III. XUSUSIY FARMAKOLOGIYA
Xususiy farmakologiyada har bir guruh dori vositalariga alohida tavsif
beriladi hamda ularning amaliy tibbiyotda ko‘proq ishlatiladigan va killarining
har birining farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga etarlicha to‘xtalib
o‘tiladi.
NEYROTROP VOSITALAR
Xususiy farmakologiyaning kata qismini markaziy hamda periferik nerv
tizimi faoliyatini boshqaruvchi – neyrotrop vositalar tashkil etadi. Ular MNS va
periferik innervatsiyaning sezuvchi (markazga intiluvchi) – afferent va
bajaruvchi (markazdan qochuvchi) – efferent yo‘llarida qo‘zg‘alishlarning
o‘tkazilishiga ta’sir etuvchi vositalardir. Ularning guruhlarga bo‘linishi (ta’snifi)
asosan ta’sir lokalizatsiyasiga, ya’ni markaziy va periferik nerv tizimiga ta’sir
qilishiga qarab amalga oshiriladi.
AFFERENT NERV TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR
- 185 -
Periferik nerv tizimidagi reflector yoyning tuzilishiga bog‘liq holda ushbu
guruh vositalarini afferent va efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchilarga bo‘lish
mumkin.
AFFERENT NERV TIZIMIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR
Mazkur guruh vositalarining o‘zlari
yana
susaytiruvchi hamda
kuchaytiruvchilarga bo‘linadi:
– afferent nervlar oxirlarining sezuvchanligini susaytiruvchi yoki ularning
qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar
– afferent nervlar oxirlarini kuchaytiruvchi – ta’sirlovchi vositalar.
AFFERENT NERVLAR OXIRLARINING SEZUVCHANLIGINI
SUSAYTIRUVCHI
YOKI
ULARNING
QO‘ZG‘ALISHIGA
TO‘SQINLIK QILUVCHI VOSITALAR
Mazkur guruhga anesteziyalovchi
30
, burishtiruvchi, o‘rab oluvchi va
adsorbsiyalovchi vositalar kiradi.
Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar)
Anesteziyalovchi vositalar mahalliy sezuvchanlikni bartaraf etadilar.
Mazkur guruh vositalari birinchi navbatda og‘riq sezgisini bartaraf etganliklari
uchun ular asosan mahalliy og‘riqni qoldirish (anesteziya) maqsadida
qo‘llaniladi. Anesteziyaning chuqurlashib borishi natijasida sezuvchanlikning
haroratni sezish va boshqa turlari ham astasekinlik bilan yo‘qolib boradi va
oxirgi o‘rinda taktil sezgi yo‘qoladi.
30
Yunonchadan
anaesthesia
– beparvo, loqayd, sezmaslik (
an
– inkorqilish,
aesthesi
s –
sezuvchanlik)
- 186 -
-rasm. Anestetiklarning nerv tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alishlarning o‘tishiga
ta’siri
A – anestetik qo‘llanilishidan oldingi holat;
B – anestetik qo‘llanilganidan keyingi holat.
Afferent nerv tolalari oxirlariga va nerv tolalariga ta’sir etish orqali ular
qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga va tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar.
Ularning ta’sir mexanizmi asosan potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini
bloklashlari orqali yuzaga chiqadi. Buning natijasida esa ular harakat
potensialining paydo bo‘lishiga va uning tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar.
Gidrofob (ionizatsiyalanmagan) birikmalar akson membranasi orqali o‘tib,
natriy kanallarini ichki tomonidan bloklaydilar. Gidrofil birikmalar esa ochiq
natriy kanallari orqali o‘tib, birmuncha bloklovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning
B
Akson membranasi
Anestetik molekula
Qo’zg’alish o’tishining to’silishi
Qo’zg’alishning tarqalishi
Akson
- 187 -
uchun ham kuchsiz asoslar hisoblanuvchi barcha anestetiklarning faolligi
preparatlarning
ionizatsiyalangan
va
ionizatsiyalanmagan
qismlari
mutanosibligini belgilovchi rN muhitga bog‘liq. Masalan, turli yallig‘lanish
jarayonlarida
rN
muhitning
past
bo‘lishi (kislotalikmuhit) sababli
anestetiklarning faolligi pasayadi, chunki bunda ularning ionizatsiyalanmagan
qismlari konsentratsiyasi susayadi.
Mahalliy anestetiklarga qo‘yiladigan talablar:
1) yuqori darajadagi tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishi;
2) nerv tolalariga ham, ularning atrofidagi to‘qimalarga ham noxush ta’sir
ko‘rsatmasligi (ta’sirlantirmasligi);
3) latent (yashirin) davrining qisqa bo‘lishi;
4) anesteziyaning har xil turlarida ham yuqori faollikka ega bo‘lishi;
5) etarli darajadagi ta’sir davomiyligiga ega bo‘lishi;
6) qon tomirlarini toraytirishi yoki iloji boricha ularni kengaytirmasligi
(agarda anestetik qon tomirlariga ta’sir qilmasa yoki ularni kengaytirsa, u holda
unga adrenomimetik qo‘shib tavsiya qilini shilozim, chunki bunda qon
tomirlarini toraytirib, anestetik ta’sir davomiyligining uzayishiga erishiladi);
7) zaharliligining past bo‘lishi;
8) nojo‘ya ta’sirlarining bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi;
9) suvda yaxshi eruvchan bo‘lishi;
10) saqlanganda va sterilizatsiyada buzilib ketmasligi;
11) sanoatda olinishi engil va oson bo‘lishi;
12) narxining arzon bo‘lishi.
Mahalliy anestetiklar anesteziyaning quyidagi turlarini yuzaga chiqarish
maqsadida qo‘llaniladilar:
– yuza yoki terminal anesteziya
– bunda anestetik eritmasini shilliq
qavatlarga tomizish hamda teriga, yaralar yuzasiga, jarohatlarga surtish yoki
- 188 -
uning kukunini sepish uchun ishlatilganda shu joydagi sezuvchi nerv
oxirlarining bloklanishi yuzaga chiqadi;
– infiltratsion yoki qatma-qat anesteziya
– bunda anestetik eritmasini
operatsiya o‘tkaziladigan joydagi teri va teriostidagi to‘qimalarga asta-sekinlik
bilan ketma-ket, qavatma-qavat qilib kiritish orqali shu joylardagi nerv
tolalarining hamda sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishiga erishiladi;
– o‘tkazuvchi yoki regionar (sohali) anesteziya
– bunda anestetik eritmasini
ma’lum bir nerv tolasining o‘tish yo‘li bo‘ylab kiritiladi va shu nerv tolasi
tomonidan innervatsiya qilinuvchi sohadagi to‘qimalarga nerv impulslari
o‘tishining bloklanishiga erishiladi.
O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga xos turlari sifatida
orqa miya
anesteziyasi
(bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va
epidural yoki
peridural anesteziya
(bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi
bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik
orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi.
Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar
Kokain
Dikain
Anestezin
Piromekain
2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar
Novokain
Bupivakain
3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar
Lidokain
Trimekain
- 189 -
Ayrim preparatlarning faqat
yuza anesteziyasida
qo‘llanilishining asosiy
sababi shundaki, ular yoki suvda yomon eriydi (anestezin), yoki o‘ta kuchli
zaharlilikka ega (kokain, dikain).
Tibbiyot amaliyotida birinchi marta qo‘llanilgan mahalliy anestetik –
k o k a i n bo‘lib, u Janubiy Amerikada o‘sadigan Erythroxylon coca
o‘simligidan olinadigan
a l k a l o i d
31
hisoblanadi. Shuningdek, uni ekgonindan
yarim sintetik usul bilan ham ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha
benzoy kislotasi va metil ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. O‘ta kuchli
anesteziyalovchi xossagaega, bu xossasi bo‘yicha novokaindan bir necha marta
ustun, ammo yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligi tufayli u faqat yuza
31
Arabchadan
al-qili
– ishqor, yunonchadan
eidos
– tur. Alkaloidlar – asosan
o‘simliklarda saqlanadigan azotli organic birikmalardir. Erkin alkaloidlar asos bo‘lib
hisoblanadilar. O‘simliklarda ular tuzlar ko‘rinishida saqlanadi. Ko‘pchilik alkaloidlar juda
yuqоri faollik namoyon qiladi (masalan, morfin, atropin, nikotin, pilokarpin va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |