar samaradorsiz 
bo’lganda qo’llaniladi. 
Fokal tutqanoqni davolash uchun GAMK ning yangi analogi – gabapentin 
(neyrontin) tavsiya qilingan. Bu preparat stiklogeksansirka kislotasining 
xosilasi bo’lib, ta’sir qilish mexanizmi noaniq. Preparat anksiolitik va og‘riq 
qoldiruvchi xususiyatga ega.
Kichik tutqanoq xurujlarini oldini olish uchun asosan etosuksimid, natriy 
valproat, klonazepam, lamotridjin va trimitin qo’llaniladi. 
Karbamazepin uch 
shoxli 
nervni nevralgiyasini 
davolash uchun 
qo’llaniladigan modda sifatida ma’lum. 
Etosuksimid (suksilep) sukstinimidlar guruxiga kiradi, T-tipdagi kalstiy 
kanallarini falajlaydi. Kichik tutqanoq xurujlarini profilaktikasi uchun asosiy 
preparat hisoblanadi. Etosuksimid trimetinga qaraganda kam zaxarli, lekin 
qo’llanilganda (kam xolatda) qon yaratish a’zolarida va buyrak faoliyatida 
jiddiy o’zgarishlarni chaqirishi mumkin. Bundan tashqari dispeptik 
o’zgarishlar, bosh aylanishi, bo’shashishlik, charchoqlik kuzatilishi mumkin. 


- 329 -
Etosuksimid bilan davolanganda albatta qon tarkibini nazorat qilish shart. 
Trimetin (trimetadion, tridion oksazolidin xosilasi). Orqa miya polisinaptik 
reflekslarini susaytiradi.)Trimetin T-tipdagi kalstiy kanallarini falajlab (14.3 
bo’lim), kalstiy ionlarini neyronlar ichiga kirish jadalligini susaytiradi. 
Trimetin oshqozon ichak tizimidan yaxshi so’riladi, jigarda metabolizmga 
uchrab, metabolitlari buyrak orqali organizmdan chiqib ketadi. 
Trimetinga xos bo’lgan nojo’ya effektlar tinchlantiruvchi ta’sir va 
gemeralopiya. Og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin ya’ni: terini allergik 
jaroxatlanishi, qon yaratilish a’zolarida o’zgarish (aplastik anemiya, 
agranulostitoz), jigar va buyrak funkstiyalarining buzilishi. Shuning uchun 
trimetin bilan davolanayotgan bemorlarda doimiy ravishda qon yaratilish 
a’zolarini, jigar, buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim.
Kichik tutqanoq xurujlarida valproat natriy qo’llaniladi. 
 
Kichik tutqanoq xurujida va tutqanoqning boshqa formalarida benzodiazepin 
unumlaridan klonazepam (antelepsin) keng ishlatiladi. Preparat ta’sir qilish 
mexanizmiga ko’ra boshqa benzodiazepin moddalariga o’xshash (7 bo’lim va 
11.4).
Lamotridjin (lamiktal) yangi preparatlar qatoriga kiradi. Kimyoviy strukturasi 
bo’yicha feniltriazin unumiga kiradi. Ta’sir qilish mexanizmi natriy 
kanallarini falajlanishiga, xamda presinaptik membranalardan qo’zg‘atuvchi 
aminokislotalarni ajralishini kamayishiga bog‘liq. Preparatni enteral 
yuborilganda to’liq so’riladi, uzoq vaqt ta’sir ko’rsatadi. Demak, jigar va 
buyrak funkstiyalarini xisobga olib, dori dozasi olinadi. Ayniqsa, 
lamotridjinni jigar mikrosomal fermentlari faoliyatiga ta’sir qiluvchi 
preparatlar bilan kombinirlangan xolda qo’llanilganda ahamiyatga ega.. 
Preparat katta tutqanoq va kichik tutqanoq xurujlarida, fokal tutqanoqda 
qo’llaniladi. 
Nojo’ya effektlariga bosh aylanishi, ko’ngil aynashi, ataksiya, diplopiya, 


- 330 -
allergik reakstiyalar kiradi. 
Mioklonus-epilepsiya dori vositalari bilan davolashga chidamli, bunday 
xolatda benzodiazepin xosilalaridan klonazepam, diazepam (sibazon, 
seduksen) va nitrazepam samarador ta’sir ko’rsatadi. Klonazepam 
tutqanoqning turli xil turlarida ijobiy ta’sirga ega bo’lib, kamroq nojo’ya 
effektlarni chaqiradi (uyquchanlik, ataksiya, ishtaxani susayishi). Nitrazepam 
kichik tutqanoq turlarida ham qo’llaniladi. Benzodiazepinlarni titroqqa qarshi 
ta’siri GAMK mimetik effektiga bog‘liq (7 bo’lim va 11.4).
Tutqanoqni bu turlarida valproat natriy (depakin) qo’llaniladi, bu preparat 
katta va kichik tutqanoq xurujlarida ham faol ta’sirga ega. 
1
Shom vaqtida ko’rish qobiliyatini pasayishi (shap ko’rlik). 
Grekchadan. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish